Zbekiston respublikasi oliy
Download 0.86 Mb.
|
Таълим хуқуқи-мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Koreya
- BMT hujjatlari
YAponiyada ta’lim tizimi quyidagi bosqichlardan iborat: ixtiyoriy bosqich – bolalar bog‘chasi; maktab ta’limi – u o‘z navbatida kichik (1-6 sinflar), o‘rta (7-9-sinflar) va yuqori (10-12-sinflar) maktabga bo‘linadi, bunda o‘rta maktabdan so‘ng turli xil ixtisoslashgan maktab va texnologik kollejlarga o‘tish mumkin; oliy ta’lim (13-18-bosqichlar) – u universitet va nouniversitet sektoriga bo‘linadi.
Oliy ta’lim tizimi o‘z ichiga ta’lim muassasalarining quyidagi to‘rt turini qamrab oladi: 1) to‘liq sikldagi (4 yil) va tezlashgan sikldagi (2 yil) universitetlar; 2) kasb-hunar kollejlari; 3) maxsus tayyorgarlik maktablari (texnologik institutlar); 4) diplomdan keyingi ta’lim maktablari (magistratura). Nouniversitet sektori mohiyatiga ko‘ra ikkinchi darajali ta’lim muassasalari bo‘lib, ta’lim funksiyasidan ham ko‘ra ko‘proq ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Ular huquqiy nuqtai nazaridan to‘laqonli oliy ta’lim muassasasi hisoblansada, amalda kadr tayyorlash va diplomi nufuzi bo‘yicha oliy maktabga mos kelmaydi. Janubiy Koreya ta’lim tizimi 6 yillik boshlang‘ich maktab, 3 yillik asosiy o‘rta maktab, 3 yillik yuqori maktab, 4 yillik kollej va 4 yillik universitetlardan iborat. SHuningdek, 2 va 3 yillik maxsus va kasbiy – texnik kollejlar mavjud. OO‘YUdan keyin magistratura va doktoranturada tahsil olish mumkin. Janubiy Koreya oliy ta’lim quyidagi bosqichlarda olib boriladi: bakalavriat, magistratura, doktorantura. Bakalavriatda o‘qish muddati 4 yil. Talabalar 140-150 kredit soat atrofida tahsil oladilar. Magistraturada o‘qish muddati 2-3 yil. O‘qish yakunida talabalar dissertatsiya yoqlaydilar. Doktoranturada o‘qish muddati 3-4 yil. O‘qish yakunida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinadi, og‘zaki yoki sohaviy maxsus imtihon topshiriladi. Xitoyda esa, oliy ta’lim tizimi o‘z ichiga universitet, kollej va oliy kasbiy maktablarni oladi, hamda o‘zining nufuziga ko‘ra bir necha ierarxik kategoriyalarga bo‘linadi. Maktab bitiruv imtixonlarida olingan ballarga ko‘ra bitiruvchilar oliy o‘quv yurtlarining yuqori yoki quyi toifalariga nomzod bo‘la oladilar. Xitoy universitetlariga kirish qat’iy raqobat sharoitida o‘tadi: ba’zi universitetlarda bitta o‘ringa 200-300 kishi to‘g‘ri keladi. Xitoyda, xuddi G‘arb davlatlaridagi kabi uch bosqichli sandart tayyorlov bosqichi mavjud. Bular: bakalvriat – o‘qish muddati 4-5 yil. Bu bosqichni tugatganlar “Bakalavr” maqomi bilan tugallangan oliy ta’lim oladilar. Magistratura – o‘qish muddati 2-3 yil. Doktorantura – o‘qish muddati 2-3 yil, ba’zan 4 yil. Aspirantlar uchun ta’limning ikki bosqichi mavjud: aspirantura va doktorantura. Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid BMT hujjatlari: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (10.12.1948 y. 217A (III) Rezolyusiya); Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (16.12.1966 y.); Ta’lim sohasidagi diskriminatsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya (15.12.1960 y.); Kasbiy va texnik ta’lim to‘g‘risidagi Konvensiya (10.11.1989 y.); Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (20.11.1989 y.); “XXI asr uchun oliy ta’lim: yondashuvlar va amaliy choralar” Butunjahon deklaratsiyasi (09.10.1998 y.); Ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanish deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi, 11.12.1969 y.); Tinchlik madaniyati sohasidagi Deklaratsiya va harakat dasturi (BMT Bosh Assambleyasi, 13.09.1999 y.). Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling