Zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 157.97 Kb.
bet4/7
Sana09.04.2023
Hajmi157.97 Kb.
#1345580
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mardanov R 1-mustaqil ish

Elementning MAC adresi. Lokal tarmoqqa kiruvchi elementlar uchun - bu tarmoq adapteri yoki marshrutizator portining MAC adresi. Misol ushun 11-A0-17-3D-BC-01. Bu adres qurilmaning ishlab chiqaruvchisini belgilaydi va unikal hisoblanadi. Barcha mavjud lokal tarmoqli texnologiyalar uchun MAC adres 6 baytli formatdan iborat: katta 3 bayti ishlab chiqaruvchi firmasining identifikatori. kichik 3 bayti ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan unikal kod. Global tarmoqqa kiruvchi elementlar uchun xuddi X.25 yoki frame relay kabi lokal adres global tarmoq administratori tomonidan belgilanadi.

IP adres 4 baytdan iborat, misol uchun 109.26.17.100. Bu adres tarmoq pog’onasida foydalaniladi. U kompyuter va marshrutizatorlami konfiguratsiyalash jarayonida administrator tomonidan belgilanadi. IP adres ikki qismdan iborat bo'ladi: tarmoq nomeri va element nomeri. Tarmoq nomeri administrator tomonidan ixtiyoriy ravishda yoki agarda tarmoq Internetning bir qismi sifatida ishlashi kerak bo'lsa, NIC (Network Information Center) tavsiyasi asosida o'rnatiladi. Odatda provayderlar NIC dan IP adresni oladi va o'zining abonentlariga tarqatadi.
IP protokolida element nomeri uning fizik adresidan mustaqil ravishda belgilanadi. IP adresning tarmoq nomeri va element nomeri maydonlarga ajratilishi va bu maydonlar o'rtasida chegaralar ixtiyoriy ravishda o'rnatilishi mumkin. Element bir nechta IP tarmoqqa kirishi mumkin. Bunday hollarda element tarmoqdagi aloqalar soniga qarab bir nechta IP adresga ega bo'ladi. Bunday hollarda IP adres alohida kompyuterlar yoki manshrutizatorlarni emas balki bitta tarmoq bog'lanishini bildiradi.


2. Telefon aloqasi
Telefon birinchi marta Rossiyada 1880 yilda paydo bo'lgan. Dastlab hukumat telefon aloqalarida davlat monopoliyasini o'rnatishni rejalashtirgan. Biroq, telefon stantsiyalarini qurish va ulardan foydalanishning yuqori xarajatlari tufayli ularni yaratishga xususiy kapital jalb etila boshlandi. Imzolangan shartnomalarga muvofiq, xususiy kompaniyalar mablag'lari hisobiga qurilgan telefon stansiyalari va liniyalari 20 yillik faoliyatidan so'ng davlat mulkiga o'tdi. 20-asrning boshlariga kelib Rossiyada 77 ta davlat va 11 ta xususiy telefon stantsiyalari faoliyat ko'rsatgan. Davlat sektoridagi telefon to'lovlari xususiy sektorning yarmiga teng edi. Hammasi bo'lib, 1913 yilda Rossiya shaharlarida 300 ming telefon o'rnatildi.

Download 157.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling