‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
chashmasi, yorqin daraklar
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi sao
chashmasi, yorqin daraklar kabi obrazli ifodalar bilan ta'sirchanligi
oshirilsa, ilmiy stilda besh ming yil, poyasining uzunligi 30—40 sm, bug^doyning 9 xili kabi dalillar bilan quruq m a'lum ot beriladi. Til materialmi qamrab olish imkoniyatiga ko‘ra badiiy adabiyot adabiy til doirasidan chiqib ketadi. Va umumxalq tili boyligining deyarli barcha ko‘rinishlarini qamrab oladi. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmldar, vulgarizmlar(dag‘al so‘zlar), eskirgan so‘zlar kabi oddiy so'zlashuv vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Lekin ular badiiy stilda o ‘mi bilan ishlatiladi. Yozuvchi Oybek «Navoiy» romanida qargish, haqorat so‘zlaridan foydalanib, asar qahramonlarining o‘ziga xos qiyofasini yaratgan. Masalan, Qoch, kelma yonimga, baloga yo'luqqur!... Amaldor toifasiga o ‘zing qirg‘in yubor, tangrim. Ha, qaydasen, choHoq qarg‘a! Kalitni ber. Badiiy stilning grammatik xususiyatlari T ilning gram m atik sh ak llarid an foydalanish h am badiiy adabiyotning jan r turlariga bog‘liq. Sheriyatda narsalar nom ini yasaydigan afTikslaming odamga nisbatan ishlatilgan holatini ko‘rish mumkin. Masalan, shoir Muqimiy asarlaridan olingan quyidagi parchaga e'tibor beraylik: Do'monchaga ketdim o ‘tib, Yoqamni har soat tutib, Yotdim ul oqshom g ‘am yutib, Dashti qaroqchizor ekan. Muqimiy qaroqchi so‘ziga jonsiz narsalar nomiga qo‘shiladigan -zor affiksini qo'shib, yangi so‘z yasagan. Bu bilan bir tomondan, ko‘plik, m o‘llik m a'nosi ifodalansa, ikkinchi tom ondan, kinoya anglatiladi, ya’ni qaroqchilarni jonsiz narsalar qatoriga kiritib, achchiq kinoya qiladi. Gap bo‘laklarining odatdagi o ‘m i ahnashtirib berilishi nasrga nisbatan ko‘proq shc’riyatda uchraydi. Bunda ijodkor m a'lum so‘zlami ta'kidlash, ulaming ta'sirchanligini osltirish maqsadida va slre'riyat talabi bilan so‘zlarning o ‘m ini almaslitiradi. 35 www.ziyouz.com kutubxonasi Yozuvclii Oybek nazaridan dabdabali ifodalar, mubolag'a ham qoclwb qutulmagan. M asalan: Dorug ‘ayi kabutarxonai humoyun (podsho kabutarxonasining boshlig'i), dorug‘ayi kutubxonaixi humoyun, sizning ma'rifat daryongizdan bahramand bo'lmoq qadar ulug' saodatni tascvvur etmoq imkonsizdir, saltanat tojini quyosh yanglig' samovat doirasida biling, fartnoni humoyun bilan bizni sarafroz qilsangiz saltanatimizning siz kabi nodir shaxsini amirlik rutbai oliysi bilan sarafroz qilmaguncha ko ‘nglimiz qaror topmas kabi dabdabali, jargon ifodalaming qo ‘llanishi asaming estetik qimmatini oshiradi. S h u n d a y q ilib , b a d iiy stiln in g o ‘ziga xos to m o n la rin i ko‘rsatadigan bunday misollami ko'plab keltirish mumkin. Badiiy stilning o ‘ziga xos jihatlaridan yana biri shuki, bunda undov, so'roq, buyruq gaplar keng ishlatiladi. Badiiy nutq lingvistik birliklar vositasida estetik m a’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Badiiy adabiyotning ko‘rinisliiari ham xilma-xil: she’riyat, nasr, drama kabilaming har biri o'ziga xos xususiyatga ega. She’riy nutqqa xos b o ‘lgan stilistik xususiyat dramada bo ‘lmasligi m um kin yoki aksincha. Shuning uchun badiiy stilni o ‘rganish ko‘lami keng, bu stil b o ‘yicha ko‘p ilmiy ishlar yaratilgan. (U lar bilan tanishib xulosalar chiqariladi.) Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling