II Bob. Viloyatda tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va hozirgi holati
2.1. Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy tavsifi, tashqi iqtisodiy aloqalarning
o„rnatilishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati.
Viloyat respublika iqtisodiyotining neft va gaz sanoati hamda qishloq
xo‗jaligi sohasida yetakchi hududlardan bir hisoblanadi. Respublikada
yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning 7,3 foizi viloyat hissasiga to‗g‗ri keladi.
Viloyatda so‗nggi yillarda yalpi hududiy mahsulotning o‗sish sur‘atlari o‗rta
hisobda 6,6 foizni tashqil qilib, 2008-2014 yillarda 1,4 marotabaga ortdi.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmi qariyib 1,25 marotaba, iste‘mol tovarlari 1,8 marotaba, chakana savdo
aylanmasi 2,9 marotaba, pullik xizmatlar esa 2,8 marotabaga ortdi.
Viloyat mahalliy budjetining daromadlari 2014 yilda 2008 yilga nisbatan 3,8
martaga, 2013 yilga nisbatan 116 foizga o‗sdi. Xarajatlar 2014 yilda 2008 yilga
nisbatan 3,8 martaga, 2013 yilga nisbatan 116 foizga oshdi. Viloyatning
daromadlari o‗z xarajatlarini to‗liq qoplaydi.
Belgilangan daromadlar rejasini orttirib bajarilishi hisobiga, mahalliy
budjetda 2014 yilda 11,3 mlrd so‗m miqdorida qo‗shimcha daromad manbalari
shakllanib, ushbu mablag‗lar hududdagi muhim ijtimoiy tadbirlarni
moliyalashtirish uchun yo‗naltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |