Oʻzbekiston respublikasida maʼlumotlarni ximoyalashning meyoriy xuquqiy va qonunchilik asoslari reja


Download 54 Kb.
bet1/4
Sana25.04.2023
Hajmi54 Kb.
#1397638
  1   2   3   4
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAʼLUMOTLARNI XIMOYALASHNING


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAʼLUMOTLARNI XIMOYALASHNING MEYORIY XUQUQIY VA QONUNCHILIK ASOSLARI
Reja:
1. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari.
Boshqaruvning axborot tizimi
2. O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlarni himoyalashning me`yoriy-
huquqiy va qonunchilik asoslari
3. Axborot –huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari


1. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari.
Boshqaruvning axborot tizimi

Axborot idrok etuvchi subyekt yoki texnik qurilma tomonidan qabul qilinibgina qolmasdan, dastlabki manbadan ajralgan bo`lishi kerak. Natijada axborot ustida amallar bajariladi. Bu amallar to`plami axborot jarayonini tashkil etadi.


Axborot jarayonlari – bu axborotlarni qabul qilish, yig`ish, ishlov berish va uzatish jarayonidir. Axborot doimo moddiy-energetik shaklda, jumladan signal ko`rinishida namoyon bo`ladi. Signal turli-tuman fizik tabiatga ega bo`lishi mumkin. Axborot jarayonida, signal manbadan qabul qiluvchiga, undan esa manzilga axborotni tashish vazifasini bajaradi. Axborot uzatish jarayoni — ko`p bosqichli bo`lib, signal har bir etap oralig`ida fizik xususiyatini o`zgartirishi mumkin. Bunda axborotni tashuvchi signalning o`zaro bir qiymatliligi, uzatishning obyektivligi va batafsilligi, qabul qiluvchi subyektning qabul qilish imkoniyati to`g`risidagi masalalar yuzaga keladi. Axborot uzatilishi – bu axborot jarayonining bir qismini tashkil etadi. Aslida axborot jarayoni u yoki bu manbada joylashgan axborotni qabul qilish va qayd etishdan boshlanadi. Axborot turli shovqinlardan ajratiladi. Signalni shakllanish jarayoni tugallanib, uning yordamida axborot uzatiladi. Signal diskret shaklda ifodalanishi mumkin bo`lgan aniq tuzilishga ega. Kompyuterning ishlashi diskretlashtirilgan signallarni uzatish tamoyiliga asoslangan bo`lib, u formal-mantiqiy amallarni bajaradi. Obyektlar obrazini subyektiv qabul qiladigan insondan farqli o`laroq, kompyuter obyektning turli belgilari kodlarini qabul qiladi.
Inson va kompyuterning axborotni qabul qilishdagi prinsipial farqqa qaramasdan ikkalasida ham axborot jarayoni ma`lumotni qabul qilish va uni ajratishdan boshlanadi. Axborotning o`zi — elektr, akustik, optik va shular kabi fizik kanallar orqali uzatish uchun qulay bo`lgan signal mazmunidir.
Axborotni qabul qilish — uni boshqa subyekt yoki qabul qilish qurilmasi tomonidan ikkilamchi qabul qilinishidir. Axborotlarga ishlov berish inson yoki texnik qurilma, jumladan kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. Kompyuterda axborotlarga ishlov berishning ma`nosi - qat`iy dastur yoki algoritm bo`yicha kelayotgan ma`lumotlarni raqamli yoki analogli qilib o`zgartirishdir. Ma`lumotlarga ishlov berish va biror masalani yechish uchun kompyuterda uncha ko`p bo`lmagan o`zgaruvchilar to`plami bo`lishi kerak. Kompyuterdan farqli o`laroq, inson ma`lumotlarni fikran va mantiqan qayta ishlash qobiliyatiga ega. Axborot jarayoni iste`molchiga axborotni taqdim etish, ya`ni turli ko`rinishdagi tasvirlarni namoyish va qaror qabul qilish bilan tugallanadi. Ma`lumotlarni saqlash muhim bosqich bo`lib, u boshqa bosqichlar oralig`idagi holatni egallaydi va axborot jarayonining ixtiyoriy etapida amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, kompyuter ma`lumotni qabul qilishdan boshlab to unga ishlov berishning tugallanishigacha bo`lgan axborot jarayonining ixtiyoriy bosqichida qo`llaniladi. Har bir axborot jarayonining mazmuni ushbu axborotga ishlov berilayotgan soha faoliyati bilan aniqlanadi. Axborot jarayonlari murakkablik darajasi bilan farqlanadi.
Axborot jaryonining ancha sodda bo`lgan ko`rinishi – ma`lumotlardan nusxa olishdir. Boshqaruv jarayonlari esa eng murakkab ko`rinishiga taalluqlidir
Boshqaruv — bu axborot jaryoni bo`lib, qo`yilgan maqsadga erishishga
olib keluvchi tizim holatining o`zgarishidir. Bunda to`g`ri va teskari bog`lanish tamoyili amalga oshiriladi. Tamoyil faqatgina kutilayotgan natijalarni o`rnatishnigina emas, jarayonning haqqoniy borishining ham
hisob va nazoratini olib borish hamda tizimni mo`ljallangan parametrlaridan eng kam og`ishiga erishish maqsadida kutilayotgan o`zgarishlar yo`nalishida tizimga ta`sir ko`rsatish imkonini beradi.
Ma`lumotlar ustida amallarni bajarish qidirish, kodlash, himoyalash,
saqlash va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Amaldagi boshqaruv tizimlari o`ta murakkab va judda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular boshqaruv axborotlari va qayta aloqaga ega bo`lgan bir necha kanallardan tuzilgan bo`lishi mumkin.
Tizim deganda bir vaqtni o`zida ham bir butun, ham maqsadga erishish
yo`lida turdosh bo`lmagan elementlar to`plami birlashmasi sifatida qaraladigan har qanday obyekt tushuniladi Tizimlar bir-biridan tuzilmasiga hamda unga qo`yilgan asosiy maqsadlariga ko`ra farqalanadi.
Informatikada «tizim» tushunchasi texnik vositalar va dasturlar yig`imlariga nisbatan ko`proq qo`llaniladi. Tizim tushunchasini kompyuterning qurilmalariga nisbatan ham qo`llash mumkin. Bundan tashqari, aniq masalalarni yechishga mo`ljallangan, hujjat ishlarini yuritish va boshqaruv hisob-kitoblari protseduralari bilan to`ldirilgan
ko`plab dasturlar ham tizim bo`lib hisoblanishi mumkin.
«Tizim» tushunchasiga «axborot» so`zini qo`shilishi uning yaratish va faoliyat yuritish maqsadini anglatadi. Axborot tizimlari ixtiyoriy sohada qaror qabul qabul qilish jarayonida zarur bo`ladigan ma`lumotlarni yig`ish,saqlash, qayta ishlash, qidirish va uzatishni ta`minlaydi. Ular muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlarni yaratishga yordamlashadi.
Axborot tizimlari - ma`lumotlarni saqlash, qidirish va foydalanuvchilar so`roviga binoan ularni taqdim etish vazifasini bajaruvchi tizimdir.
Axborot tizimlarini zamonaviy talqini shaxsiy kompyuterni axborotlarni qayta ishlashda qo`llaniladigan asosiy texnik vosita sifatida nazarda tutadi. Agar, axborotga ishlov berishda insonning roli
inobatga olinmasa, axborot tizimlarining texnik jihatdan tadbiq etilishi o`z-o`zidan hech qanday ma`no kasb etmaydi.
Boshqaruv axborot tizimlari – ma`lumotlar, iqtisodiy – matematik
metodlar va modellar, texnik, dasturiy va boshqa texnologik vositalar va
mutaxassislar iborat bo`lib, ma`lumotlarni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun mo`ljallangan.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling