Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 3.35 Mb.
bet4/10
Sana16.09.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1679511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boymurodov Z Hisobot

Televizion Texnologiyalar Fakulteti - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradio uskunalardan foydalanish samardorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PP-1088 01.04.2009 yil va №PP-1123 04.06.2009 yilgi qarorlari asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi. Mazkur qarorlar asosida fakultetda 2009-yildan boshlab televizion texnologiyalar sohasida Respublika Milliy teleradiokompaniya korxonalari uchun keng ixtisosli mutaxassislarni tayyorlash maqsadida maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi.

Radio va Mobil Aloqa Fakulteti - Fakultet mobil, sun’iy yo‘ldoshli, radioreleli aloqa tizimlari va tarmoqlari bo‘yicha, radioeshittirish, raqamli televideniye tizimlari va tarmoqlarini loyihalashtirish hamda foydalanish uchun mutaxassislarni tayyorlaydi.




6-rasm. “Radio va Mobil Aloqa fakultet talabalarini o’qitish jarayoni” foto rasm muallif tomonidan tayyorlandi.
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI - O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi.
Toshkent Elektrotexnika aloqa institutiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi berilishi munosabati bilan 2003-yil 1-fevraldan “Iqtisod va boshqaruv” fakulteti deb o‘zgartirildi. 2013-yildan boshlab esa “AKT sohasida iqtisodiyot va manejment” fakultetiga o‘zgartirildi.
Fakultet bitiruvchilari aloqa sohasi rejalashtirish-iqtisodiy bo‘limlarida, ishlab chiqarish-texnik xizmatlarida, aksiyadorlik va xususiy korxonalarda, loyihalashtirish tashkilotlari va ijtimoiy sohada, shuningdek pochta aloqasi sohasida faoliyat yuritadilar.

AKT SOHASIDA KASB TA’LIMI FAKULTETI - Fakultet oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar hamda o‘rta maktablarda informatika va axborot texnologiyalarini sohasi fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagog kadlarni tayyorlaydi.


Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling