Fransiyada ta’lim 6 yoshdan 16 yoshgacha majburiy hisoblanadi.
Ta’lim bir nechta bo‘g‘inlardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (fr. enseignement primaire) – bolalar bog‘chasida (fr. L'école maternelle) 3 – 4 yil boshlang‘ich maktabda (fr. L'école élémentaire) 5 yil.
o‘rta ta’lim (fr. enseignement secondaire) –kollejda (fr. Le collège) 4 yil va litseyda (fr. Le lycée) 3 yil.
oliy ta’lim (fr. enseignement supérieur) – o‘rta ta’limni tugatganlik to‘g‘risidagi bakalavr diplomini (fr. Baccalauréat) olgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
AQSHda ta’lim tizimi. AQSHda savodlilik darajasi – 99%.
1862 yilda Morilla Qonuni qabul qilinishi bilan ta’lim tizimiga beg‘araz davlat ko‘magini ko‘rsatish boshlandi.
Majburiy ta’limning davomiyligi va yoshi shtatlarga qarab farqlanadi. Bolalar ta’lim olishni 5 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan yoshda boshlaydilar va bu 18 yoshdan 19 yoshgacha davom etadi.
5 yoshda amerikalik bollar boshlang‘ich maktabga (ing. elementary school), nolinchi sinfga boradilar. Ushbu sinf ayrim shtatlarda majburiy hisoblanmaydi.
Boshlang‘ich maktab 5 yoki 6 sinfgacha davom etadi (maktab okrugiga qarab), undan so‘ng o‘quvchi o‘rta maktabga (ing. middle school) boradi, u 8 sinfda yakunlanadi.
Oliy (yuqori) maktab (ing. high school) – 9 sinfdan 12 sinfgacha davom etadi.
O‘rta ta’limga ega shaxslar ta’limi ikki yo‘sinda davom etishi mumkin:
1) jamoat kollejlariga (community college, ular shuningdek, boshlang‘ich kollej (junior college) ham deb nomlanadi), texnik kollejlarga (technical college) yoki shahar kollejlariga (city college) kirishlari mumkin bo‘lib, ikki yillik ta’limdan so‘ng O‘zbekistondagi o‘rta-maxsus ta’lim darajasiga teng daraja (associate’s degree) beradi.
2) ta’limni davom ettirishning boshqa imkoniyati kollej yoki universitetlarga qabul qilinish bo‘lib, u erda to‘rt yillik ta’lim olinib, bakalavr darajasiga ega bo‘linadi.
Bakalavr darajasini olgan shaxs magistr (2-3 yil) yoki falsafa doktori (3 yil va undan ziyod) darajasini olishda davom etishi mumkin. Alohida akkreditatsiyadan o‘tgan OTM va fakultetlar tibbiyot doktori va huquq doktori darajasini beradilar, ular uchun maxsus tayorgarlik talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |