Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


NAZARIY QISM. DASTURIY MAHSULOTLAR VA ULARNI MINTAQADA RIVOJLANTIRISH


Download 3.35 Mb.
bet6/10
Sana16.09.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1679511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boymurodov Z Hisobot

NAZARIY QISM. DASTURIY MAHSULOTLAR VA ULARNI MINTAQADA RIVOJLANTIRISH.

2.1. Dasturiy mahsulotlar va ularni klassifikatsiyasi.


Foydalanish xususiyati va foydalanuvchilar kategoriyalariga ko‘ra barcha dasturlarni ikki sinfga — utilitar dasturlar va dasturiy mahsulotlarga bo’lish mumkin. Utilitar dasturlar (o‘zi uchun dasturlar) shu dasturlami ishlab chiqaruvchilar ehtiyojini qondirish uchun mo’ljallangan. Ko‘proq utilitar dasturlar maiumotlami qayta ishlash texnologiyasida servis rolini bajaradi yoki keng tarqalish uchun m o’ljallanm agan funksional vazifalami hal etish dasturlari bo’ladi. Dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish, keng tarqatish va sotish uchun mo’ljallangan.
Hozirgi paytda dasturiy mahsulotlami ochiq (legal) tarqatishning boshqa variantlari ham mavjud, ular yalpi (global) va mintaqaviy kommunikatsiyalardan foydalanish bilan yuzagа keladi:
• freeware — erkin tarqatiladigan foydalanuvchining o ‘zi qo’lab-quwatlaydigan bepul dasturlar, u bularga zarur o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
• shareware — notijorat (shartli — to’lovsiz) dasturlar, ulardan odatda to’lovsiz foydalanish mumkin. Bunday mahsulotlardan do’lmiy foydalanilganda muayyan miqdorda badal to’lanadi. Bir qator ishlab chiqaruvchilar OEM — dasturlar (Original Equipment Manufacturer), ya’ni kompyuterlarga o ‘rnatilgan hisoblash texnikasi bilan birgalikda keltirilgan maxsus dasturlardan foydalanadi.
Dasturiy mahsulot foydalanishga tegishli ravishda tayyorlanishi, zarur texnik hujjatlarga ega bo’lishi, shuningdek davlat ro'yxati kodi mavjud bo'lishi lozim. Faqat shunday sharo’ltlardagina yaratilgan dasturiy majmua dasturiy mahsulot deb nomlanishi mumkin.
Dasturiy mahsulot — sanoat mahsulotining istalgan turi kabi realizatsiyaga tayyorlangan ommaviy ehtiyojli muayyan muammo (vazifani)ni hal etish uchun o‘zaro bogiangan dasturlar majmuasidir.
Dasturiy mahsulotlar quyidagicha yaratilishi mumkin:
• buyurtmaga ko‘ra individual ishlanma;
• foydalanuvchilar orasida ommaviy tarqatish uchun ishlanma.
Individual ishlanmada firma-ishlab chiqaruvchi muayyan buyurtmachi uchun ma’lumotlami qayta ishlash o'ziga xosligini hisobga oluvchi dasturiy mahsulotni yaratadi. Dasturiy mahsulot dasturlashtirishning zamonaviy asbobsozlik vositalari qo’llangan holda loyiha ishlarini bajarish sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqiladi. Uning o'ziga xosligi axborot va asbobsozlik vositalaridan foydalanishni qayta ishlash xususiyatiga bog’liq holda algoritm va dasturlami ishlab chiqish jarayonining noyobligidadir. Dasturiy mahsulotlami yaratishga ko‘plab mehnat, moddiy, moliyaviy zaxiralar talab etiladi, yuqori malakali mutaxasislar zarur.
Dasturiy ta’minot kompyuteming ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Kompyuteming turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish — apparat-dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuteming ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dastuming inson bilan o‘zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuteming dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlami uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin;
— sistemaviy dasturiy ta’minot;
— amaliy dasturiy ta’minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling