Zbekiston respublikasi pul tizimi va uning elementlari


PULNING METALLILIK NAZARIYASI


Download 330.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana31.03.2023
Hajmi330.25 Kb.
#1312794
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI

 
PULNING METALLILIK NAZARIYASI 
 
Reja 
1. Pulning metallik nazariyasini tushuntiring 
2. Pulning metallilik nazariyasi g’oyalari 
3. Pulning mohiyati


1. Pulning metallik nazariyasini tushuntiring 
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi
Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi.
Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, 
P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; 
Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi. 
Pulning metallilik nazariyasi merkantalizm g`oyalariga
asoslanadi. 
Merkantalizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab
hisoblanadi. 
 Merkantalistlar 2 yirik guruhga bo`linadi: 
1. Ilk merkantalistlar. 2. So`nggi merkantalistlar. 
Ilk merkantalistlar - aktiv pul balansi degan g`oyani ilgari
suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga
ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va
kumush zaxiralari bilan belgilanadi. 
Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim
mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib
ketish miqdoridan katta bo`lishi tushiniladi. 
T.Men birinchi bo`lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi.
Ushbu yangilik quyidagilardan iborat: 
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda
tovarlarni import qilish mumkin. 


Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va
kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun
ishlatish mumkin. 
I-Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta 
standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini 
himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga 
asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar.
1. Oltin tanga standarti  
2. Oltin quyma standarti  
3. Oltin deviz standarti  
1929-1933 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda 
oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida 
olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki
birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el 
emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu 
standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab 
qolgan edi, xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin 
pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko‘rinishlari o‘z 
kuchini yo‘qotdi.Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari
bo`lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik
iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchisi.
Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim
G.Knapp. 1905- yilda Knappning ‘’Pulning davlat nazariyasi’’ nomli
kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda


paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning Tovar
xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol
qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgn nominali bilan
belgilanadi 
Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan
quidagi xulosaga keldi. 
- Pulni davlat yaratadi; 
- Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi
funksiyasidir; 
- Davlat pulga xarid qobilyatini beradi; 
- Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari
bilan belgilanadi; 
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori u aytadiki qog`oz
pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning
buyuk g`alabasidir. 

Download 330.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling