‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
www.ziyouz.com kutubxonasi Badiiy stilning fonetik xususiyatlari
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi sao
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy stilning leksik xususiyatlari
32
www.ziyouz.com kutubxonasi Badiiy stilning fonetik xususiyatlari Badiiy stilda ijodkor erkin faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun u xohlasa, so'zlashuv stilidan, xohlasa, boshqa stillardan foydalanadi. M a’lumki, so‘zlashuv stilida fonetik xususiyatlar talaygina. Yozuvchi yoki shoir asar qahramonlarining faoliyatini ulaming nutqi orqali ifodalaydi. Shuning uchun badiiy nutqda dialog, monolog bayonini qamrab oluvchi so‘zlashuv nutqi keng ishlatiladi. Shunga ko‘ra, so‘zlashuv stilida ucliraydigan barcha fonetik xususiyatlar bu stilga ham xosdir. Ayniqsa, asar qahram onlarining qaysi sheva vakili ekanligini ko‘rsatuvchi tovushlar talafiuzi bu stilda aniq ko‘rinadi. Badiiy stilning leksik xususiyatlari Yozuvchi yoki shoir tilning yashirin imkoniyatlaridan keng foydalanib, badiiy nutqda yangi so‘z va yangi iboralami yaratadi. Masalan, A.Qahhoming sinchalak, guldasta so‘zlarini yangi m a’noda ishlatishi, G ‘.G ‘ulomning qopqa, sho'xshanlashmoq, qoralmasin so'zlarini yaratishi bunga misol b o ‘ladi: Siz ko‘kning qopqasin qoqqan soatda, Quyosh ko‘z uqalab uyg‘onar edi. yoki: She’r shunday sho‘xshanlansin, bo ‘lolmasin o‘xshashi, Fikr kunday ravshanlansin, qoralmasin quyoshi. («Baxt tongotari» she’ridan.) M aqsud Shayxzodaning, nuriston, quyoshiston, nurobod, Toshkentnoma kabi so 'zlam i yaratislii, m ohir so‘z yaratuvchi Oybekning miljinglamoq, jabrkor, jivillamoq, gavharshunos, korsiz, sohibtadbir, darddosh, ozlimasin, lashkargoh kabi so'zlari ham asaming badiiy-estetik qiymatini ta'm inlovchi muhim vosita bo ‘lib xizmat qiladi. B unday so 'z la rn i cheksiz keltirish m um kin. Ijodkorning imkoniyati bilan birga imkonsizligi ham bor. Ijodkor bu nutq stihda adabiy til doirasidan chiqib keta olmaydi (ayniqsa, so‘z yasalishi va so‘z qo'llash sohasida). Bu nutqda sinonim, omonim, antonim, ko‘p m a’nolilik kabi 33 www.ziyouz.com kutubxonasi leksikaning barcha qatlam laridan keng foydaianiladi. Bulaming hammasi ijodkoming poetik fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Badiiy stil ta’sirchanligi jihatidan publitsistik nutqqa yaqin tursa, turli jonli so‘zlashuv vositalaridan foydalanish jihatidan so'zlashuv stiliga o ‘xshab ketadi. Badiiy adabiyot tilini vazifadosh stillardan tashqari qarovcliilar so‘zning estetik vazifasini birinchi o‘ringa chiqarishadi. So‘zning eng m uhim va asosiy vazifasi kom m unikatsiya — aloqani amalga oshirishdir. Bu xususiyatni ular ikkinchi o'ringa tushirishadi. V aholanki, h ar qanday tilning, h ar qanday so‘zning birinchi vazifasi — aloqa vositasi bo'lishidir. So‘z aloqa vazifasini bajaigandan keyingina, estetik vazifani amalga oshirishi mumkin. Bunda ular badiiy adabiyotning san’at turi sifatida qaralishini asos qilib olishadi. San’at turi b o ‘lganda ham estetik zavq so‘z orqali ifodalanadi. So‘zning kommunikativ vazifasi esa hamisha birinchi o‘rinda bo ‘lishi kerak. Badiiy stilning b osh m uam m osi til va obraz m unosabati masalasidir. H ar bir vazifadosh stil ijtimoiy hayotning qaysidir tom onini aks ettirsa, badiiy stil hayotning ham m a tom onini aks ettiruvchi barcha nutq stillarini qamrab oladi. V.G.Belinskiy badiiy stilni ilmiy stil bilan qiyoslab shunday deydi: «Filosof siUogizmlar, shoir esa obraz va tasvirlar bilan gapiradi. Ikkalasi ham ishontiradi. Lekin birinchisi — mantiqiy dalillarbilan, ikkinchisi — tasvirlar bilan iqror qiladi». Bir xabaming badiiy va ilmiy stilda ifodalanishini ko‘raylik: Badiiy sLilda: Kaftlaringda to ‘q bug‘doyning kumushday doni Yoki mehring chashmasida ungan kurtaklar. Bu minglaming nasibasi, elu yurt noni. Bu to 'qchilik, to ‘kinlikdan yorqin daraklar. Ilmiy stilda: B u g ‘doy doni 0 ‘rta Osiyoda besh ming yildan beri ekib kelinmoqda. Poyasining uzunligi 30—40sm keladigan bug‘doyning 9 xili bizning o ‘Ikamizda ekiladi. O ‘zbek pazandachiligida texnologiya jarayoni mukammallashib, nonning xillari benihoya k o ‘paydi. Bu to ‘kinchilik, ma 'murlikdan darak beradi. 34 www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling