Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси: устувор вазифалар, режа ва лойиҳалар


Download 1.07 Mb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1576252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu

Sotsiologiya – jamiyat tuzilishi, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini hamda shu tuzumda sodir bo’layotgan ijtimoiy jarayonlarni o’rganadigan fan.
  • Sotsiologiyaning turli ta’riflanishi
  • Sotsiologiyainsonlarning sotsial jamoalar вa sotsial jarayonlarda tutgan o’rni, ular o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadigan fan.
  • Sotsiologiya – jamiyat va shaхsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy hayotdagi faoliyati, ijtimoiy mazmunini o’rganadigan fan.
  • Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga ko’nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko’maklashadigan, shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psixologik va ma’naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam bеradigan fan.
  • Sotsiologiya XIX asrda vujudga kelgan fan deb hisoblansada, qadimgi yunon, Rim va Sharq olimlarining asarlaridagi ijtimoiy qarashlarni sotsiologiyaning shakllanishidagi muhim manbalar sifatida baholash mumkin. Shuning uchun mazkur fanning kelib chiqish tarixini o‘rganish barobarida tarixiy rivojlanish natijasida turli davr va mintaqaga oid bo‘lgan olimlarning qoldirgan fikr va g‘oyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Qadimgi Xitoyda adolatli jamiyat borasidagi dastlabki izlanishlar mutafakkir Konfutsiy (Kun-szi, m.a. 551-479) tomonidan amalga oshirilgan. Olim yashagan davrda jamiyatda inqiroz davri yuzaga kelgan edi. O‘zaro feodal urushlar, hokimiyat uchun kurashlar jamiyatda ilgari hukm surgan ahloqiy va ma'naviy qadriyatlarni yemirayotgan edi. Shuning uchun Konfutsiy insoniy qadriyatlar me'yorlarini qayta tiklash yo‘llarini aniqlash maqsadida tarixni o‘rgana boshlagan.
  • Jamiyatdagi inqirozga barham berish uchun olim: “hukmdor hukmdor bo‘lishi, fuqaro-fuqaro, ota-ota, o‘g‘il esa o‘g‘il bo‘lib qolishi lozim”, degan shiorni ilgari surgan.
  • Konfutsiy jamiyatdagi barqaror munosabatlarning asosiy negizi ma'naviy va ahloqiy yuksaklik, deb bilgan. U shunday yozadi: “Agar jamiyat qonunlar vositasida boshqarilsa, tartib jazo belgilash vositasida ta'minlansa, odamlar jazodan o‘zlarini olib qochishga intiladilar. Chunki ular or-nomusni o‘zlarida his qilmaydilar; Agar ma'naviy – ahloqiy vositalar yordamida boshqarilsa, tartib qadriyatlar orqali ta'minlansa, odamlar or-nomus nimaligini his qiladilar, xalol va sofdil bo‘lishga intiladilar.
  • Jamiyatning kelib chiqishi, rivojlanishi va ijtimoiy hayot qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan ilk izlanishlar miloddan avvalgi IV asrda yunon faylasuflari tomonidan ham olib borilgan.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling