Ўзбекистон республикаси соfлиқни сақлаш
Download 39.15 Kb.
|
Ўзбекистон республикаси соfли ни са лаш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ishining metodologik asoslari
- 1. Ilg’or pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba
- Pedagogik tajriba
Tadqiqot maqsadi: Ta’lim muassasalarida ilg’or pedagogik tajriba to’plash va ularni ommalashtirish muammolarini o’rganish.
Tadqiqot obyekti: Ilg’or pedagogik tajribalar va ularni ommalashtirish jarayoni Tadqiqot predmeti: Ilg’or pedagogik tajribalar umumlashtirish, o’zlashtirish va ommalashtirish usullari Tadqiqot vazifalari: Zamonaviy pedagoglar oldiga qo’yilayotgan vazifalar mazmunini tavsiflash. O’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishida ilg’or pedagogik tajriba to’plashning ahamiyatini ifodalash. Ilg’or tajribalarni o’rganishda didaktika nazariyasining ahamiyatini belgilash. Tadqiqot ishining metodologik asoslari bo’lib: Yurtboshimiz I.A.Karimovning ta’lim sohasidagi islohotlari, «Barkamol avlod» Davlat dasturi, shu mavzularda so’zlagan ma’ruzalari, pedagogika va psixologiyaga oid darslik va o’quv qo’llanmalari hisoblanadi. ASOSIY QISM1. Ilg’or pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba - muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda, biz pedagogning o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, talabalarning ta’limtarbiyasiga yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ijodiy ishlaydigan pedagog faqat talabalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiya berish, ilg’or ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, taraqqiyotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bo’lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita bilish, fan yutuqlarini talabalarga yetkaza olishi, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi. Pedagogik tajriba pedagogning faoliyatini samarali tashkil qilish, ta’lim oluvchilarni tayyorlashning har bir vaziyatida mahoratning yuqori darajasiga erishishda uzluksiz ravishda olib boriladi. Pedagogik mahorat o’z-o’zicha vujudga kelmaganidek, tajriba ham hyech bir harakat, qiziqish va o’rganishsiz, sinovsiz, tavakkal qilishsiz yuzaga chiqmaydi. Pedagogik faoliyatning eng zaruriy va emosiyalarga, hissiyotlarga boy bo’lishini hisobga olsak, juda og’ir muammolar, dars jarayonlaridagi kutilmagan holatlar, endi o’rganayotgan o’qituvchining faoliyati ham o’z fanining mohir ustasi bo’lgan o’qituvchiga tajribasini tinimsiz oshirib borishiga imkon yaratadi. Tajribali pedagoglar doimo o’zlarida nimanidir, qandaydir qobiliyatini namoyon qilayotgan yoki rivojlantirayotgan bo’ladilar. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o’zlashtirishdan iboratdir. O’qituvchi o’quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga nafaqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri fe’l-atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. O’zgalar holatini tushuna olish o’qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda o’sgan o’quvchilarga dars berayotganligini bilishi lozimdir. O’quvchilarning yurish–turishi, o’tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini bilish mumkin. O’zini namoyon qila olish - bu bir qiyin yoki narsa orqali emas, balki bilim, malaka, ko’nikma, odob–axloq, muomala, nutq, munosabat orqali o’zini namoyon qila olishdir. Bunday professional o’qituvchi bo’lish uchun pedagog madaniyat ko’rsatkichlariga erishishi lozim. Download 39.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling