Ўзбекистон республикаси o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana21.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1791030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
hozirgi ozbek tili-4 (1)

Tayanch tushunchalar 
 
Predikat, predikativlik, gapning modal aspekti, modallik, mantiqiy modallik, grammatik 
modallikto’ldiruvchi, yoyiq gap, hol, murakkab nom, deskripsiya. 
 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Predikativlik deb numaga aytiladi? 
2. Mantiqiy modallik deb nimaga aytiladi? 


3. Predikativlikning asosiy belgilari qaysilar? 
4. Grammatik modallik tushunchasini izohlang. 
5. Holli yoyiq gaplarni tushuntiring. 
6. To’ldiruvchili yoyiq gaplarni tushuntiring. 
7. Deskripsiyani tushuntiring. 
4-Mavzu: Gapning kommunikativ aspekti
 
R e j a: 
1. Gapning kommunikativ aspekti. 
2. Aktual bo’linishning gap semantikasidagi o’rni. 
3. Aktuallashish. 
4. Aktuallashtiruvchi vositalar . 
5. Jumla paradigmatikasi va sintagmatikasining aktual bo’linish bilan munosabati. 
Gapning kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ham o‘z 
ichiga oladi. Gapning kommunikativ maqsadiga qo‘ra nutqiy aloqa turiga asoslanadi. So‘zlovchi 
o‘zining maqsadiga muvofiq keladigan gap shakllarini tanlaydi. Shunga ko‘ra, gaplar quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 1) darak gaplar, 2) so‘roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplar.
Har qanday gapning uyushtiruvchi markazi kesim bo‘lganligidan gapning ifoda maqsaliga ko‘ra 
modellar ham kesim asosida ajratiladi. 
Gapningifoda maqsadiga ko‘ra modellar tizimi kategoriyani hosil qiladi. 
Invariant ma’no va invariant shakl asosidagi bu to‘rt xil gap uch belgi asosida bir-biridan 
farq qiladi: a) I shaxs axboroti, II shaxsni harakatga qo‘zg‘ash, III modallik. 
So‘roq gap axborot bildirmaydi, lekin axborot ifodalash bilan aloqadorlik so‘roq gapni 
darak va istak gaplar bilan yaqinlashtiradi. 
Darak va so‘roq gaplar modeli modallik ifodalashga befarq bo‘lsa, buyruq va istak gaplar 
modallik bilan bog‘langan. Buyruq gapning kesimi buyruq maylidagi fe’llardan, istak gapning 
kesimi esa istak maylidagi fe’llardan ifodalanadi. 
Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so‘zlovchi va tinglovchi 
bir xil tushunadi. So‘zlovchining so‘zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab. Gapning 
tuzilishi ham shunga mos shaklda bo‘ladi. Masalan, so‘rashni bildiradigan gaplarning tarkibida 
kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu – so‘roq gapning shunga moslangan 
tipik shakllaridan biri. Demak. gap qurilishining so‘zlovchi tomonidan ko‘zda tutilgan maqsadga 
(darak, so‘roq, buyruq mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor. Lekin, 
birinchidan, bir turning tipik shakli nutqda boshqa tur uchun qo‘llanishi ham mumkin (masalan, 
so‘roq gapning muayyan o‘rinlarda darak yoki buyruq mazmunini berish uchun qo‘llanishi), 
ikkinchidan, gap nutq ichida, situatsiyaga qarab turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, Kim
gapirdi? gapi ishlatilish o‘rniga, intonatsiyaga qarab, “Gapirgan odam kim?” mazmuniga ham, 
“Hech kim gapirgani yo‘q-ku” mazmunida ham qo‘llana oladi. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadi: gap shakliy - grammatika intonatsion 
jihatlaridan ham, mundarija jihatidan ham tugallikka ega. Ammo uning fikriy tugalligi nisbiydir. 
Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo‘lish 
orqali yana ham oydinlashadi. 
Har bir gapda ma’lum ob’ektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar – sintaktik shakllar 
vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik tuzilishi 
hisoblanadi. 
Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan quyidagicha bo‘linishi 
mumkin: 1) sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar; 2) sintaktik aloqaga kirishmaydigan 
sintaktik shakllar. 


Bularning birinchi guruhi an’anaviy gap bo‘laklari hisoblanadi. Gap bo‘laklari o‘z shakliy, 
mazmuniy tuzilishiga ega bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munosabat mavjud. Ana shu munosabat 
negizida gap bo‘laklarining darajalanishi namoyon bo‘ladi. 
Tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap 
bo‘lagi sanaladi. Gap bo‘lagi gapning boshqa bo‘laklari bilan o‘zaro grammatik bog‘langan, 
uzviy munosabatga kirishgan organiq qismdir. Gap bo‘lagi bilan gap orasidagi munosabat qism 
bilan butun orasidagi munosabatdek bo‘lib, dialektik xarakterga ega. 
Har qanday gap bo‘lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik 
vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat. Morfologik shakl sintaktik 
shaklning vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi. Morfologik shakl moddiy asos bo‘lsa, sintaksis 
shakl uning vazifasidir. Morfologik shakl ma’lum bir sintaktik shaklning ichki tomonini 
ko‘rsatadi. Sintaktik shakl birlashtiruvchilik, morfologik shakl esa farqlovchilik xususiyatga 
ega. Ya’ni ma’lum sintaktik shakl bir necha morfologik shakllarni birlashtirish asosida 
maydonga keladi. 
Gap bo‘lagi mazmuniy jihatdan ham bir necha unsurlardan tashkil topgan butunlikdir: u, 
bir tomondan, borliqdagi narsa va hodisalar, harakat-holatlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni 
aks ettiradi, ikkinchi tomondan, gap tarkibida ishtirok etib, boshqa ma’noga munosabatda 
bo‘ladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling