Zbekiston respublikasi oliy


) ECTS – mehnat layoqati birliklarini topshirish evropacha tizimi bo‘yicha kreditlar tizimini joriy etish. 4)


Download 0.86 Mb.
bet16/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

3) ECTS – mehnat layoqati birliklarini topshirish evropacha tizimi bo‘yicha kreditlar tizimini joriy etish.
4) erkin harakatlanishni samarali amalga oshirish uchun to‘siqlarni bartaraf etish orqali sa’y-harakatlarni umumlashtirishga ko‘maklashish, shu jumladan, quyidagilarga e’tibor qaratish: o‘quvchilarga ta’lim olish va amaliy tayorgarlik ko‘rish va tegishli xizmatlardan foydalanish imkoniyati ta’minlanishi lozim; o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ma’muriy xodimlarga tadqiqot o‘tkazishga, dars berishga va stajirovka o‘tashga sarflangan vaqtlarini qonunda belgilangan huquqlariga zarar etkazmagan holda tan olish;
5) o‘zaro mutanosib mezonlar va metodologiyalarni ishlab chiqish maqsadida ta’lim sifatini ta’minlashda Evropa darajasidagi hamkorlikka ko‘maklashish;
6) Evropada oliy ta’limga, shu jumladan, o‘quv rejalarini rivojlantirishga, institutlararo hamkorlikka, o‘zaro o‘qitish dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni tayyorlash va o‘tkazishga doir zarur qarashlarni shakllantirishga yordam ko‘rsatish.
Bolonya deklaratsiyasini imzolagan shaxslar (jami 31 ta): Avstriya Fan va transport vaziri; Belgiya Fransuz hamjamiyati oliy ta’lim va tadqiqot vazirligi Bosh direktori; Bolgariya Ta’lim va fan vaziri; CHexiya Ta’lim, yoshlar va sport bo‘yicha vazir; Daniya Ta’lim vaziri; Estoniya Ta’lim vaziri; Finlyandiya Ta’lim va fan vaziri; Fransiya Milliy ta’lim, tadqiqotlar va texnologiyalar vaziri; Germaniya Ta’lim va tadqiqotlar Federal vazirligi Davlat parlament kotibi; Belgiya Flamandiya hamjamiyati vazirligi ta’lim departamenti bosh direktori; SHlezvig-Golshteyn eri ta’lim, fan, tadqiqot va madaniyat vaziri (GFR erlari madaniyat vazirlarining doimiy amal qiluvchi konferensiyasi); Gretsiya Xalq ta’limi va din ishlari vaziri; Vengriya Oliy ta’lim va fan bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari; Islandiya Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi Bosh kotibi; Irlandiya Ta’lim va fan vazirligi boshqaruvchi xodimi; Italiya Universitetlar, ilmiy va texnologik tadqiqotlar vaziri; Latviya Oliy ta’lim va fan davlat vaziri; Litva Ta’lim va fan vaziri; Lyuksemburg Milliy ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlik vaziri; Malta Ta’lim vaziri; Niderlandiya Ta’lim, madaniyat va fan vaziri; Norvegiya Ta’lim, tadqiqotlar va cherkov ishlari bo‘yicha vaziri; Polsha Milliy ta’lim bo‘yicha davlat kotibi; Portugaliya Ta’lim vaziri; Ruminiya Milliy ta’lim vaziri; Slovakiya Ta’lim vaziri; Sloveniya Oliy ta’lim bo‘yicha davlat kotibi; Ispaniya Ta’lim, universitetlar, tadqiqot va rivojlanish ishlari bo‘yicha davlat kotibi; SHvetsiya Ta’lim va fan ishlari bo‘yicha davlat kotibi; SHveysariya Fan va tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat kotibi; Buyuk Britaniya ta’lim va bandlik bo‘yicha davlat vaziri.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling