Zbekiston respublikasi oliy
Universitetlarning xalqaro assotsiatsiyasi – International Association of Universities – IAU
Download 0.86 Mb.
|
Таълим хуқуқи-мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akademik hamkorlik Assotsiatsiyasi – Academic Cooperation Association – ACA.
- 2- Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq va erkinliklarining kafolati.
Universitetlarning xalqaro assotsiatsiyasi – International Association of Universities – IAU. 120 dan ortiq mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarini birlashtiradi. IAU o‘z faoliyatida turli faoliyat sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari bo‘yicha choraklik jurnal nashr etadi. IAU tomonidan chop etiladigan Universitetlar xalqaro yillik ma’lumotnomasi butun dunyo mamlakatlarida ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumotlarni qamrab oladi. Assotsiatsiya Evropa o‘quv muassasalarida Bolonya jarayoni asosiy prinsiplarini joriy etishga ko‘maklashadi.
Akademik hamkorlik Assotsiatsiyasi – Academic Cooperation Association – ACA. Assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: oliy ta’lim internatsionalizatsiyasiga ko‘maklashadi; oylik elektron axborotnoma chop etish, seminar va konferensiyalar o‘tkazish orqali Evropa va xalqaro tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan eng dolzarb o‘zgarishlar haqida xabardor qiladi; oliy ta’lim internatsionalizatsiyalash sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi va ular natijasi bo‘yicha nashrlar chop etadi; oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Nazolat savollari. 1.Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid BMT hujjatlari ыaysi xujjatlar? 2. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya tщ-risida ma’lumot bering. 3. Oliy ta’limda huquqiy fanlarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar. Talaba mustaqil o‘rganishi uchun: “Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi YUNESKO Konvensiyasi. 2- Mavzu. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq va erkinliklarining kafolati. Asosiy savollar: 1.O’zbekistonda inson va fuqarolarning huquqiy maqomining asoslari. 2.O’zbekistonda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarining asosiy turlari. 3.O’zbekistonda inson huquq va erkinliklari kafolatlari va fuqarolarning burchlari. Fuqarolikning asosida: 1-dan, teng huquqlik fuqarolik tamoyili. 2-dan, fuqarolikka ega bo’lish. 3-dan, fuqarolikni to’xtalishi yotadi. Konstitutsiyada bu yagona xududda fuqarolikni o’rnatilishi (21 -modda) hamma uchun tengligi. Qoraqolpog’iston fuqarosi ayni paytda O’zbekiston Respublikasi hisoblanishi. Fuqarolikka ega bo’lish va uni yo’qotish asoslari qonun bilan belgilanganligi. Umumiy huquqiy layoqat fuqarolarni huquqiy himoya qilishi va xomiylik ko’rsatishini kafolatlaydi. (22 -modda) Fuqaroligi bo’lmagan va chet-el fuqarolari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular O’zbekiston Reschpublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarini ado etadilar.(23 -modda) Huquqiy maqomi printsiplari: 1. Begonalashmaslik. 2. Sud va qonun oldida tenglik. 3.Inson va fuqarolarning bevosita amal qiluvchi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari.4. huquqva erkinliklarning to’laligi. Asosiy huquqva erkinliklar: 1.Fuqarolik huquqi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar. huquqva erkinliklarning kafolati Majburiyatlar: Konstitutsiya va qonunlarni xurmat qilish.Qonunda belgilangan soliq va yig’imlarni to’lab borish. Tabiat va atrof-muhitni muxofaza qilish. Vatanni himoya qilish. Shaxs huquqiy maqomining Konstitutsiyaviy printsiplari: Xalqaro huquqiy umum e'tirof etgan qoidalar bilan belgilangan huquqva erkinliklar sohasi va xususiyatini mustahkamlash. Asosiy huquqlar va erkinliklarning begonalashmasligi printsipi. Inson va fuqaro va erkinliklarining tengligi. Fuqarolar huquqlari va majburiyatlarining birligi printsipi. Inson va fuqaro huquqlariva erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini buzilishga yo’l qo’ymasligi. Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining bevosita amal qilish xususiyati. Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari tabiati. Qonunlarning mazmuni va qo’llanishiga, davlat va xokimiyat tuzilmalarining faoliyatiga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga munosabatini belgilovchi xususiyati. Inson va fuqaro huquqva erkinliklarining odil sudlov tomonidan ta'minlanishi. Inson va fuqaro huquqiy maqomining mustahkamlangan asoslari: Inson huquqlariga oid xalqaro xujjatlar O’zbekiston Respublikasi qonunlaridan ustun turadi. Qonun va Sud oldida barchaning tengligi. Insonni uning huquqva erkinliklaridan mahrum etishga va ularni tiklashga yo’l qo’ymasligi. Inson va fuqaro huquq va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlanganligi. Huquq va erkinliklardan Konstitutsiyaviy tuzumga, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga tajovuz qilish uchun foydalanishga yo’l qo’ymasligi. Insonning tug’ilishidan o’z huquq va erkinliklariga egaligi. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi. Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari o’ziga hos tizimga egadir. 1. Siyosiy huquqlar (32-35 -moddalar). - Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishi huquqi Davlat organlari va o’z-o’zini boshqarish organlariga bevosita murojaat qilish, murojaatnoma yuborish huquqi. 2. Fuqarolik huquqi. (21-23 -moddalar) Yashash huquqi. Shaxsiy xayot, shaxsiy va ommaviy sirlar, o’z sha'ni va obro’yining daxlsizligi huquqi. Fikr va so’z erkinligi huquqi. Tinch yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlar o’tkazish huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi. Xat yozishmalar, telefonda so’zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa jo’natmalarning sir saqlanishi huquqi. Turar joy daxlsizligi. Vijdon erkinligi va diniy e'tiqod erkinligi huquqi. Uyushmalarga birlashish huquqi Axborotni izlash,olish ,uzatish, ishlab chiqarish va tarqatish huquqi Shaxs qadr qimmatining davlat tomonidan himoya qilinishi huquqi O’z millatini aniqlash va ko’rsatish, muomala, o’qish va tarbiya tilini tanlash va undan foydalanish huquqi Iqtisoiy, ijtimoiy va ma'naviy huquqlar. Ta'lim olish, ijod qilish va aqliy mulkdan foydalanish huquqi Atrof-muhit musaffoligining va uning xolati xaqida ma'lumotga ega bo’lish, ekologik huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan zararni undirib olish huquqi O’z qobiliyatlari va mol-mulkidan iqtisodiy faoliyatda erkin foydalanish huquqi Xususiy mulkka egalik huquqi Qariganda, mexnat layoqatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta'minot olish huquqi Mexnat qobiliyatidan erkin foydalanish, faoliyat turi va kasb tanlash huquqi Mexnat qilish, dam olish, mexnat uchun xaq olish huquqi Uy-joyga ega bo’lish huquqi Yakka tartibdagi mexnat bahslari va ish tanlash huquqi Sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish huquqi Fuqarolar va ular uyushmalarining yerga ega bo’lish huquqi Ishsizlikdan himoyalanish huquqi Shaxsiy fuqarolik huquqlari(24-31 -moddalar). Xususiy mulkka egalik huquqi O’z faoliyati va mol-mulkidan tadbirkorlik va qonunda ta'qiqlanmagan boshqa iqtisodiy faoliyat yo’lida erkin foydalanish huquqi Ta'lim olish, madaniy xayotda ishtirok etish va madaniy muassasalardan foydalanish huquqi Sog’liqni saqlash huquqi Ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta'minot huquqi Mulkka egalik , undan yakka tartibda xamda boshqa shaxslar bilan birgalikda foydalanish va tasarruf etish huquqi Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari (43-46 -moddalar). Davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. (43-modda). Xar bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali hal qilish, davlat organlari mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayri-qonuniy xatti xarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatnadi. Voyaga etmaganlar mexnatga layoqatsizlar yolg’iz keksalarning huquqlari davlat ximoyasidadir. Xotin qizlar va erkaklar teng huquqlidir. Xar qanday davlatning Konstitutsiyasi va qonunlari unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini, xoxish istaklarini ifoda etmog’i lozim. «Inson qonunga emas, balki qonun insonga xizmat qilishi kerak». O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta'minlashdan iborat. Zotan, ulug’ bobkolonimiz Amir Temur aytganidek, «Qayerda qonun xukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi». «huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunni bilish, huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas, huquqiy madaniyat degani- turli mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»’ Fuqarolik burchlari (47-52 -moddalar). Barcha fuqarolar Konstittsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajaradilar. Qonun bilan belgilangan soliqlar va maxaliy yig’imlarni to’lash burchi. Tabiat va atrov-muxitni saqlash, tabiat boyliklariga extiyotkorona munosabatda bo’lish burchi. Vatanni himoya qilish burchi. Xarbiy xizmatni o’tash burchi. O’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa kishilarning huquqlari va erkinliklarini buzishga yo’l qo’ymaslik burchi. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr qimmatini xurmat qilishga majburdirlar. Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muxofazasidadir. Fuqarolar atrof tabiiy muxitga extiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va maxalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar. O’zbekiston Respublikasini ximoya qilish har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan taribda xarbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling