Ўзбекистон республикаси соfлиқни сақлаш
Didaktika haqidagi bilimlarning ilg’or tajribalarni o’rganishdagi ahamiyati
Download 39.15 Kb.
|
Ўзбекистон республикаси соfли ни са лаш
2. Didaktika haqidagi bilimlarning ilg’or tajribalarni o’rganishdagi ahamiyatiDidaktika o’qituvchilarga ta’limning mohiyati va uning qonun va qonuniyatlarini, tamoyillarini va yondashuvlarini, qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lidagi metod va vositalarni anglashni ko’zda tutadi. Ma’lumki, amaliyot har doim ham o’z pedagoglik faoliyatidap didaktikaning zaruriyligini tushunavermaydi. Bu fikr hali XIX asrlarda K.D. Ushinskiyning yozishicha, "Tarbiya san’ati, - shunday o’ziga xoslikka egaki, u deyarli barchaga oson va ma’lum ishday seziladi... lekin ko’pchilik shunday fikrga keldiki, sabrtoqat, tug’ma qobiliyatlardan va ko’nikmadan tashqari, yana maxsus bilimlar zarur ". Tanikli olimlardan Yu. K. Babanskiy, I. Ya. Lerner, M. N. Skatkin maktab ta’limi mazmunining umumiy didaktik mezonini ishlab chikdilar. Bu mezonlar quyidagilar: Maktab ta’limi mazmunida erkin jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirish vazifasi va metodlarning umumiy ta’lim nuqtai nazaridan, o’quvchiga mosligi; Ta’lim matni, mazmuni va amaliy mohiyati; Ta’lim matni mazmunining hajm jihatdan maktab o’quvchisi yoshiga muvofiqligi; Mazmun hajmining o’rganiladigan o’quv faniga ajratilgan vaqtga mosligi; Umumiy o’rta maktab ta’limi mazmuni tuzilishini belgilashda xalqaro tajribani inobatga olish mezoni; Ta’limning hozirgi davr maktablari o’quv-metodik negiziga mosligi mezoni. Maktab ta’limi mazmunini shakllantiruvchi asosiy manbalar, bu — fan va moddiy hamda ma’naviy boylik, ijtimoiy muloqot tajribasi, ma’naviy qad-riyatlar, ijtimoiy tushuncha shakllari, inson faoliyati turlaridir. Ta’lim mazmunini bu manbalar asosida shakllantirishda tarixiy va psixologik talablar hisobga olinadi. Quyidagi turlar ta’lim mazmunining o’ziga xos maxsus turlari hisoblanadi: —tabiat, jamiyat, texnika, fikr va faoliyat qobiliyati hakidagi bilim. Bu bilimlarni o’zlashtirish o’quvchi ongida dunyoning haqiqiy ko’rinishini shakl-lantiradi, faoliyatga ongli va amaliy jihatdan to’g’ri yondashishga xizmat qiladi; —ma’lum faoliyatni amalga oshirishdagi tajriba, bu — shaxsning bilim, bilish va malakasini birlashtiruvchi tajriba; —jamiyatda sodir bo’ladigan yangi muammolarni hal qilish bo’yicha ijodiy, izlanuvchan faoliyat tajribasi. Bu tajriba mustaqil ravishda o’zlashtirilgan bilim va bilishni yangi sharoitda amalga oshirishni, faoliyatning yangi usullarini shakllantirishni talab etadi; - obyekt yoki inson faoliyati vositalariga bo’lgan munosabat tajribasi. Bu tajriba tashqi olamga, odamlarga munosabatda namoyon bo’ladi Shunday qilib, umumiy ta’lim mazmuni, bir tomondan, o’quvchining o’qish-bilish faoliyatining muhim sharti bo’lib, jamiyatning hozirgi va kelgusidagi talabini aks ettiradi, ikkinchi tomondan, o’quvchi faoliyatini amalga oshirishda muhim qurol bo’lib xizmat qiladi va shu orqali o’qishda shaxsiy talab mazmuni bo’ladi. Download 39.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling