Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ijtimoiy vazifasiga ko‘ra


Download 0.49 Mb.
bet18/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

Ijtimoiy vazifasiga ko‘ra davlat bibliografiyasi, ilmiy (yordamchi) bibliografiya va tavsiya bibliografiya ajratiladi. Mazmuniga ko‘ra umumiy, sohaviy va mavzuli bibliografiyaga bo‘linadi. Bibliografiyaning alohida turlariga bibliografiya bibliografiyasi, shaxs bibliografiyasi va o‘lkashunoslik bibliografiyasi kiradi. Bu ham nisbiy bo‘linishdir. Nashr shakliga ko‘ra bibliografik qo‘llanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar ko‘rsatkichlari va adabiyotlar ro‘yxati kabilar farqlanadi. Turkistonda bibliografiya ishi 9-15-asrlardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan o‘z jamg‘armalarining bibliografiya ro‘yxati va ularni tasnif qilish ishlari olib borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Jumladan, Beruniy “Fih-rist kutub Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy” (“Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy kitoblarining ro‘yxati”) nomli asarida Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid bibliografiya tuzadi. Ko‘rsatkichda Roziyning 184 asarining ro‘yxatini berish bilan birga Beruniy o‘zining 1036 yilgacha yozgan 113 asari ro‘yxati ham keltiriladi. Bibliografiya qo‘llanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning “Ismlar lug‘ati va fanlar mazmuni” (12-asr); Xoja Xalifaning “Kitob va fan nomlaridagi shubhaning bartaraf etilishi” (18-asr) va boshqalar. Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin bibliografiya bilan rus olimlari (N.V.Dmitrovskiy, V.I.Mejov va boshqalar) shug‘ullangan. 20-asrning 20-30-yillaridan bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat byerila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926 yildan O‘zbekistan Respublikasi Kitob palatasi, 1930 yildan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi bibliografiya bo‘limining tashkil qilinishi o‘zbek milliy bibliografiyasining rivojlanishiga zamin yaratdi. O‘zbek tilida tuzilgan dastlabki ko‘rsatkich S.Dolimov va F.Ubaydullaevning “Mukammal ilmiy bibliografiya” (1934) asari bo‘lib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat bibliografiyasining asosiy markazidir. O‘zRda bibliografiya ishi bilan, shuningdek O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, O‘zbekistan FA asosiy kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shug‘ullanadi. Bibliografiya ishiga oid ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “Bibliografiya” kafedrasida olib boriladi.

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, bibliografik ro‘yxat: bibliografik kataloglar bilan ishlash va ilmiy adabiyotlar bayoni har bir talaba va izlanuvchi uchun muhim ahamiyatga ega jaaon hisoblanadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling