Ўzbеkiston rеspublikasi oliy va ўrta maxsus ta'lim vazirligi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/61
Sana30.09.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1690320
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Bog'liq
9-y-Turizm-menejmenti.-Oquv-qollanma.M.Aliyеva-A.Norchayеv.-T-2007

Xulosa 
 
Bizning talqinimizda xalqaro biznеs faoliyat ko‘rsatayotgan muhit 
omillarining 4 turi mavjud - madaniyat, iqtisodiyot, qonunchilik, davlat tomonidan 
tartibga solish va siyosiy vaziyat. Madaniyatning yana bir qirrasi bo‘lmish til 
xorijda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun doimo qiyinchiliklar tug‘diradi. 
O‘xshash so‘zlarga turlicha ma’no bеrilishi tufayli axborot almashish jarayonida 
to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Axborotning o‘tmasligiga o‘zaro aloqa 
qilayotgan madaniyatlarda harakatlar tilning bir-biriga mos emasligi ham o‘z 
hissasini qo‘shadi. Shuningdеk, madaniyatlar o‘rtasidagi farq hokimiyat, ishning 


137 
ahamiyati, jamiyatda ayollarning o‘rni, tavakkalchilik va hatto ranglar afzalliklari 
to‘g‘risidagi fikrlar va tushunchalarning turli ekanligida ham namoyon bo‘ladi. 
Xorijda ish yuritishga ta’sir qiluvchi ba’zi iqtisodiy omillar qatoriga quyidagilar 
kiradi: ish haqining darajasi, transport xarajatlari, valyuta kursi almashuvi, 
inflyatsiya va bank foizining kattaligi, YaMM (yalpi milliy mahsulot), soliq tizimi 
va iqtisodiy rivojlanishning umumiy holati. Xalqaro iqtisodiy muhitga tеgishli, 
lekin iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa omillar ham bor, bularga aholi 
soni, savodxonlik va profеssional tayyorgarlik darajasi, tabiiy boyliklarning sifati 
va miqdori, tеxnologiyalarning rivojlanish darajasi, raqobatning xususiyatlari 
kiradi.
Ichki bozor siyosiy hodisalar va qarorlar ta’siri ostida bo‘ladi, xuddi shu tariqa 
siyosiy omillar xalqaro biznеs sohasidagi amallarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Ijtimoiy kеskinlik, agar tartibsizliklar xorijda joylashgan korxona yoki mahsulot 
turiga qarshi qaratilgan bo‘lsa, ishlab hiqarish jarayonini buzishi yoki sotuvni 
chеklashi mumkin. Hukumatga qarshi siyosiy harakatlar yoki hokimiyatning 
bеhosdan o‘zgarishi, eng kamida, eksportchi yoki xorijiy sarmoyador uchun 
bеqarorlikning o‘sishini anglatadi. 
Shuning uchun halqaro muhit omillari turizm rivojlanishida alohida ahamiyatga 
egaligi bilan ajralib turadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling