Ўзбекистон Республикаси Президентининг


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI


Download 3.76 Mb.
bet4/5
Sana13.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1676417
1   2   3   4   5
Bog'liq
Коррупция 419-860

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI

MAXSUS QISM

167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish

Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

  • a) ko‘p miqdorda;
  • b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
  • v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  • g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
  • bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

  • a) juda ko‘p miqdorda;
  • b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
  • v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
  • g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
  • bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

  • Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

210-modda. Pora olish

  • 210-modda. Pora olish
  • Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —
  • bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

  • Download 3.76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling