„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#212578
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida

Xizmat  ko„rsatish.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  mazkur  shakli  sanoat, 

qishloq  xo‗jaligi,  fan,  ta‘lim,  tibbiyot,  transport,  madaniyat,  san‘at,  moliya-kredit 

sohalarida  amalga  oshiriladi.  Xalqaro  biznesda  eng  keng  tarqalgan  xizmatlarga 

dallollik,  bank,  birja  xizmatlari,  sug‗urta,  turizm  kiradi.  Dunyoning  rivojlangan 

davlatlarida  mavjud  bo‗lgan  kompyuter  tarmoqlari  xizmatlari  hajmi  ham  o‗sib 

bormokda. 



Ishchi  kuchi  migratsiyasi.  Ishchi  kuchi  resurslarining  qulay  sharoitda  ish 

bilan ta‘minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‗chib o‗tishi  xalqaro 

ishchi  kuchi  migratsiyasi  hisoblanadi.  Xalqaro  ishchi  kuchi  migratsiyasi  uzoq 

tarixga  ega  bo‗lsada,  faqatgina  XX  asrga  kelib  ishlab  chiqarish  omillari 

harakatining  yetakchi  ko‗rinishlaridan  biriga,  binobarin  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarning  alohida  shakliga  aylandi.  Buni  quyidagi  sabablar  bilan  bog‗lash 

mumkin: 

• xo‗jalik hayotining baynalminallashuvi; 

• ijtimoiy-demografik o‗zgarishlar; 

• fan-texnika va axborot sohasidagi inqilob

• integratsiya jarayonlarining rivojlanishi

• transmilliy korporatsiyalar faoliyati. 




Bu  barcha  omillar  mehnatga  layoqatli  aholining  harakatchanligining 

kuchayishiga  sababchi  bo‗ldi,  zero  mamlakatlar  va  qit‘alararo  ko‗chish  uchun 

rivojlangan  kommunikatsiya  infratuzilmasidan  foylalanishadi.  Xalqaro  migratsiya 

jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa 

hususiyatlagi omillar ham taqozo qiladi. 

Xalqaro  migratsiya  ikkita  asosiy  tarkibiy  qismni  o‗z  ichiga  oladi: 

emigratsiya  va  immigratsiya.  Emigratsiya-bir  mamlakatdan  boshqa  mamlakatga 

doimiy  yashash  uchun  chiqib  ketishni,  immigratsiya-aynan  olingan  mamlakatga 

doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi

9



Migratsiya  turli  mezonlarga  ko‗ra  sinflanib,  quyidagi  ko‗rinishlarga 

egabo‗lishi mumkin: 

• davomiyligiga ko‗ra- vaqtinchalik, mavsumiy va doimiy; 

•  ijtimoiy  tarkibiga  ko‗ra  -  malakasiz  ishsilar,  o‗rta  texnik  va  servis 

xodimlari,  talabalar  (ta‘til  paytida),  mutaxassislar,  fan,  madaniyat  va  sport 

arboblari, tadbirkorlar; 

• tabiatiga ko‗ra - bevosita va bilvosita

• mehnat shartnomasi ko‗rinishiga ko‗ra - shaxsiy va jamoaviy

•  qabul  qiluvchi  mamlakatdagi  huquqiy  holatiga  ko‗ra  -assimilyatsion 

(keyinchalik fuqarolik berilishi) va noassimilyatsion. 

Xalqaro  statistika  ma‘lumotlariga  ko‗ra,  migrantlarning  asosiy  qismini 

ishlab chiqarish va qishloq xo‗jaligida band bo‗lgan kam malakali ishchilar tashqil 

etadi . 


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling