Zbekiston respublikasi pul tizimi va uning elementlari


Pulning metallik nazariyasi


Download 330.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana31.03.2023
Hajmi330.25 Kb.
#1312794
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI

Pulning metallik nazariyasi 
ulning metallik nazariyasi XVI – XVII asrlarda dastlab 
kapitalning boylik sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning 



shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Moneta tarkibini 
buzish (monetaning og‘irlik miqdorini kamaytirish) ga qarshi kurashda 
progressiv (ijobiy) rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va 
vujudga kelayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar 
baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib chiqdilar.Bu nazariya o‘sha davr 
kapitalizmining eng rivojlangan Angliya davlatida maydonga keldi. 
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy 
taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining 
jamg‘arishga bo‘lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini 
o‘rganishlariga sabab bo‘ldi. Ular bu manbani savdodan izladilar. 
Ularning e’tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va 
kumushning kelishini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini 
qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma 
funksiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar. 
Ma’lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida 
aniqlanadi, metall tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, 
ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul 
nazariyasini qo‘llab – quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari 
qog‘oz pul nazariyasini inkor etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari 
ushbu ta’limotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallarni, ya’ni 
kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar. Ularning ta’limotida 
kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo‘lib, 
ular o‘z qiymatlarini yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin 
pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, 


iqtisodiyotda inflyasiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya 
ta’kidlaydilar. 
Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi 
pulning ko‘payishi bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat 
oltin va kumushdan yaratilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki, 
metallistlar nazariyasiga ko‘ra: pulning moxiyati ijtimoiy zaruriy 
mehnatning rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va kumushning 
tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, ya’ni qanchalik ushbu metallar 
sifatli bo‘lsa pulning qadri shuncha yuqori bo‘ladi.
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida 
taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘irlik miqdorini 
kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar 
o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, 
merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib chiqdilar. Bu 
nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada 
maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford 
(1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda 
chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining 
qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men 
(1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), Fransiyada bu ta’limotni A. 
Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728-1787y.) va 
boshqalar rivojlantirdi. 


Xulosa 
Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda 
uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari 
keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga 
ajratish mumkin
2
.
Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy 
e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada 
juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. 
Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini 
beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga 
e’tibor qaratiladi.
 Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy 
kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, 
mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati 
shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning pul 
nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi 
haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir 
– biridan farq 
2
Деньги. Кредит. Банки: учеб, – 2 изд., перераб. и доп. / под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 
Велби, Изд – во Проспект, 2008. –С. 224. 

Download 330.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling