„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Importni  hisobga  olgan  holda  eksport  hajmi  o„zgarishining  yalpi  milliy


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#212578
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida

Importni  hisobga  olgan  holda  eksport  hajmi  o„zgarishining  yalpi  milliy 

ishlab chiqarish hajmiga ta‟sirini quyidagicha ifodalash mumkin: 

X

MRM

MRS

YaIM



)



(

1

. 



Tashqi  savdo  multiplikatori  cheksiz  harakatda  bo‗lmaydi.  Import  tovarlarni 

iste‘mol qilishga so‗nggi qo‗shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo‗lganligi 

sababli  navbatdagi  qo‗shimcha  o‗sishlar  miqdori  muntazam  qisqarib, 

multiplikatsiya jarayoni sekin-asta so‗nib boradi.  



Xalqaro savdo bir qator o„ziga xos xususiyatlarga ega: 

1.  Iqtisodiy  resurslarning  harakatchanligi  mamlakatlar  o‗rtasida  mamlakat 

ichidagiga  qaraganda  ancha  past  bo‗ladi.  Masalan,  ishchilar  mamlakat  ichida 

viloyatdan  viloyatga,  hududdan  hududga  erkin  o‗tishi  mumkin.  Mamlakatlar 

o‗rtasidagi til va madaniy to‗siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi 

kuchining mamlakatlar o‗rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo‗yadi. Soliq 

qonunchiligidagi,  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  boshqa  tadbirlaridagi 

farqlar va boshqa qator muassasaviy to‗siqlar real kapitalning milliy chegara orqali 

migratsiyasini cheklaydi. 



2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‗rtasida 

xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug‗diradi. 

3.  Xalqaro  savdo  siyosiy  aralashuv  va  nazoratga  mahkum  bo‗lib,  bu  ichki 

savdoga nisbatan qo‗llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‗yicha sezilarli 

farqlanadi. 

Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli 

mamlakatlar  o‗rtasida  joylashuvi  hamda  jahon  ishlab  chiqarishi  tuzilmasiga 

bog‗liq.  Agar  bundan  bir  asr  muqaddam  xalqaro  savdoda  ustun  ravishda 

xomashyo,  materiallar,  oziq-ovqat  va  yengil  sanoat  mahsulotlari  ayirboshlangan 

bo‗lsa,  bugungi  kunga  kelib  sanoat  tovarlari,  ayniqsa  mashina  va  asbob-

uskunalarning  salmog‗i  sezilarli  darajada  o‗sdi.  Intellektual  tovarlar  va 

xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 

foiziga  qadar  yetdi.  Shuningdek,  xalqaro  savdoni  tashkil  etish  shakllari  ham 

takomillashib  bormoqda.  An‘anaviy  ko‗rinishdagi  tovar  birjalari,  auksionlar, 

savdo-sanoat  yarmarkalari, savdo ko‗rgazmalari bilan  bir qatorda  ikki tomonlama 

bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo‗llanmoqda: 

1)  barter  –  tovarlarni  to‗g‗ridan-to‗g‗ri,  pul  ishtirokisiz  bir-biriga 

ayirboshlash.  Barterda  pul  ishtirok  etmasada,  tovarlarning  qiymatini  bir-biriga 

taqqoslash uchun pulning qiymat o‗lchovi vazifasi orqali baholab olinadi; 

2)  eksport  qiluvchilar  tomonidan  yetkazib  berilgan  tovarlar  qiymatining  bir 

qismiga import tovarlarni xarid qilish;  

3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish; 

4)  import  qilingan  asbob-uskunalar  qism  va  detallarini  importga  sotuvchi 

mamlakat tomonidan butlab berish; 

5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko‗ra, texnologik asbob-

uskunalar  yetkazib  beruvchi  tomonlarning  biri  taqdim  etgan  kredit  (moliyaviy, 

tovar  ko‗rinishidagi)  bo‗yicha  to‗lovlar  ana  shu  asbob-uskunalarda  tayyorlangan 

tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi

6)  bir  mamlakatda  undirilgan  xomashyoni  boshqa  bir  mamlakat  ishlab 

chiqarish  quvvatlari  yordamida  qayta  ishlashda  ushbu  qayta  ishlash  va  tashib 

berish xizmatlarini qo‗shimcha xomashyo yetkazib berish orqali to‗lash; 

7)  kliring  operatsiyalari,  ya‘ni  o‗zaro  talab  va  majburiyatlarni  hisobga  olish 

orqali naqd pulsiz hisoblashuv. 

Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar 

barcha  hajmida  barter  bitimlari  4  foiz,  ikki  tomonlama  xarid  –  55  foiz, 

kompensatsion bitimlar – 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi. 

Tashqi  savdo  aylanmasinining  o‗zgarishiga  bir  vaqtning  o‗zida  bir  necha 

omillar  ta‘sir  qilgani  uchun  uni  tahlil  qilishda  juft  regressiya  tenglamasidan 

foydalanish  jarayonni  to‗liq  yoritish  imkonini  bermaydi.  Shuning  uchun  odatda 



tashqi  savdo  aylanmasini  prognozlashda  ko‗p  omilli  regressiya  tenglamasidan 

foydalansh tavsiya qilinadi. Ushbu tenglama natijaviy belgining bir necha omillar 

ta‘sirida  qanday  o‗zgarishini  ko‗rsatadi.  Odatda,  matematik  statistikada  natijaviy 

belgi  ―y‖,  omil  belgi  esa  x



(i=1,2,3…..,n)  ,  bilan  belgilanadi.  y  va  x  orasidagi 

bog‗lanish esa y=f(x

i

) funksiya orqali ifodalanadi. 

Tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini prognozini amalga oshirish uchun 

uning hajmiga ta‘sir etuvchi quyidagi omillarni olamiz: 

1. YHM, mlrd. so‗m (x



1

); 

2. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi, mlrd. so‗m (x



2

); 

3. Chakana savdo aylanmasi hajmi, mlrd. so‗m (x



3

); 

Omil  va  natijaviy  belgi  orasidagi  bog‗liqlikni  jadval  shaklida  ifodalaymiz. 

Ushbu  jadvalning  1-ustunida  vaqt  omili,  2-ustunida  natijaviy  belgi,  ya‘ni  tashqi 

savdo  aylanmasi  hajmi,  qolgan  ustunlarda  esa  omil  belgilarning  o‗zgarish 

dinamikalari aks ettiriladi. (2.3.1-jadval). 

 


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling