O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TALIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TARIX" FAKULTETI''
«O`ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI OʻZBEKISTON TARIXI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi
Bajardi: Davronboyev Doniyorjon Zokirjon oʻgʻli
Ilmiy rahbar:___________________________
REJA:
KIRISH
I.BOB.. O`RTA OSIYO XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI
1.1 Rossiya imperiyasining o`zbek xonliklariga nisbatan siyosati. Angliya - Rossiya o`rtasidagi raqobat.
1.2 O`rta Osiyo xonliklarini Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va uning oqibatlari.
II. BOB ROSSIYA IMPERIYASINING O`RTA OSIYONI ISTILO QILISHI TARIXIY GEOGRAFIYASI
2.1 Rossiya imperiyasi istilosi geografiyasi
2.2 Sanoatning bi r tamonlama rivojlanishi.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xukandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mametovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi Shohruxiy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin.
Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |