Ўзбекистон республикаси президентининг озарбайжон республикасига давлат ташрифига доир


QORA DENGIZDA UKRAINANING RAZVEDKA KEMASI YO‘Q QILINDI


Download 4.56 Mb.
bet4/4
Sana25.08.2023
Hajmi4.56 Mb.
#1670230
1   2   3   4
Bog'liq
янгиликлар

QORA DENGIZDA UKRAINANING RAZVEDKA KEMASI YO‘Q QILINDI






Qora dengiz flotining Su-30SM qiruvchisi Ukraina Qurolli kuchlarining razvedka katerini yo‘q qildi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiyaning Su-30SM qiruvchisi Ukraina Qurolli kuchlarining katerini Qora dengizdagi gaz ishlab chiqarish obyektlari yaqinida yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Qora dengiz flotining Su-30SM qiruvchisi Rossiyaning Qora dengizdagi gaz ishlab chiqarish obyektlari yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining razvedka katerini yo‘q qildi.
"Bugun tunda Qora dengiz flotining Su-30SM harbiy-dengiz aviatsiyasi ekipaji Qora dengizdagi Rossiya gaz ishlab chiqarish obyektlari hududida Ukraina qurolli kuchlarining razvedka kemasini yo‘q qildi", deyiladi xabarda.
O‘tgan hafta Qora dengiz flotining "Pitliviy" va "Vasiliy Bikov" kemalari Sevastopoldan 237 kilometr janubi-g‘arbda ularga hujum qilishga uringan Ukrainaning uchuvchisiz qayig‘ini topib, yo‘q qildi.
Ukraina Qurolli kuchlari vaqti-vaqti bilan Qrimdagi obyektlarga dengiz dronlari, jumladan Qrim ko‘prigiga hujum qilishga urinib ko‘rmoqda. Rossiya bo‘linmalari dronlarning ko‘p qismini yo‘q qildi.



UKRAINA ROSSIYANING MUDOFAA CHIZIG‘INI YORIB O‘TOLMAGANI UCHUN QARSHI HUJUM TO‘XTAB QOLDI — OAV






Asia Times: Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning kuchli mudofaa chizig‘ini buzib o‘tishga qodir emas.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning yaxshi tayyorlangan mudofaa chizig‘ini yorib o‘tolmagani uchun qarshi hujum to‘xtab qoldi. Bu haqda Asia Times nashri shahrlovchisi Daniel Uilyams ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina Qurolli Kuchlari muvaffaqiyati yo‘qligining asosiy sababi rus qo‘shinlari tomonidan sharq va janubdagi front qo‘ygan kuchli va keng mina maydonlari edi”, dedi u.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar oktabr oyi oxirida qish boshlanishidan oldin muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritishni xohlashdi, biroq Rossiya qo‘mondonligining taktikasi tufayli bu endi imkonsizdek ko‘rinadi.
Oldingi safdagi askarlar hujumni daraxtdan daraxtga o‘tish sifatida tasvirlaydi, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, u Ukraina qo‘shinlarining taktik kamchiliklari murakkab hujumlarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashini ham qo‘shimcha qildi. Natijada Ukraina endi qarshi hujumda muvaffaqiyatga erisha olmaydi, deya xulosa qildi u.
Download 4.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling