Investitsiya sohasida viloyat iqtisodiyotiga 2008-2014 yillarda barcha
manbalar hisobidan 18,1 trln so‗mlik investitsiyalar jalb etilib, shundan 4,9 trln
so‗mi xorijiy investitsiyalar hisobidan yo‗naltirildi.
Shu davr mobaynida o‗zlashtirilgan kapital mablag‗lar hajmida
markazlashgan kapital mablag‗lar ulushi 25,7 foizni, markazlashmagan kapital
mablag‗larning ulushi 74,3 foizni tashqil etdi.
O‗tgan 7 yil mobaynida markazlashtirilmagan mablag‗lar hajmi keskin
ko‗payib, korxonalar va chet el investitsiyasi, ayniqsa aholi mablag‗lari hissasiga
to‗g‗ri kelmoqda. Korxonalar mablag‗i 56 foizni, to‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el
investitsiyasi 18 foizni tashqil qilib, aholi mablag‗i esa 23,5 foizini tashqil
qilmoqda. Ya‘ni ushbu yo‗nalishlarning mablag‗lari hajmi 2-3 martaga ko‗paydi.
2008-2014 yillarda o‗zlashtirilgan jami mablag‗larning 14,3 trln so‗mi yoki
79 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishga hamda ishlab
chiqarish korxonalarining quvvatini oshirishga sarflandi. Shuningdek, ushbu davr
ichida 3,6 trln so‗mlik to‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el investitsiyasi jalb etilib, yangi
ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishga yo‗naltirildi.
Natijada iqtisodiyot tarmoqlarida sezilarli tarkibiy o‗zgarishlar amalga
oshirilmoqda. O‗tgan 2014 yil yakunlari bo‗yicha yalpi hududiy mahsulotda
2.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |