Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси: устувор вазифалар, режа ва лойиҳалар


pozitivizm yo‘nalishi rivojlandi. Mashhur rus-amerika sotsiologi P.A.Sorokin “Barcha uchun sotsiologiya”


Download 1.07 Mb.
bet8/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1576252
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1-mavzu

pozitivizm yo‘nalishi rivojlandi.
  • Mashhur rus-amerika sotsiologi P.A.Sorokin “Barcha uchun sotsiologiya” (1920y) nomli darsligida shunday yozgan: “Rasmiy jihatdan sotsiologiyaning qaror topishi O.Kontning nomi bilan bog‘liq. U ilk bora mazkur fanning nomini ilmiy tilga kiritigan va fanlar tizimidagi o‘rnini belgilab bergan. Ammo mazkur fannning elementlari va mahsus savollari O.Kontgacha ham Qadim Sharq va yunon, olimlari, Qadim Rim huquqi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ulardan Platon, Aristotel, Tita Lukretsiya Kar, Foma Akvinat, arab olimi Ibn-Xaldun, shuningdek, Makiavelli, Gvichiardini, Bodena va Viko, Monteske va Tyurgo, Russo va Kondorse, Maltus va Ad.Smit, Gerder va Sen-Simonlarni alohida ko‘rsatish lozim». A.Sorokinning fikricha, Kontdan so‘ng sotsiologiyaga ulkan hissa qo‘shgan olim bu G.Spenser, Dj.S.Mill, G.T.Bokl va bqa.
  • Yuqorida keltirilgan va aksariyat olimlarning xulosalari natijasida sotsiologiyaning asoschisi sifatida O.Kontni ko‘rsatishimiz mumkin. Aynan u mazkur fanga sotsiologiya nomini bergan va pozitivizm maktabiga asos solgan. O.Kontning o‘zi “Pozitiv falsafa kursi”ning to‘rtinchi tomida sotsiologiyaning qaror topishida ko‘plab olimlarning hissasi borligini ta'kidlab o‘tgan. U jamiyatni sotsiologik jihatdan o‘rganishni Aristotelning asarlarida ko‘rgan va uning sotsiologik qarashlarini o‘rgangan. O‘zining sotsiologik fikrlari shakllanishida F.Bekon, J.B.Bossyue, A.Smit, A.F.Tyurgo, Sh.L.Monteske, J.A.Kondorse kabi olimlarning hissasini ta'kidlagan.
  • O.Kontning fikricha, sotsiologiya sotsial statika va sotsial dinamikadan tashkil topgan. Sotsial statika deganda olim sotsial institutlarning o‘zaro ta'sirini tushungan. Uning fikricha, jamiyat tirik organizmga o‘xshab, undagi barcha qismlar uyg‘un ravishda bir-biriga muvofiq. Shuning uchun davlat va siyosatni jamiyatdan ajratgan holda o‘rganib bo‘lmaydi. Sotsial statika ma'lum va aniq davrda jamiyat yoki sotsial institut, sotsial tashkilot tuzilishining anatomik tahlilini amalga oshiradi.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling