Zbekiston respublikasi pul tizimi va uning elementlari
PULNING METALLILIK NAZARIYASI
Download 330.25 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulning metallilik nazariyasi
- Merkantalizm
- Aktiv pul balansi
- Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda tovarlarni import qilish mumkin.
- 1. Oltin tanga standarti 2. Oltin quyma standarti 3. Oltin deviz standarti
PULNING METALLILIK NAZARIYASI Reja 1. Pulning metallik nazariyasini tushuntiring 2. Pulning metallilik nazariyasi g’oyalari 3. Pulning mohiyati 1. Pulning metallik nazariyasini tushuntiring Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi. Pulning metallilik nazariyasi merkantalizm g`oyalariga asoslanadi. Merkantalizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi. Merkantalistlar 2 yirik guruhga bo`linadi: 1. Ilk merkantalistlar. 2. So`nggi merkantalistlar. Ilk merkantalistlar - aktiv pul balansi degan g`oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi. Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi tushiniladi. T.Men birinchi bo`lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat: Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda tovarlarni import qilish mumkin. Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin. I-Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar. 1. Oltin tanga standarti 2. Oltin quyma standarti 3. Oltin deviz standarti 1929-1933 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi, xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo`lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ‘’Pulning davlat nazariyasi’’ nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning Tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgn nominali bilan belgilanadi Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quidagi xulosaga keldi. - Pulni davlat yaratadi; - Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir; - Davlat pulga xarid qobilyatini beradi; - Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi; Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori u aytadiki qog`oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g`alabasidir. Download 330.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling