Ўзбекистон республикаси соfлиқни сақлаш


Pedagogik faoliyatda ilg’or pedagogik tajribalarni ommalashtirish


Download 39.15 Kb.
bet9/10
Sana27.12.2022
Hajmi39.15 Kb.
#1069775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси соfли ни са лаш

3. Pedagogik faoliyatda ilg’or pedagogik tajribalarni ommalashtirish Yuqorida biz ilg’or pedagogik tajribalarning o’qituvchining pedagogik mahoratni egallashdagi o’rniga to’xtaldik. Endi esa bu tajribalarning qanday tarzda ommalashtirlishi masalalari haqida ham fikr bildiramiz. Yurtboshimiz I.A.Karimov
«Ta’lim haqida» gi qonunda (1992 yilda) kadrlar: maktab o’qituvchilari har uch yilda, oliy maktab o’qituvchilari esa har bir yilda Davlat attesstasiyadan o’tishlari zarurligini ta’kidladilar. O’qituvchilarning o’z tajribalarini oshirish manbalaridan biri ularning malaka oshirish tizimida ta’lim olishlari hisoblanadi. O’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ilg’or ish tajribasiga ega bo’lgan o’qituvchilarni ish usulublari kafedralar hamda shahar miqyosida o’rganilib, ommalashtirilishi an’anasi bor. Bunda institutning har bir kafedrasidan nomi berilgan professor - o’qituvchining ish tajribasi institutning ilmiy kengashiga olib chiqiladi, ishlarini ko’rsatayotgan pedagog faoliyatidagi qiziqarli metod, usul va vositalar, texnologiyalarni ko’rgazmali ravishda ifodalab, kengash qatnashchilari bilan birgalikda ish turlari ketma-ketligini bajaradi, rol o’ynaydi. Agar ma’lum kafedra ishlari ommalashtirishga loyiq, deb topilgan shahar makabi o’qituvchisi avval malaka oshirish tizimida ish tajribasini ko’rsatayotganda a’lo bahoga baholansa, u endi rayon miqyosida ham o’z ilg’or tajribasini ommalashtiradi. Bunday o’qituvchilarning tanilishi va ishlarining boshqa o’qituvchilar tomonidan o’rganilishi uzluksiz ta’lim tizimining rivojlantirilishiga sabab bo’ladi. U tayyorlagan albom, stend, banner, plakat, tarqatma, xarita, texnologiyalar ko’p yillar professional potensiallarining to’xtovsiz oshib borishini ta’minlaydi. Hozirda «Yil o’qituvchisi ko’rik-tanlovi» ana shunday iste’dodli o’qituvchilarning ish usullari va tajribalaridan o’rganish ko’rgazmasi bo’lib xizmat qilyapti.
X U L O S A
Uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim ko’rsatkichi – sifat va samaradorlik, aynan o’qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy bog’liq. Uning kasbiy talabnomasi (professiogrammasi) kun sayin kuchaymoqda.
«Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevoridir» degan shior kun tartibiga o’rinli kiritilgan mustaqillik yillarida bu masalaning yechimi o’qituvchi va tarbiyachi shaxsiga mustahkam aloqador bo’lib qoldi. Boisi, o’qituvchi tajriba va malakasining uyg’unligi muvaffa-qiyatlar garovi ekanligi sir emas.
O’qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo’lishi lozimligini buyuk nemis pedagogi A.F.Distervergning fikri ham tasdiqlaydi:
«Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi.
Ta’lim tizimini insonparvarlashtirish (gumanizasiyalash) muammosini kun tartibiga quygan bugungi kunda o’qituvchi shaxsining insonparvarlik jihati oldingi o’ringa chiqdi.
Kadrlar tayyorlashning muammosining samarali yechimi, birinchi navbatda, bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, huquqshunoslik va shunga o’xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga, har tomonlama bilimga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlar tayyorlanishi bilan bog’liqdir. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida ta’kidlab o’tganidek, «Domlalar, professorlar, kafedra mudirlari o’z ustida ishlamasa, o’z sohasi bo’yicha chet mamlakatlariga ilmiy safarlarga borib kelmasa, tajriba almashtirilmasa, albatta bunday ahvol o’quv jarayoniga va uning samarasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi».
Oliy ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar,ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o’qitiladigan fanlar bo’yicha sifatli bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilishni ta’minlovchi pedagogik usullarni qo’llay olishi lozim. U zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o’rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar, amaliy yo’llanmalar ishlab chiqishi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zlashtirganidan so’ng, uni ta’lim tizimiga joriy eta olishi kerak.

Download 39.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling