Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


O’zbekistonda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish


Download 3.35 Mb.
bet8/10
Sana16.09.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1679511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boymurodov Z Hisobot

2.2. O’zbekistonda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish.


Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish Markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yilning 7 fevralidagi 33-sonli Qarori asosida tashkil qilindi. Markaz tarmoq profilidagi ilmiy muassasa hisoblanadi, unda quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi: murakkab tizimlarda modellashtirish, optimallashtirish va boshqarish; ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish va qaror qabul qilish; signallar va tasvirlarga ishlov berish. Markazning eng muhim vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • yirik ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ekspertizasida qatnashish;

  • iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalari uchun axborot tizimlari va dasturiy vositalar yaratish va ularni rivojlantirish bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boorish

  • ishlab chiqarish korxonalarining aniq buyurtmalari asosida dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar ishlab chiqarish bo‘yicha texnik topshiriqlar va shartlarni ishlab chiqish;

  • iqtisodiyotning real sektori korxonalarida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ilg‘or xorijiy texnologiyalarni qo‘llash va ulardan foydalanish;

  • korxonalarda qo‘llanilgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning texnik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;

  • dasturiy mahsulotlarning xorijga eksport qilinishini tashkillashtirish

  • oliy darajadagi malakaga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirish va jahon axborot makoniga integratsiyalashtirishga ko‘maklashadigan strategik yo‘nalishlardan biridir. Bugun O‘zbekistonning dasturiy mahsulotlar bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Buni quyidagilar ham tasdiqlaydi: agar 2005-yilda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar soni qariyb 100 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, ular 238 taga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2012-yilning 9 oyida 208 dasturiy mahsulot, EHM uchun 194 dastur va 14 ma’lumotlar bazasi ro‘yxatga olingan.
Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi ijrochi direktori Ilhom Abdullayevning aytishicha, soha ko‘rsatkichlarining jadal o‘sishi ko‘p jihatdan IT-texnologiyalar bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning muntazam qo‘llab-quvvatlanayotgani bilan bog‘liq. Jumladan, Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2012-2014-yillarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashtiriladigan 32 axborot tizimini yaratish hamda joriy etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun “Unicon.uz” davlat unitar korxonasi huzurida dasturiy mahsulotlar ekspertizasi bo‘limi tashkil qilindi.
Bu borada mutaxassislarni tayyorlashga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazida 2012-yilning 9 oyida turli dasturlash yo‘nalishlari bo‘yicha 600 nafardan ziyod tinglovchi o‘qitildi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazida tashkil etilgan o‘quv kurslarida esa qariyb 60 nafar tinglovchi bilim oldi.
Har yili IT-texnologiyalar sohasida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Masalan, dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish va uning yutuqlariga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonda AKT haftaligi o‘tkazib kelinmoqda. Haftalik doirasida mamlakatimiz dasturchilarining forumi, “Bestsoft – Uzbekistan” dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi, mavzuga oid ko‘plab seminarlar va “IT-mutaxassislarining yutuqlari kuni” tashkil etilmoqda.
Tadbirda dasturiy vositalar va axborot tizimlari uchun davlat buyurtmalarini shakllantirish, 2013-2017-yillarda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur loyihasini ishlab chiqish istiqbolli rejalar sifatida qayd etildi.
Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimiz dasturiy mahsulotlari va axborot tizimlarini ishlab chiqish uchun buyurtmalar hajmini ko‘paytirish, dasturiy ta’minotni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida faol joriy qilinishining ochiq tizimini shakllantirish imkonini beradi.
Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Ma’lumki, dasturiy ta’minot yaratuvchilarining asosiy daromadi xodimlarga ish haqi to‘lash, zarur moddiy-texnik bazani muntazam mustahkamlab borishga sarflanadi. Shu ma’noda, qarorga binoan Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017 yilning 1 yanvariga qadar muddatda barcha turdagi soliqlar hamda majburiy ajratmalar to‘lashdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilingani, ayniqsa, e’tiborlidir. Mazkur mablag‘lar dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Joriy yildan e’tiboran davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, “Elektron hukumat” tizimini hamda internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.
Mazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hu-kumat” loyihasini amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi.
Qarorga muvofiq, www.software.uz veb-sayti internet-portalida joylashtirilgan dasturiy mahsulotlar va ishlab chiquvchilarning milliy katalogi negizida shakllantiriladigan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining Milliy reyestri mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bankini tashkil etish va istiqbolli loyihalar hamda innovatsion kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg‘ul iste’dodli yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati to‘g‘risida axborot berish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish, bu sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Milliy reyestr elektron shaklda on-layn rejimida yuritiladi. O‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olingan daromadlari ular sotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi. Shuningdek, Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar uchun ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi ular sotgan tovarlar, ishlar, xizmatlar umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga uzaytiriladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining amal qilishi Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilariga, agar ular xonadonlarda ishlovchi (kasanachi) jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuzadigan bo‘lsa, tatbiq etishlari ham qarorda ko‘rsatilgan.
Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha yangi texnologiya uskunalarini xarid qilish chog‘ida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishga doir amaldagi tartib respublika korxonalari va tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturiga kiritiladigan axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot vositalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdoriga joriy qilinadi.
Endi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda xizmatlarni internet tarmog‘ining on-layn do‘konlari orqali eksport shartnomasi mavjud bo‘lmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga ega bo‘ldilar.
Ayni kunda Apple Store, Google Play va boshqa bir qator on-layn tizimda faoliyat ko‘rsatuvchi do‘konlar o‘z standartlariga muvofiq keluvchi dasturiy ta’minotlar uchun o‘z platformalaridan joy ajratishadi va dasturchilarga o‘z mahsulotlarini mazkur do‘konlarning kataloglari orqali sotish huquqini berishadi. Mazkur katalogdagi dasturiy ta’minotlarni Yer yuzining xohlagan nuqtasidagi mijozlar on-layn to‘lovlar orqali sotib olishlari mumkin. Xullas, Prezidentimiz qaroriga muvofiq tashkil etiladigan Milliy reyestr yurtimiz dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga bevosita internet orqali mahsulotlarini sotish, xalqaro shartnomalar tuzish imkoniyatini ham beradi.
2006 yildan buyon “Best Soft Uzbekistan” dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etib kelinmoqda. Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasida sohada erishilgan muvaffaqiyatlar namoyish etilib, mahorat darslari, taqdimotlar va ta’lim seminarlarida respublikadagi soft industriyaning dolzarb loyihalari va istiqbollari sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida muhokama qilinadi. Ko‘rgazmada xalqaro va mahalliy kompaniya — dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar hamda integratorlar, kontent-ishlab chiqaruvchilar, provayderlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar vakillari ham ishtirok etishadi.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling