Talab va taklif nisbati. Taklifning ehtiyojdan oshib ketishi mahsulot
yetkazib beruvchilar o'rtasidagi raqobatni kuchaytirib, mahsulot narxining
pasayishiga olib keladi. Narxning pasayishi esa, o'z navbatida, ehtiyojning
kengayishiga olib keladi va ehtiyoj taklifdan oshib keta boshlaydi. Shundan keyin
xaridorlar o'rtasida raqobat kuchayib, narxlar o'sa boshlaydi. Bu, o'z navbatida,
ehtiyojni ma'lum miqdorda qisqarishiga olib keladi. Taklif ehtiyojdan osha
boshlaydi. Bahoning quyi chegarasi samarali ishlab chiqarishlar tomonidan
mahsulot birligiga qilingan xarajat bilan belgilanadi; yuqori chegarasi samarali
faoliyat ko'rsatilgan ishlab chiqaruvchilarning mahsulot birligiga sarflangan
xarajatlari bilan belgilanadi. Mana shu bilan «tebranuvchanlik printsipi»
ifodalanadi.
Narxlarning tebranish miqdori o'zining tarmoq xususiyatlariga ega. Xom
ashyo tarmoqlarida narxlarning o'zgarish diapazoni qayta ishlash sanoatidagi
narxlarning o'zgarish diapazonidan ancha yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |