‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
X V III bob.
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASRNING BIRINCHI YARM1DA Q OZOG‘ISTON JURNALISTIKASI Qozog‘istonda davriy matbuotning paydo b o ‘lishi va rivojlanishi XIX asr 70-yjllarining oxiri-80-yillarining boshiga t o ‘g‘ri keladi. Bu o ik a Rossiyaga qo‘shib olingandan keyin qozoq jam iyatining ijtimoiy va siyosiy hayotida tub o ‘zgarishlar yuz berayotgan davr edi. 0 ‘sha paytgacha Qozog‘iston patriarxal-feodal tartiblar va k o 'ch m an ch i xo'jalik yuritish usuli qaror topgan ovullardan iborat bo‘lib kelgandi. Kapitalistik taraqqiyot yo‘liga qadam q o ‘ygan Rossiya esa bundan keyingi xo'jalik va savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini faollik bilan izlayotgan edi. Xo'jalik bobida va madaniy jihatdan an ch a ravnaq topgan Rossiya xomashyo zaxiralariga boy katta hududlami o ‘z ta ’sir doirasiga tortish va Qozog‘istonni o*z kapitalistik rivojlanishining xom ashyo yetkazib beradigan qo‘shimchasiga aylantira borish bilan bir paytdá bu qoloq diyorga madaniy darajasini ancha yuksaltirish, q o zo q xalqining demokratik madaniyatini o*stirish imkoniyatini berdi. Ayni shu davrda dastlabki qozoq bosma kitoblari, gazetalari paydo bo‘ldi. Cho‘qon Valixonov, Abay Qo'nonboyev, Ibray Oltinsarin kabi buyuk qozoq ma’rifatparvar olimlari, Alixon Bukeyxonov, Ahmed Boytursunov, Muhamedjon Seralin va boshqalar singari birinchi professional publitsistlar hamda gazeta va jurnallaming muharrirlari faol ijtimoiy, ilmiy, adabiy- publitsistik ijodga kirib kelishdi. Qozoq va rus tillarida chiqa boshlagan dastlabki nashrlarda o ‘sha davrdagi hukm ron tabaqalar faoliyati shakl- lantirgan ijtimoiy fikr o ‘z aksini topardi. Bu ochiqdan-ochiq mustamlakachilik siyosati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi jihatidan yangi «xoljalik*lardan bir necha pog‘ona pastda bo'lgan xalqni ezish va talashdan iborat edi. Rus tilidagi gazetalarga chor senzurasi tom onidan kuchli ta ’sir o ‘tkazib turilardi. Ilk davriy gazetalardan boMgan «Туркестанские ведомости» (1870) chor hukumati siyosatiga amal qilardi va u qat’iy jilovlab qo'yilgan edi. M a’muriyat matbuotdan odamlarga o*zi lozim topgan xabarlarni yetkazishda va hokimiyat nazdida qanday siyosatni q o llab -q u w atlash lari zarurligini tushuntirishda foydalanardi. Gazetaiarda e ’lon qilinayotgan maqolalaming aksariyatini ko'ch- manchi chorvadorlar bilan yangi ko'chlb kelganlar o ‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarining tahlili tashkil qilardi. Biriiiclii muxbirlar dashtda ishlab turgan yarm arkalam i m uqoyasa qilib, aholiiiing turli guruhlari o'rtasidagi ayirboshlashni ta q q o slar ekanlar, chorva mollari, te n , o ‘tin va boshqa tovarlar bilan savdo qilish hisobiga aylanma mablag'Iami ko'paytirish muammosini ko‘tarardilar. G azetalar m aqolalarida Rossiyadan dehqonlam i ko‘chirib keltirish, qozoqlaming o 'tro q x o ‘jalik yuritishga o'tishi, dashtda savdo munosabat- larini rivojlantirish ■haqidagina xabar berib qolmasdan, puldan foydalanish evaziga ayirboshlashning yangi shakllari paydo bo‘layotganligi, tem ir yo'llar quriiishi boshlanayotganligi, hunarm andchilik ishlab chiqarishining yangi tarm oqlari vujudga kelayotganligi to ‘g‘risida ham ko‘p yozishardi. Geograf, etn o g raf va boshqa soha olimlarining notanish joylarga qizi- qishlari oshib borishi ko‘p jihatdan m atbuotning mazmunidagi sifat o ‘zgarishini taqozo qildi. Jamiyatda yuz berayotgan yangiliklar tavsifiy maqolalami tobora siqib chiqara boshladi. U lam in g o ‘mini voqea-hodisalam i tahlil qilishga, fakt- larni sharhlashga, yangiliklam i qiziqarli tarzda taqdim etishga qaratiJgan jumalistika egallay bordi. 1870-yildan e ’tib o ran Toshkentda nashr etila boslilagan (birinclii soni qozoq tilida ch iq q an ) «Turkiston viloyati gazeti» va 1888— 1902-yiliarda Omskda chiqib tu rg an «Dala viloyati gazeti» dastlabki qozoq gazetalari hisoblanadi. T u rkiston o ‘lkasi m a’muriyati tom onidan nashr etiladigan bu ikkala gazetada m ahalliy hokimiyatning buyruq va farmonlari qozoq tilida chop etilardi. B u n d an tashqari, ularda tub yerli aholining hayoti, ishlab chiqarish faoliyati va turm ush tarzi to'g'risida ko'plab qimmatli xabarlar berib borilardi. Milliy ongning o ‘sishi, o ‘ziga xos dasht madaniyati, xalq ijodkorligi yuksalishidan ib o rat m uhim tarixiy bosqichdan keyingina haqiqiy ma’nodagi milliy m atb u o t vujudga keldi va rivojlandi. 0 ‘sha yillarda rus, tatar, boshqird nashrlari foyda ko‘rish maqsadida qozoqlaming ilk adabiy asarlarini ko‘plab adadlarda chiqara boshladilar. Bu jarayonlar ijtimoiy fikrni uyg‘otib, yozm a adabiyot rivojlanishini jadallashtirdi. E.l. Ivan- chikova va S.S. Akashevaning «Qozog‘istonning inqilobdan ilgarigi davriy matbuoti» («До револю тиионная периодическая печать Казахстана») nomii bibliografik ko'rsatkichida 1917-yilga qadar Qozogliston hududida, shu jum ladan, O renburg, Omsk, Toshkentda chiqib turgan yuzdan ziyod gazeta, jum al nom lari keltirilgan. Orenburgda nashr etilgan «Qozoq» gazetasi (1905—1913) birinchi umummilliy gazeta o'laroq butun xalq e’tirofini qozonib, ovuldan-ovulga qo‘lma-qo‘l o!ib o ‘qilardi. Ahmed Boytursunov deyarii gazetaning butun faoliyati davomida uning doimiy muharriri bo‘lib turdi. Anciv hujjatlarida Urol viloyati haibiy gubem atorining xati saqlangan bo‘lib, unda gazeta dasturi batafsil bayon qilinadi: «1905-yil 9-dekabrdagi sirkular farmoyishga binoan, qirg‘iz Mustafo 0 ‘rozovich Ahmedovga qirg‘iz Ahmed Boytursunovning to ‘liq m a’nodagi muhanirligida qirg'iz tilida quyidagi dastur asosida «qozoq» («qiig‘iz») kundalik gazetasini nashr etish topshiriisin: • K o'rsatm alar va hukumat farmoyishlari; • davlat dumasi va davlat kengashi; • tashqi va ichki xabarlar; • qirg'izlar tarixi va etnografiya; • iqtisodiyot, savdo-sotiq, hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi va hokazo». «Ayqap* jurnali bilan «Qozoq» gazetasi o'rtasida ko'chm anchi qozoq xalqining o ‘troq hayotga o'tishi to'g'risida davom etgan bahs-m unozara qozoq jumalistikasining yorqin saliifalaridan biri b o id i. Bu m unozarada matbuot vositasida ochiq professional mubohasa yuritish unsurlari vujudga keldi va rivojlandi. «Qozoq» gazetasi yem i taqsimlashning ko'chm anchilik shakli orqali xo‘jalik yuritishning yangicha yo'siniga asta-sekinlik bilan o'tishni taklif qildi. Mafkuraviy va biryoqlama yondashuv ta ’siri ostida bo‘lgan gazetaning uzoq davr mobaynidagi mavqeyi «burjuacha miiliy qarashlar»ning targ‘ibotchisi sifatida ta ’riflanardi, chunki uning sahifalarida ko'chm anchilikni qo'llab-quw atlovchi maqolalar e ’ion qilib turilardi. Demokratik nashr hisoblangan «Ayqap» jurnalining h ar bir sonida esa yer, jam iyat hayotida uning roli va ahamiyati, yerdan oqilona foydalanish va uni xalqqa xatlab berish, o ‘tro q turm ush tarziga o ‘tish yo‘llari haqida maqolalar berib borilardi. Bunda ko'chm anchi ekstensiv xo‘ja!ik sharoitida yerdan foydalanish xarakterini aks ettiruvchi «Yer-ona, chorva esa uning farzandi» degan fikr ifodalangan edi. «Ayqap» jurnalining noshiri va muharriri M uham edjon Seralin qozoqlar o ‘troq hayotining dastlabki tajribasini yoritîshga katta hissa qo‘shdi. Bu jumalning asosiy o ‘zagini M.Seralin, B.Qoratoyev, J.Seydalin tashkil qilardi. Qozoq publitsistikasi qaldirg‘ochlarining ijodi o'ikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida ikki m asala-yer va oq podshoga qarshi kayfîyat kucliayganügi masalasi keskin turgan bir paytga to ‘g ‘ri keldi. Bu davrda qozoq jamiyatining taqdiri yer masalasining hal etilishi bilan bog'liqlikda ko'rilardi. 0 ‘z nuqtayi nazarlarini «Ayqap* jum alida aks ettirgan «dehqon demokratlar* dasturi XIX asming ikkinchi yarmidagi qozoq m a’rifatparvar demokratlari iqtisodiy dasturining asosini tashkil etdi. Ular jam oa yerlarini baravar taqsîm lash, o ‘troq hayotga o ‘tish, soliqlarni kamaytirish va hokazo m uhim masalalarnl birinchi bo‘lib ko‘tarib chiqdilar. Bu dasturda ma’rifatchilik yo'oalishi katta o ‘rin egalladi. 0 ‘sha davr matbuoti badiiy adabiyot sezilarli ravishda tadrijiy rivojlanayotgan asnoda faoliyat ko'rsatayotgan edi. Shu m unosabat bilan ko‘pgina ijtimoiy va madaniy jarayonlar bir-biriga ta ’sir ko'rsatib turardi. Badiiy adabiyotga xos jarayonlar voqelikni aks ettirishning hujjatli shakl- larida ancha hoziijavob, ancha aniq-ravshan namoyon bo'ldi. Yozuvchilar, shoirlar, jamoat arboblari o ‘z xalqi kelajagini eng aw alo , m a’rifatda, turm ush madaniyatini, ilg'or urug‘-aymoqchilik va oilaviy munosabatlami joriy etishda ko'rdilar. M a’rifatparvarlikni, demokratik g'oyalam i ilgari surish manzarasida fosh qiluvchilik mayllari ham avj olib, davriy mat- buotda muntazam, izchil va ijtimoiy xarakter kasb eta bordi. ’ Binobarin, XIX va XX asr chegarasidagi Stolipin islohotlarining tub burilish paytida «Qozoq* um um m illiy gazetasi va «Ayqap» milliy-demo- kratik ju m ali timsolida qozoq jam iyatining orzu-umidlarini ifodalovclii m atbuot vujudga keidi. Bu nashrlam ing sahifalarida jam iyatda iqîisodiy jih atd an o ‘zgarishlar yasashning ko‘p qirrali va hal etilishi qiyin bo‘lgan masalalarí o ‘z aksini topa bordi. Shunday qilib, qozoq c h o ila rid a matbuot turli subektlar o ‘rtasida iqtisodiy axborotni ayirboshlash, ishlab chiqarish, savdo-sotiq munosabat- lari q aro r topayotgan bir paytda rivojlana bordi. Qozoq va rus tilidagi gazetalar ayni bir paytda nashr etilardi, chunki Qozog‘iston Rossiyaga qo'shib olingach, aholini ko‘chirib keltirish siyosati faol o'tkazila boshlanganligi munosabati bilan rusiyzabon aholi soni orta bordi. G azetalar mazmun ham da o ‘quvchilar ommasiga tarqalish va ta ’sir ko‘rsatish jihatidan baravar emasdi. Qozoq ma’rifatparvarlari va yozuv- chilarining yuqori tabaqasi adabiy-badiiy ijod namunalari bilan davriy m atbuotda chiqib turardi. M uayyan ijtimoiy guruh nom idan o ‘z kuza- tishlari, o ‘y-fikrlari, munozarali nuqtayi nazarlarini ifodalash imkoniyat- larini berishi bilan publitsistika u la m i o ‘ziga jalb qilardi. Birinchi qozoq olimi, sayyohi va publitsisti Cho‘qon Valixonov dunyoqarashi uning hayoti va faoliyatiga zamin boigan o b ’ektiv shart- sharoitlar negizida, asosan rus tafakkuri ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, bu tafakkur a n ’ànalarini u qozoq tadqiqotchilik va davriy adabiyotiga ham olib kirdi. Rus demokratlarining asarían bilan tanishish unga nafaqat Q ozog'iston va Markaziy Osiyodagi boshqa féodal davlatlaming xo'jalik sohasidagi rivojlanishining ahvoli va istiqbollarini chuqur o'rganish va tahlil qilish, balki o‘ziga xos shaklda bo‘lsa ham, shaxsiy qarashlarini ifodalash imkonini berdiki, ular olim ning ilmiy va publitsistik asarlarida aks ettirilgandi. Qashg'aristonga sayohat qilgan Ch.Valixonov «Oltishar yoki Xitoyning N a n -li (kichik Buxoriya) provinsiyasidagi oltita sharqiy shaharning 1858— 1859-yillardagi ahvoli haqida» batafsil hisobot yozdi. Bu Sharqiy Tur- kistonning jug'rofiyasi, tarixi, aholisi, hukumat tizimi, sanoati va savdo- sotig‘i haqida m a’lumotlar beruvchi qim m atli tarixiy-iqtisodiy tadqiqotdir. Ingliz iqtisodchisi Jon Styuart M illning «Sibir vedomstvosidagi qirg‘izlarda sud islohotlariga doir qaydlar* n om li m ashhur kitobning ayrim joylaridan iqtibos keltirganligi muallifining iqtisodiy salohiyatidan dalolat beradi. XIX asrning 60-yillaridagi islohotlar davrida Ch.Valixonov bu o'z- garishlar xalqning moddiy va m adaniy ahvoli yaxshilanishiga xizmat qila- digan bo‘lishiga erisha bordi. U boshqa asarlarida, masalan, «Qirg‘izlarning ko'plab yurishlari haqida»gi asarida hamda «Chorvachilik-xalq boyligi* asarining xomaki qo'lyozmasida o ‘sha davming bosh mavzui boigan qozoqlarning qishloq xo‘jaligini yuritish yo'sinlari masalasiga murojaat qilib, chorvachilik-ko‘chmanchi xalq m ehnat faoliyatining asosi, uning turmush farovonligining birdan-bir manbayi ekanligini ko'rsatib berdi. Ch.Valixonovnuig aksar asarlari tavsifiy mazmunda bo'lishiga qara- masdan, ularda olimning fuqaroük nuqtayi nazari aniq-ravshan ifoda etilgan. Yer masalasini hal qüishda mahalliy hokimiyatiaming adolatsiziigi va nochorligini fosh qilar ekan, u yerdan jam oa b o iib foydalanishni taklif qiladi. (O 'sha davrda bu iIg‘o r usul bo'lib, barcha m uam m olam i adolat asosida va tub yerli aboli uchun eng foydali tarzda hal etish maqsadiga xizmat qilardi). Qozoq hayotini yoritishda bir qator mislsiz unsurlam i jo riy etgan m a’rifatchi Ibray Oltinsarinning ismi ham milliy publitsistika tarixida munosib o ‘rin egalladi. Muallif xo‘jalikning yangi shakllarini m isollar aso sida ko‘rsatishga harakat qildi. «Qipshak Seyitqul* ochçrkida u qashshoq- lashib qolgan o ‘ttizta oilaning qipchoq urug'idan bo'lgan kam bag‘al Seyitqul boshchiligida tirikcliilik vositalarini izlayotganliklari to ‘g‘risida hikoya qiladi. K o'chm anchi qozoqlar o ‘sha paytda faqat chorvachilikiii, savdo-sotiq va uy hunarmandchiligining o ‘ta oddiy turlarinigina biüshar edi. Shunday bir sharoitda qo‘shnilardan ko'chm anchilar orasida o ‘sha davrgacha deyarli u rf bo'lm agan butunlay yangi hunar turini o ‘rgangan Seyitqul ularga yordamga keladi. Bu esa g‘allakor dehqonchilik hunari edi. «Seyitqul har tom onlam a o'ylab ko‘rib,-deb yozadi l. 01tinsarii,-eng a w a lo qulay qo‘nimgoh topishga qaror qildi. K o’p joylarni aylanib k o'rib, nihoyat, T o ‘rg‘ay cho'lida, Qabirg'a daryosi vodiysida manzil qilishni ko'ngjiga tugdi*1. Kambag‘allar asrlar bo‘yi odam q o ‘li yetmagan yerga ishlov berishga, turkistonliklarga o'xshab emi sug'orish uchun anhorlar qazishga kiri- shadilar. Bug‘doy hosili shu darajada bitib beradiki, o ‘sha manzilgoh aholisinigina ta ’minlab qolmasdan, balki ortiqchasini chorva moliga ayirbosh qilish imkoni tug‘iladi. N atijada, g‘allakor!ar boyib ketishadi. Shunday qilib, I. Oltinsarin iqtisodiy jarayonni-xo‘jaîik yuritishning boshqa shakliga o ‘tishni ochib berishda birinchi boMib ocherk unsurlarini va aynan lavha xususiyatlarinj kiritdi, hujjatli material va ishonchli faktlar asosida qozoq jurnalistikasida badiiy publitsistik jaurlar rivojlanishiga ibtido b o ig a n asar yaratdi. M a’rifatparvar shoir Abay Q o ‘nonboyev o ‘z she’riy va publitsistik ijodida otashin so‘zi hamda amaliy faoliyati bilan zamondoshlariga yordam berishga intildi. To'biqti volosti boshqaruvchisi oMaroq u xalqni m a’rifatli qiiishga, uning xo‘jalik-maishiy sharoitini yaxshilashga qaratiigan tadbirlarni amalga oshirishga harakat qildi2. O 'z she’riy ham da faJsafiy- nasihat mazmunidagi suhbat-m ushohadalarida u fuqarolik ju r’ati va publitsistik ehtirosi bilan qozoq jam iyatining féodal patriarxal asoslarini ochib tashladi, xalqni ma’rifatga, yangi ilg‘or hayot tarziga d a’vat etdi. Abay xalqning siyosiy. iqtisodiy va madaniy qoloqligi ko‘chm anchi hayot tarzi bilan, qoloq ishlab chiqarish usuli bilan b o g liq ekanligini yaxshi tushunar edi. U o ‘z xalqini vahshiyona urf-odatlardan, jaholatdan 1 Алтынсарин И. Избранные произведения. Алма-Ата: АН К азС С Р, 1957, с-34. 2 Абай. Стихотворения и поэмы. М-Л.: 1966. с-8. qutqarish uchun ko‘p ishlar qildi. Abay ijodidagi sobitqadamiik shundan iborat ediki, u o ‘z nazmiy so‘zi vositasida «mavjud tuzum ni o'zgartirish zarurligini vatandoshlari ongiga yetkazishga*1 intilardi Shoiming ko‘pgina she’rlarida xalqiga « 0 ‘jarlik qilm a, ey mening qaysar xalqim, mening so'zJarim ning to ‘g‘ri m azm unini uqib olgini Ey qozoqlarim! Kambag'al xalqim mening. Sening ko'rinishing yomon emas, soning ham ko'p. Ayt- chl, nega buncha yuzlaring aldam chi?*2. O lz xalqiga bo'igan ishonch m a ’rifat, bilim va ilmu madaniyat jihatidan ancha ustun xalqlar bilan yaqinlashish kuchiga ishonch Abay ijodining negizini tashkil qiladi. Uning she’riy va publitsistik merosi vatandoshlari boshidan kechirayotgan qiyinchiliklami nozik tushunish, bilim , m a’rifat orqali hayotni qayta qurishning yaxshi yo‘llarini izlash tom irlaridir. Zam ondoshlarining o g 'ir hayotiga va ular tortayotgan iqti- sodiy qiyinchiliklarga sherik b o ‘lish, shubhasiz, Abay singari buyuk shaxslar ijodida barq urib turadi. A srlar marrasida yashab o ‘tgan shoir Sultonmahmud T o ‘rayg‘irovning sh e’riy ijodida ham yuitdoshlari hayotiga nisbatan yangicha fikrlar va qarashlar bayon etilgan. U ning ijodiy taijimayi holi «Ayqap» jum ali bilan uzviy bog‘langan. Boshqa m a ’rifatpaivarlar qatori u ham m a’rifat qozoqlam i «og'ir uyqu*dan uyg‘o ta oüshiga ishongan. Ijodkor xo‘jalikning m uayyan tuzilishini, insonning tabiat ustidan hukmdorligini ham xalqning m a’rifatlilik darajasi bilan bog‘Iaydi. Ijodining ilk davrida shoir «Intiqom payti qachon kelajak», «Boylik» va hokazo nazmiy asarlar yaratib, ularda atrof dunyoni falsafiy tafakkur qilish bilan biiga kambag‘alning jamiyatdagi ahvolini tushuntirishga ham harakat qiladi. «Bechora kam bag‘al boyga ishlovchi xo‘kiz bo‘lish uchun dunyoga kelganmi? Koriga yarashi uchun xo‘jayin ho‘kizlarini boqishi kerak emasmi axir? Shundoq ham kambag‘allami o ‘lmasdan beriroq ahvolda saqlaydilar. Ulam ing hayoti muhtojlikka to ia . Agar ho‘kiz ishlab holdan toygan bo‘lsa, o 'z holiga kelishi uchun uni o'tloqqa qo4yib yuboradilar, kambag‘al to ‘g‘risida kim jo n kuydiradi?»3. Zam onaviy nazariyalar nuqtai nazaridan aytish mumkinki, S. T o ‘rayg‘irov qozoqlarning og‘ir va adolatsiz moddiy hayotîni she’riy ijodda aks ettirgan dastlabki grajdan shoirlardan edi. 0 ‘z asarlarida u aholining m oddiy hayotiga urg‘u berib, oddiy va ayni bir paytda m uhim masalalarga e ’tibom i qaratdi. Ishlasa ham hech vaqoga ega boim aydiganlar nigohi bilan vaziyatga boqdi, mazlum siitf tom onini olib, qozoq ovulidagi ijtimoiy m unosabatlarni birinchi bo'lib keng va chuqur tanqid ostiga oldi. O iim , jam oat arbobi Alixan Bukeyxonov birinchilardan bo'lib qozoq publitsistikasida statistik m a’lum otlarni tahlil qilish usul va uslublarini qo'lladi. Oksford universiteti qoshidagi 0 ‘rta Osiyoni o ‘rganish jamiyati 1 О ^Ь а тап Ь а, 30-Ьс1. 2 Торайгыров С. М. Стихи и поэм ы . Алма-Ата: 1989, 32-36-с. 3 Букейхан А , Ба>пурсын А , Дулатон М. Рыскулов Т. Оксфорд, Англия. Репринт, серия №5. olimlari qaydlarining to ‘plami guvohlik beradiki, A. Bukeyxonov tarixchi, iqtisodchi, folklorchi bo'lgan. U qozoq eposi va folklorini ilmiy nuqtayi nazardan tahiil qildi, dastlabki olim bo'lish bilan bir qatorda o ‘z xalqining hayoti, turmushi, an’analari, m adaniyatini tadqiq etish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini yig‘ish va o'rganish bilan ham shug‘ullandi. } A.Bukeyxonov faol publitsist edi. Birgina «Qozoq* gazetasi sahi- falarida uning 250 dan ziyod m aqola, taqriz va ilmiy tadqiqotlari e ’lon qilingan. Olimning o ‘n yilga yaqin um ri va faoliyati ikkita ekspeditsiya tarkibida amalga oshirilgan ishlar bilan bog'liq bo‘ldi. U lardan biri F. Shcherbin rahbarligida Semipalatinsk viloyatining Qarqara, Pavlodar, Ust- Kamenogorsk, Semipalatinsk uezdlarida va Akmola viloyatining Omsk uezdida ish olib boidi. C ho‘l olkasining iqtisodiy-xo‘jalik tuzilishini, xalqning madaniyati, turmushi, an ’analari va urf-odatlarini har tom onlam a tadqiq etishi uning publitsistikasiga faktik negiz bo‘lib xizmat qildi, xo‘jaliklarni ro ‘yxatga olish esa o ‘rganilgan materiallami yig'ish, qayta ishlash, tartibga solish hamda nashrga tayyorlash jarayonida m uhim maktab vazifasini o ‘tadi. Sibir tem ir yo‘Ii bo‘yidagi Chelyabinskdan Toshkentgacha bo‘lgan hududlarni statistik iqtisodiy jihatdan o ‘rgangan boshqa ekspeditsiya tarkibida esa A. Bukeyxanov qozoq xo’jaliklarini ro‘yxatga oldi. Qo'ychilik to ‘g*risidagi batafsil monografiyasidan tashqari u G 4arbiy Qozog'istondagi yirik qoramolchilik va yilqichilik haqida ocherklar yozdi. Tadqiqotchi olimning asari Tomskda «Sibir tem ir yo'li hududlarini iqtisodiy o ‘rganishga doir materiatlar»1 degan umumiy nom ostida nashr etildi. A.Bukeyxonovning «Sug‘oriladigan qirg‘iz yerlarining begonalash- tirilishi», «Cho‘l o ‘lka qa’ridagi rus qarorgohlari* va boshqa yirik asarlari Sankt-Peterburgda 1906-yildan nashr etib kelinayotgan «Сибирские вопросы» jum alida e ’lon qilindi. Biroq olim umrining kattagina qismi qozoq xalqining o'troq hayotiga o ‘tishi masalasida m a’lum (sovet maf- kurachilari tom onidan «burjuacha milliy» deb nomlangan) nuqtayi nazarda turgan «Qozoq» gazetasidagi ish bilan band bo'ldi. Publitsist murakkab m uam m oni tahiil etarkan, eng m uhim i, uni hal qilish yo'lini ham taklif qiladi. Dehqonchilikka o ‘tish oson em as, bunda xalqning tabiiy o'ziga xosliklarini va ruhiy tayyorgarligini hisobga olish lozim-gazeta g'oyalarini qo‘llab-quw atlovchi qozoq jam oat arboblari shu nuqtayi nazarda edilar. A. Bukeyxanov aholini ko'chirib keltirib, mustamlaka qilish muam- mosini har tomonlama o'rganib chiqqach. «Сибирские вопросы» jurnalida bir necha yirik maqolalar e'lo n qildi. Publitsist q o ‘rg‘onlar, ekinzorlar, o ‘tloqlar bilan birga qirg‘izlarning eng yaxshi quduqlari tortib olinayotgan, oqibatda esa, suv manbayisiz qolayotgan c h o ‘lni butun qiymatidan mahi-um qilayotgan am aldorlar xatti-harakatlarining haqiqiy mohiyatini ochib, har bir uezdning batafsil tavsiflni beradi. 1 Сеитон Э. Алихан Буксйхан — основоположник казахского краеведения. II ж. Ай. -1995, № 4, с-31-35. XX asr Maxtor Umarxonovicb Avezov ijodi bilan nishonlandi. Qozoq adabiyoti bu mumtoz vakilining 20-yillardag¡ aksariyat asarían qozoq xalqining patriarxal féodal o'tmishini fosh qilishga bag'ishlangan. Yozuvchining asarlarida aks etgan voqelik, obrazlilik, estetik ta ’sir vazifalari bilan bir qatorda xalqning xo'jalik munosabatlari, turmushi va axloqining real manzarasidan guvohlik bera oladi. Buning ustiga M-Avezov ijodiy yo'lining boshlanishi yirik tarixiy o ‘zgarishlar, ijtimoiy siljishlar, (ub iqtisodiy qayta qurishlar, bir tuzum dan ikkinchi tuzumga o ‘tish davriga to‘g‘ri keldi. Yozuvchi ko'plab voqealarga bevosita guvoh bo'ladi. Bu esa uning asarlaridagi badiiy olamni shakllantirishga ta ’sir ko'rsatadi, biroq ijodkor bir q a to r ilk asarlariga fuqarolik ohangini, publitsistik ruh, siyosiy baholash m azm unini bogiadiki, shu bois taqiblarga duchor bo'lganligi m a’lum. U ning «Himoyasizlar taqdiri», «Yetim*, «Barimta», «Kim aybdor?* va boshqa hikoyalari inqilobdan ilgarigi qozoq ovulining ijtimoiy-iqtisodiy m unosabatlari mohiyatiga chuqur kirib borilganligini xarakteriaydi. M . Avezov qayd qilgan ko'plab ma’lumotlar yerga egalik, nikoh va hokazo sohalardagi oddiy qozoq huquqi, dafn marosimlari, to'y. urf- odatlari, qozoq taqvimiga oid bilim lar, kosmogonik tushunchalar bilan bog'liq. Arxiv va e ’ion qilingan m a ’lumotlami to ‘g‘ridan-to‘g‘ri voqealar joyidagi shaxsiy kuzatuv m ateriallari bilan uyg'unlashtirish, bevosita o ‘tm ish guvohlari yoki ulam ing avlodlaridan olingan so‘rov m a’lumotlari M. Avezovga tarixiy faktlami taqqoslash, hujjatlilikni badiiy va publitsistik nasr asosiga q o ‘yish imkonini berdi. Yozuvchining ilk ijodida ko‘rsatib berilgan xalqning murakkab va rang-barang hayoti o‘ta nobarqaror, jo ‘n ekstensiv chorvachilik xo‘jaligi manzarasida davom etadi. Shu munosabat bilan muallifning ko‘chm anchi chorvador xo'jaügi iqtisodiyoti bilan bog'Uq ko‘p!ab qiziqarli kuzatishlari, maishiy detallar tavsifi uchraydi. M asalan, joydan-joyga ko‘chish lavhalari, m uom ala va m ehnat ko‘nikm alari jarayonida axloq, turm ush, odam lar hulqining aniq detallará shunday kuzatishlar jumlasidandir. «D ovonda uzilgan o ‘q*, «O g'ir yil* qissalari va boshqa ilk asarlarida kapitalizm ning rivojlanishi, patriarxal-feodal munosabatlaming o ‘ziga xos yashovchanlik sharoitida milliy tadbirkorlikning shakllanish jarayoni o ‘z aksni topdi. Binobarin, m uallif Yettisuvning yirik savdo markazi bo'lgan Q arqara yarmarkasini shunday tavsiflab beradi: «Muhim ahamiyatga ega joy. D unyoning turli tom onlaridan keladigan to‘qqizta yo‘1 bir tugunda birlashadigan bu yerga Volgadan tortib Irtish daryosígacha bo'lgan rus shaharlarining savdogarlari, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkentdan va hatto Tatariston hamdà g'uljadan tujjorlar kelishadi. Nimalarnidir olib kelishib, nim alarnidir olib ketishadi. Mana uch oydirki, Qarqarada katta savdo-sotiq avjida va yana uch oy ana shunday davom etadi. 0 ‘lkaning vodiysi chet-chetlarigacha to ‘lib-toshib ketgandek, lekin tovarlar tog‘lardan oqib tushayotgan bahorgi dolg‘ali oqimlar yanglig4 bu yerga kechayu kunduz oqib kelmoqda*1. 1 Ауэзов М. О. Собрание соч. т. 1, Алма-Ата: «Жазушы», с-216. 306 M.Avezovning badiiy va publitsistik merosi Qozog‘iston publitsis- tikasida rivoj topgan kuzatuvchanlik va uning voqea detallarini berishda ifodalanishi; so‘rov usutida to'plangan faktlarga asoslangan tahlillar; hozirgi davr jarayonlarini teran tafakkur qilish singari original usullar m anbayi bo‘lib xizmat qildi. 1917-yildan keyingi matbuot o'ynagan rol tadqiqotchilari «sosializm qurilishi»ning istisnosiz barcha jabhalarida hukm surgan o ‘ta yuksak ko‘tarinkilikni qayd qiladilar. Bu davr m atbuoti o ‘quvchilar e ’tiborini bosh sarlavhalar bilan toitishga intiluvchi shiom om a matbuot nam unasidir. Masaian, Vemiyda (sobiq Olmaota) chiqadigan «Заря свободы» gazetasi Yettisuv dehqonlarini «kim ekin ekm asa, o ‘ziga va butun xalqqa dush- mandir», degan bolsheviklarcha shior ostida ko'klamgi ekish kam pa- niyasiga taklif qiladi1. 1918-yilning birinchi yarmida qozoq tilida gazetalaming yangicha turi tashkil etila boshladi. To‘rg‘ay o'Ikasida «Qazaq muni» («Qozoq o ‘ylari»), Aqmolada «Tirishilik» («Tirikchilik») gazetalari chiqa boshladi. M a’Iumki, ularda A. Jangildin va S. Seyfullin singari taniqli arboblar m aqolalarini e ’lon qilib bordilar. 20—30-yillarda «kollektîvlashtirish» foydasiga taig'ibot ishlari nihoyat- da keng k o ia m kasb etdi. «Советская степ» (hozirgi «Казахстанская правда») «Kolxoz qurilishi frontlarida» rukilini ochib, unda «Quloq va boyga hujum ni kuchaytiramiz!», «Boylar va jinoyatchilarni quvib solaylik!», «Quloq va boylarning yaxshilab adabini berayük!», «Quioq va boylar ustiga hujumga!», «Quloqlar*va o'ng og‘m achilarga qarshi kurashni b ir daqiqa ham bo'shashtirmaylik!» va hokazo chaqiriq sarlavhalar ostida materialfar e’ion qilib turdi2. Chala savod aholiga qaratilgan bunday om m aviy d a ’vat ko‘plab mavjud muammoiami tezda va unclia ham o ‘ylab o ‘tirm asdan hal qilib yuborish maqsadini ko'zlardi. 20—30-yillar matbuotida qishloq xo'jaligi mavzuyi ustun edi, biroq asta-sekin o'ikaning sanoat bilan bog‘liq kelajagini m uhokam a qilishga o'tila boshlanganligi kuzatildi. «Sovetskaya step» gazetasi 1926-yilda e ’ion qilgan «QozogMstonni tadqiq eiish» maqolasi mohiyat e ’tibori bilan respublikaning boy konlarini o ‘zlashtirish, qayta ishlovchi yirik korxonaiar qurish jarayonini yoritishning boshlanishi bo‘ldi3. 1937-yildayoq m am - lakatda 120 ta yangi korxona, shu jum ladan Qarag‘andadagi yangi ko‘mir koni, Ridder polimetall kombinati, C him kent qo‘rg‘oshin zavodi, O qto‘ba kimyo kombinati va boshqa korxonaiar ishlab turganligi shundan dalo- latdir. «Казахская правда» gazetasi muxbirining og‘ir sanoat xalq ko- missari o ‘rinbosari A Serebryakov bilan suhbatini e ’ion qilar ekan, unda ulkan mamlakatning sanoat sohasidagi «kelajagi porloq» ekanligini ta'k id - lagan edi4. 1 Имашеп С. Избранные труды. Алма-Ата: «Казахстан», 1985. с-54. 2 Это нашей истории строки. Астана: Елорда: 1999, с-24. 3 «Советская степь», 1926, 14-июнь. 4 «Казахская правда». 1937, 11-фепраль. Bu davrda vaqtli m illiy matbuot qozoq yozuvini birxillashtirish nuqtayi nazaridan o ‘tkazilgan tajribalar laboratoriyasiga aylandi. Bu sohada dastlab arab imlosidan lotin alifbosiga, keyin esa midan kirill imlosiga o'tilganligi rus yozuviga yaqinlashuv singari tarixan o 'z in i oqlagan ijobiy jih atlar bilan birga milliy jurnalistikaning o ‘ziga xosligi va betakrorligi singari bir qator a n ’analam ing boy berilishiga olib keldi. Taraqqiy etib borayotgan axborot jarayonida shunga muvofiq ravishda m atbuot organlarida tashviqot—targ‘ibot ishlarini professional ravishda olib borishga qodir jum ahst kadrlarga ehtiyoj tug'ildi. Davriy m atbuot uchun xodim lam i tayyorlashga kirishgan dastlabki o ‘quv yurtlaridan biri Qozoq jum alistika instituti-Q JI b o ‘lib, u butun qozoq jum alizm i maktabining rivojlanishi uchun asos xizm atini o 'ta d i1. Ikkinchi jahon urushi boshlanganligi va ham m a narsa harbiy ehtiyojlarga safarbar qilinganligi munosabati bilan ko‘pgina gazeta va jurnallarning nashr etilishi to ‘xtatildi. «Казахская правда», «Sotsialistik Qozog'iston» singari respublika gazetalari, «Прииртош ская правда», «Экспенди», «Sovettik Q arag'anda», «Болшевик Алтая» kabi viloyat gayptabrigina chiqib turdi. Bu gazetalaming jum alistlar jam oalari xalq xo‘ja!igining favqulodda sharoitdagi muammolarini yoritib borishni o ‘z zimmalariga oldilar. Urushdan keyin Q ozog'iston jumaüstikasi, ayniqsa, qozoq tilidagi nashrlarning qayta oyoqqa turishi uzoq davom etdi. Tahririyatlar qaytadan tashkil etilib, kadrlar tayyorlandi, lekin endi ko‘p jihatdan prinsipial ravishda boshqa m atbuot shakllanayotgan edi. Qayta qurish davrigacha b o ‘lgan yillarga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar matbuotda faqat hukm ron paitiya mafkuraviy yo'liga mos kelish-kelmasligi nuqtayi nazaridan yoritilgan davr sifatida qaralishi lozim. M arkaziy apparatning vazifasi «turli iqtisodiy strukturalar ishini markaz- lashtirish»gina boMmasdan, m am lakat mintaqalari iqtisodiyotini rivojla- nishning yuqoridan belgilangan maromida ushlab turishdan ham iborat edi. Binobarin, ma’lumki, Q ozog'istonga xomashyo yetkazib beruvchi mintaqa sifatidagina qaralib, tugal ishlab chiqarish jarayonlari haqidagi gaplar esa faqat rejalardagina ovoza qitinardi. Qozog‘istonning 60—70-yillar boshidagi matbuoti uchun aksariyat dolzarb mavzulami ochib berishda andozabozlik, xarakterlami, korxonalar, sex, brigadalar jam oalarining hayotini ko‘rsatishda biryoqlamalik, «asr qurilishlari»ni yoritishda haddan tashqari bo'rttirishlar-tasvirlanayotgan obyekt ahamiyati, k o ia m i va qiymatini o ‘ta kuchaytirib ko‘rsatish; iqtisodiyotning qaysi sohasi haqida gap borayotganligidan qat’i nazar, m ateriallarni bir-biriga ju d a o ‘xshash qilib qo‘yadigan bir qolipdagi til imkoniyatlaridan foydalanish kabi xususiyatlar xos bo‘lib qolaverdi. Masa- lan, ijodiy jum alistik niyat ko‘plncha mehnatda eng yaxshi ko'rsatkichlarga erishish uchun olib borilayotgan sotsialistik musobaqani to'liq yoritish 1 Козыибасв C.K. М астодонт отечественной журналистики. Алматы: КаэГУ. 2000, с-13-15. nuqtayi nazaridan baholanardi. Jamoaning serqirra hayoti qachondir qabul qilingan majburiyatlami bajarish yoki shu m arraga erishish uchun «kurashwian iborat qilib ko'rsatiiardi. «Iqtisodîyot» bo'lim ida bir xil materiallaming e ’ion qilib turilishi davriy m atbuotni kam axborot tasliiy- digan va o ‘quvchilaming rang-barang talablarini qondirish nuqtayi nazaridan jozibasiz bir ahvolga keltirib qo'ygan edi. Shunday bo'lsa-da, Qozog'iston jurnalistikasining qayta qurish va oshkoralik e’ion qilingandan keyingi rivojlanishi m atbuotning ko‘pgina ijodiy jihatlari va prinsiplari o ‘z dolzarbligini saqlab qolganligini va respublikada maqbul mustaqil matbuotning keng tarm og‘i vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilganligini ko'rsatdi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling