Maks Veberning tushunuvchan sotsiologiyasi nuqtai nazaridan olib qaraganda, sotsiologiya bu o‘zi tushunishga va ta'riflashga harakat qilayotgan ijtimoiy axloq (sotsial harakat) haqidagi fandir. Uning fikricha, ijtimoiy axloq odamlarning munosabatlari, boshqacha qilib aytganda, qandaydir bir ishni amalga oshirish yoki undan o‘zini tiyishga qaratilgan ichki yoki tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan holat. Bu munosabat sub'ekt uni ma'lum bir mohiyat bilan bog‘lagandagina sotsial harakatga aylanadi. Inson harakati unga sub'ekt berayotgan ma'no boshqa individlarning o‘zini tutishi bilan aloqaga kirishgandagina ijtimoiylik kasb etadi. - Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo’libgina qolmay, balki maxsus sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o’rganmaydigan o’z ob’еktiga ega. Uning o’ziga xos sohasi sotsial rеallik bo’lib, u inson вa jamiyat munosabatining ijtimoiy-madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar вa ularning o’zaro tashkil etilish usullari sotsiologiyaning ob’еkti bo’ladi. Insonlar o’zaro aloqalarga, hamkorlik munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etish imkoniyatlariga ega bo’ladilar
- Sotsiologiyaning
- predmeti
- Sotsiologiya – insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o’rni, ular o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadigan fandir.
- Sotsiologiya – ayni vaqtda jamiyat va shaхsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o’rganadigan fan hamdir.
- Sotsiologiya – jamiyat tuzilishi, uning elеmеntlari va ularning yashash sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo’layotgan ijtimoiy jarayonlarni o’rganadigan fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |