Zbekiston respublikasi oliy


Download 0.86 Mb.
bet21/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

Nazorat savollari.
1.O’zbekistonda inson va fuqarolarning huquqiy maqomining asoslari.
2.O’zbekistonda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarining asosiy turlari.
3.O’zbekistonda inson huquq va erkinliklari kafolatlari va fuqarolarning burchlari.

Talaba mustaqil o‘rganishi uchun:


O’zbekiston fuqarolarning mamlakatdan tashqarida huquqiy muhofazasi.
3-Mavzu. Ta’limni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asosi sifatida qonun hujjatlari.

Asosiy savollar


1.Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi tushunchalari, ularning maqsadi va vazifalari.
2. O‘zbekistonda va rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimining konstitutsiyaviy va qonunchilik asoslari.
3. O‘zbekistonda va rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim sohasida boshqaruvni isloh etishning asosiy tendensiyalari.

Ta’lim tizimi boshqaruvi deganda – ta’lim sohasida davlat siyosatini shakllantirish; uning qonuniy asoslarini yaratish; ta’lim jarayonini standartlashtirish; moliyaviy rejalashtirish va ta’minlash; ta’lim muassasalarini samarali boshqarish va nazorat qilish; ta’lim sifatini baholash tizimi tushuniladi.


Oliy ta’lim sohasida boshqaruv ma’muriyat, professor-o‘qituvchilar jamoasi, oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan shaxslar, ota-onalar, jamoatchilik va boshqa turli tashkilotlarning kadr, moddiy-texnik, tashkiliy, pedagogik va boshqa vazifalarni hal qilish asosidagi ishtiroki, o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutadi. Boshqacha aytganda, oliy ta’lim sohasida boshqaruv faoliyati o‘z ichiga tahlil, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ijroni tashkil etish, nazorat va rahbarlik kabi tarkibiy qismlarni qamrab oladi. Mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida boshqaruv tuzilmasi uch bo‘g‘indan iborat: 1) oliy ta’lim muassasasi doirasidagi boshqaruv; 2) mahalliy boshqaruv; 3) davlat miqyosidagi boshqaruv.


O‘zbekistonda va rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimining konstitutsiyaviy va qonunchilik asoslari

O‘zbekistonda ta’lim tizimining konstitutsiyaviy va qonunchilik asoslari:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (1997 yil, 29 avgust);

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (1997 yil, 29 avgust);

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (2003 yil, 9 dekabr, PF-3358-son);

  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori (2004 yil, 20 iyul, 341-son);

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori (2004 yil, 20 iyul, 342-son);

  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori (2004 yil, 24 iyun);

  8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining “O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori (2004 yil, 5 avgust, 372-son);

  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (2015 yil, 12 iyun, PF-4732-son);

  10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (2015 yil, 20 avgust, 242-son).

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining konstitutsiyaviy asoslarini shartli ravishda ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling