Qiymatning paydo ho'lishida qiymatning texnologik asosi: fan-texnika
taraqqiyotining (FTT)ning konstruktorlik tarmog'i - uzoq muddatga mo'ljallangan
tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'satish samaradorligini oshirishning asosi bo'lib,
mahsulot birligi uchun sarflanadigan resurslar sarfini kamaytirishni shart qilib
qo'yadi.
FTT konstruktorlik tarmog'i nomenklaturadagi mahsulotlarni ishlab
chiqarishni kengaytirishni va xillarini ko'paytirishni, funktsional xossalarini
yaxshilashni ta'minlaydi. Bu qoidaga ko'ra, ilmiy-tadqiqot ishlari va yechimlariga
sarflanayotgan xarajatlaridan o'sib boradi. Bu sifatliroq va qimmatroq resurslardan
foydalanish hisobiga bo'ladi.
Yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish bosqichida mahsulot birligiga
sarflanadigan xarajatlar oshadi, lekin ishlab chiqarish jadal (intensiv) rivojlana
boshlagandan keyin. yangilik orqasida tejamkorlikka erishilgandan keyin mahsulot
birligiga sarflanadigan xarajatlar keng miqyosda kamayadi. Mahsulot birligiga
sarflanadigan resurslar sarfi fizik me'yorining kamaytirilishi resurslar narxining
ko'tarilishiga olib keladi.
Inflyatsiya sharoitida mahsulot birligi uchun belgilangan xarajatlar va
mahsulot narxi jismoniy me'yor xarajat omillarini kamaytirish hisobiga ishlab
chiqarish omillari narxiga nisbatan sekin o'sadi. Boshqacha qilib aytganda, barcha
omillar ishga solingan ishlab chiqarish sur'ati qancha yuqori bo'lsa, ya'ni mahsulot
birligiga mehnat va kapital sarfi tez kamayib borsa, mahsulotga qo'yiladigan narx
shuncha sekinlik bilan o'sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |