„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/77
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#212578
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Bog'liq
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida

Proteksionizm siyosati ichki bozorda o‗z qishloq xo‗jaligini, sanoatini chet 

ellik  raqobatchilardan  himoya  qilishga  qaratilgan.  Proteksionizmga  xos 

hususiyatlar - bu yuqori bojxona tariflari va importning cheklanganligidir. 

Bojxona  tarifi  -  bu  bojlarning  turkumlangan  ro‗yhati  bo‗lib,  hukumat 

tomonidan  mamlakatga  olib  kiriladigan  va  olib  chiqib  ketiladigan  ba‘zi  bir 

tovarlarga nisbatan qo‗llanladi. 

Божхона  тарифлари  давлатнинг  товарлар  олиб  кирилиши  ва  олиб 

чиқилишини  енгиллаштириш  ѐки  қийинлаштириш  орқали  экспорт  ва 

импортга қай тариқа таъсир кўрсатилиши ҳақида тасаввур уйғотади. 

Bojxona  bojlari  -  bu  chegara  orqali  tovarlar,  mulk  va  boyliklarning  olib 

o‗tilganligi uchun davlat tomonidan undiriladigan soliqlardir

14

. Undirish obyektiga 



qarab  bojxona  bojlari  eksport,  import  va  tranzit  bojlariga  bo‗linadi.  Undirish 

usullariga  qarab  esa  advalor  (tovarlar  narxidan),  maxsus  (tovarning  og‗irligidan, 

hajmidan, sonidan) va aralash turlarga bo‗linadi. 

Bojlar  tovarlar  yetkazib  beriladigan  bozorda  tovar  narxini  oshiradi  va  shu 

orqali  uning  raqobatbardoshligin  kamaytiradi.  Agar  davlat  boshqa  davlatdan 

keltirilgan  tovarning  o‗z  tovarlari  bilan  raqobatlashishini  xoxlamasa  ularga 

nisbatan yuqori boj belgilanadi. 

Bunda  boj  ichki  bozorning  chet  el  tovarlar  importidan  ximoya  vazifasini 

bajaradi. 

Bojlar  shu  bilan  birga  foyda  olish  maqsadida  ham  o‗rnatilishi  mumkin. 

Fiskal  bojlar  davlat  budjetini  to‗ldirish  maqsadida  olinadi,  odatda,  uncha  yuqori 

bo‗lmaydi va mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarga nisbatan o‗rnatiladi. 

Dunyodagi  barcha  mamlakatlarda  boj  tariflari  mavjud.  Hozirgi  tariflar  Tovarlar 

tavsifi va kodlashtirilishining uyg‗unlashtirilgan tizimi bazasida bir xillashtirilgan, 

bu  esa  tariflardan  turli  tillarda  foydalanish  va  bir  xil  tovarlarga  doir  bojlar 

stavkalarini taqqoslashni yengillashtiradi. 

                                                 

14

  Hamedov  I.A.,  Alimov  A.M.  O‗zbekiston  Respublikasi  tashki  iktisodiy  faoliyati  asoslari.  T.:  O‗zbekiston 



yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot jamg‗armasi» nashriyoti, 2001, 298-bet. 

 



Boj  tarifida  bojlar  mamlakat  iqtisodiy  rivojlanishining  darajasi,  tovarga 

ishlov berish darajasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Mamlakatning iqtisodiy 

rivojlanish darajasi qanchalik past bo‗lsa, boj stavkalari shunchalik yuqori bo‗ladi, 

chunki ular yordamida yetarlicha rivojlanmagan tarmoqlar haddan tashqari kuchli 

chet 

el 


rakobatidan 

himoya 


qilinadi. 

Masalan, 

Avstriyada 

bojlar 


Shveytsariyadagidan deyarli uch baravar yuqori. Ayniqsa yuqori bojlar (50 foiz va 

undaya ortiq) rivojlanayotgan mamlakatlarda belgilanadi. 

Tovarlarga  ishlov  berish  darajasining  oshishi  bilan  boj  stavkalari 

ko‗paymokda. Eng yuqori bojlar odatda sermehnat tayyor buyumlarga belgilanadi, 

zero ushbu tovarlar bozoridagi kuchli chet el raqobati korxonalarning yopilishi va 

mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. 

Bojlar  deyarli  barcha  mamlakatlarda  yuqori,  o‗rta,  past  bojlarga  bo‗linadi, 

shuningdek  boj  to‗lamasdan  olib  kelish  mavjud.  O‘zbekiston  Respublikasida 

ko‗proq  eng  ko‗p  qulaylik  rejimidan  foydalanadigan  (hamkorlik  shartlarida) 

mamlakatlar uchun qo‗llaniladigan bojlarning o‗rta stavkalari tadbiq etilmokda. 




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling