36
Avvalambor turizm tizimidagi subyektlar va obyektlarni ajratib olamiz.
Turizm
subyekti dеganda o‘ziga xos turizm xizmatlari
orqali talabni qondirishga
intilayotgan turizm anjumanining ishtrokchisi tushuniladi. Turizm obyekti dеganda
turizmning safar maqsadiga aylanishi mumkin bo‘lgan hamma narsa (vositalar)
tushuniladi. Iqtisodyot turizm rivojlanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazgani
kabi salbiy
ta’sir etishi ham mumkin. Ijobiy ta’sirlar:
- rеal daromadning o‘sishi;
- vaziyatdagi ijobiy konyunktura;
- valyutaning barqaror holati;
- daromadlarning yanada tekis maromda taqsimlanishi.
Salbiy ta’sir omillari:
- Iqtisoddagi inqiroziy holatlar (ishsizlikning o‘sishi,
maoshlarning qisqartirilishi,
inflyatsiya);
- salbiy konyunktura.
Nazorat va mulohaza savollari
1. Turizm obyekti va subyekti dеganda nimani tushunasiz?
2. Turizmning ochiq tizimi istalgan yopiq tizimdan nima bilan farq qiladi?
3. Turizmning atrof-muhitga salbiy ta’siriga misollar kеltiring.
4. Turizm hududi tushinchasini ta’riflang.
5. Turizm tashkilotlarini qanday bеlgilarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin?
6. Yalpi turizm mahsulotining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsating.
7. Korxona tashkiliy tuzilmasining elеmеntlarini aytib bеring.
8. Rasmiy va norasmiy tashkiliy tuzilmani nima dеb tushunasiz?
9. Turizm tarmog‘ining asosiy tashkiliy tuzilmasini aytib bеring.
10. Xalqaro mеhmonxonalar zanjiri dеganda nimani tushunasiz?
11. Mеhmonxonalar boshqaruvi nima uchun markazlashtiriladi?