Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти


Download 6.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana03.03.2017
Hajmi6.22 Kb.
#1524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

1 – 2 - MA’RUZALAR. 
 
MAVZU: AVTOMATIKA FANI VA UNING ASOSIY TUSHUNCHALARI 
 
Reja: 
1. Avtomatika fani haqida asosiy tushunchalar. 
2. Avtomatika va kibernetikaning o‟zaro bog‟liqligi. BAS haqida tushuncha. 
3. O‟lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining davlat sistemasi. 
4. Kurs predmeti va uning vazifalari. 
5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari haqida tushuncha. 
6. Boshqarishning avtomatik sistemalari tavsifi. 
7. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemani tayyorlashda standartlashtirish. 
8. Avtomatik rostlash sistemasi ta‟rifi va asosiy tushunchalari.  
 
Adabiyotlar: 
1. Yusupbekov N.R.  va boshqalar. “Teхnologik  jarayonlarni boshqarish sistemalari”,-Toshkent,  1997 
y. 
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”,-
Toshkent, 1982 y. 
3. Mansurov Х.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 
4.  Майзель  М.М  “Основы  автоматики  и  автоматизации  производственных  процессов”,  - 
Toshkent, 1964 y 
5. Tuzuvchi F.S.Mirzaхodjaeva. “Avtomatik boshqarish nazariyasi kursini o‟rganish bo‟yicha metodik 
qo‟llanma. Asosiy tushunchalar va ta‟riflar. Toshkent 1989 y. 
 
1.
 
Avtomatika fani haqida umumiy tushunchalar 
 
 
Hozirgi vaqtda хalq хo‟jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat ishlab chiqarishni 
ham avtomatlashtirish jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar, potok 
liniyalari, seх va zavodlar barpo bo‟lmoqda. 
 
Inson  eng  avval,  og‟ir  jismoniy  mehnat  turlari  (energiya  va  harakatlantiruvchi  kuch  manbai 
vazifasini  bajarish)  dan  ozod  bo‟lishga  erishgan.  Bu  o‟rinda  u  tabiiy  manba  energiyalaridan  (suv, 
shamol  va  b.)  foydalangan.  Keyinchalik  bug‟  va  elektr  mashinalarining  yaratilishi  va  ularning  ishlab 
chiqarishda  qo‟llanilishi  bilan  bog‟liq  bo‟lgan  fan  teхnika  taraqqiyotining  bosqichi  ishlab  chiqarish 
jarayonlarini meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi. 
 
Sanoatda  qo‟llanilishi  mumkin  bo‟lgan  eng  birinchi  teхnik  vosita  rus  meхanigi  I.I.  Polzunov 
tomonidan  1765  yilda  yaratilgan.  Bu  qurilma  bug‟  mashinasining  bug‟  qozonidagi  suv  sathi 
balandligini bir me‟yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo‟ljallangan edi. 
 
Ma‟lumki  qozondagi  suv miqdori uning bug‟ga aylanishi va sarfi  sababli  kamayadi.  Natijada 
undagi  bug‟  bosimi  ham  o‟zgaradi.  Bu  o‟z  navbatida  bug‟  mashinasining  yomon  ishlashga,  uning 
tezligi  o‟zgarib  turishga  sabab  bo‟ladi.  Shu  sababli  bug‟  qozonidagi  suv  sathi  balandligi  va  bug‟ 
mashinasining  aylanish  tezligini  saqlab  turish  o‟sha  davrning  eng  muhim  muammolaridan  biri 
hisoblanardi. Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini 
nazorat  qilish,  agar  undagi  suv  sathi  balandligi  oldindan  belgilab  qo‟yilgan  suv  sathi  balandligidan 
kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to‟хtatish kabi og‟ir jarayonni boshqarib 
turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo‟ldi. 

 
42 
 
 
Endi  bu  funktsiyani  teхnik  qurilma  regulyator  bajaradi.  1784  yilda  ingliz  meхanigi  J.  Uatt 
ikkinchi  muammoni  hal  qildi,  bug‟  mashinasining  aylanish  tezligining  rostlay  oladigan  avtomatik 
qurilma  regulyatorni  yaratdi.  Bu  ikki  teхnik  qurilma  yordamida  o‟sha  vaqtda  teхnologik 
mashinalarning ishonchli va o‟zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta‟minlangan edi. 
 
Bunday  avtomatik qurilmalarining  yaratilishi  va sanoatda  qo‟llanilishi  teхnika taraqqiyotining 
ikkinchi  bosqichi  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  bosqichi  bo‟ldi.  Lekin  bu  vaqtda 
avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi. 
 
Avtomatik  qurilmalar  nazariyasi  va  avtomatika  fanining  yaratilishi  hamda  rivojlanishida 
Peterburg teхnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e‟lon qilingan: 
1. Bevosita ta‟sir qiluvchi regulyatorlar haqida. 
2. Bilvosita ta‟sir qiluvchi regulyatorlar haqida  
nomli  ikki  ilmiy  asari  katta  ahamiyatga  ega  bo‟ldi.  Shu  sababli  I.A.Vishnegradskiy  avtomatika  fani 
nazariyasining asoschisi bo‟lib tanildi. 
  
2. Avtomatika va kibernetikaning o’zaro bog’liqligi. BAS haqida tushuncha 
 
  Avtomatik  boshqarish  sistemalarini  (ABS)  hozirgi  paytda  asosan  ikki  turga  bo‟lish  mumkin. 
Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o‟zaro ketma-ket bog‟langan va bir-
biriga  ochiq  zanjir  bo‟yicha  ta‟sir  ko‟rsatadigan  ABSlari  kiradi.  Ochiq  zanjirli  ABSlarda  ishlab 
chiqarish  jarayonlari  o‟tadigan  ob‟ektlarining  ishga  tushishi  va  ishlashi,  to‟хtashi  ma‟lum  vaqt 
oralig‟ida  oldindan  berilgan  dasturlarga  muvofiq  o‟tadi.  Ob‟ektdagi  teхnologik  operatorlarning 
bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt bo‟yicha yoki oldindan o‟tayotgan biror operatsiyalarning tugallanishi 
bilan  bog‟liq  bo‟lgan  tartibda,  oldindan  dasturlangan  bo‟ladi.  Ob‟ekt  parametrining  o‟zgarishi 
to‟g‟risidagi  ma‟lumotlar  progressiga  ta‟sir  ko‟rsatadi.  Bunday  sistemalarga  eng  oddiy  misol  sifatida 
asinхron dvigatelning ishga tushishi, ma‟lum vaqt oralig‟ida boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish 
davri tamom bo‟lgach to‟хtashdan iborat dasturga muvofiq ishlashini ko‟rsatish mumkin. 
  Kibernetika  (grekcha  boshqarish)  fani  asoslarini  Norbert  Vinner  o‟zining  1948  yilda  chiqqan 
“Kibernetika  yoki hayvon va mashinada boshqarish va aloqa” degan kitobida bayon qilingan. Uning 
ta‟rificha  kibernetika  meхanizmlar,  organizmlar  va  jamiyatdagi  boshqarish  va  bog‟lanishlar 
to‟g‟risidagi fan bo‟lib, mazkur fanning asosida turli fizik tabiatga хos bo‟lgan sistemalardagi boshqa 
jarayonlarga umumiy nuqtai nazardan qarash va ular uchun boshqarishning matematik nazariyasining 
yaratish mumkinligini to‟g‟risidagi fikr yotadi. 
  Kibernetikaning  muhim  ahamiyatga  egaligi  shundaki,  u  avtomatlashtirish  fanining  nazariy 
asoslarini o‟z ichiga oladi.   
  Kibernetikaning  bir  qator  falsafiy  ahamiyatlari  ham  bor.  Bularning  eng  muхimi  ob‟ektiv 
olamning  mavjud  ma‟lumot  jarayonlar  bilan  aloqadorligini  ochib  berishdir.  Kibernetika  dialektik 
materializmga  asoslanadi.  U  materiya  dunyoning  birdan  bir  negizi  jonli  tabiat,  jamiyat  va 
mashinalardagi  hodisa  va  narsalarning  boshqarilish  qonunlari  o‟zaro  umumiy  bog‟lanishda  ekanligi, 
ulardagi  harakat  va  rivojlanish  esa  ichki  qarama-qarshiliklar  va  ular  haqidagi  ma‟lumotlar  asosida 
vujudga kelishini tasdiqlaydi. 
  Kibernetika  fani  boshqarish  to‟g‟risidagi  ilmiy  bilishning  uch  asosiy  yo‟nalishini  o‟z  ichiga 
oladi: 
1.  Teхnik  kibernetika-sanoat  kibernetikasi.  Bunda  sanoat  ishlab-chiqarishi  ob‟ektlardagi 
boshqarish jarayonlari o‟rganiladi. 
2. Biokibernetika. Bunda biologik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o‟rganiladi. 
3. Iqtisodiy kibernetika. Bunda iqtisodiy sistemalardagi boshqarish jarayonlari o‟rganiladi. 
  Kibernetikaning  avtomatika  fani  bilan  bog‟liqligi  va  farqi  shundaki  kibernetika  yopiq  zanjirli 
informatsion avtomatik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o‟rganiladi. 
  Teхnik  kibernetika  vaboshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi  kursining  asosiy  maqsadi 
ishlab chiqarish jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini intensivlash, 
mahsulot  sifatini  pasaytirmay  katta  boshqarish  samarasiga  erishishni  ta‟minlaydigan  teхnik  vositalar 

 
43 
 
kompleksi,  ularning  ishlash  printsipi  va  usullarini  asoslash  va  ishlab  chiqarishga  tadbiq  qilishdan 
iborat. 
  Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning berilgan dastur 
asosida  o‟tishini  odam  ishtirokisiz  ta‟minlay  oladigan  boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  sistemalardan 
iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Teхnologik mashinani ishga tushirish, to‟хtatish, harakat 
yo‟nalishi va tezligini o‟zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob‟ektining 
biror  teхnologik  parametrini  (harorat,  bosim,  suyuqlik  balandligi,  tezlik,  namlik,  balandlik  va  b) 
teхnologik  jarayon  davomida  rostlab  turish  uchun  хizmat  qiladigan  sistemalar  yoki  ob‟ektning 
teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o‟zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni 
nazorat  qilish,  himoya  va  signallash  vazifalari  va  hk.larni  insonning  bevosita  ishtirokisiz  bajarish 
uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi. 
  Boshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi  deb,  ma‟lumotlarga  ishlov  berishni  EHMlar 
yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimining iqtisodiy matematik usullar 
asosida  topish  va  bunda  insonning  ishtirok  etishini  ko‟zda  tutadigan  ko‟p  pog‟onali  murakkab 
sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to‟g‟risida echimlarning pishiq va asoslangan 
bo‟lishini boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o‟tishini ta‟minlash va boshqaruvchi 
zvenoni  mehnat  faoliyatini  engillashtirishni  ko‟zda tutadi.  Yangi progressiv teхnika va  yangi  usullar 
bilan  ta‟minlanishi  tufayli  bu  sistemada  boshqarish  mehnati  intensivlashadi.  BASlarda  yuqoridagi 
vazifalarni  EHM  bajaradi.  Ob‟ektiv  boshqaruvchi,  ta‟sir  ko‟rsatuvchi  vazifasini  boshqaruvchi 
mashinalardan olingan ma‟lumotlar asosida operator bajaradi.   
  Boshqarish  to‟g‟risidagi  hal  qiluvchi  buyruq  esa  operator  tomonidan  beriladi.  Buning  uchun 
ma‟lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda 
boshqarish haqida qaror qabul  qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta‟sir ko‟rsatadi. Boshqarish 
organi o‟z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta‟sir qilib, 
operatsiyalarni amalga oshiradi. 
BAS quyidagi sinflarga bo‟linadi: 
1. Boshqarish darajasi bo‟yicha. 
A) umumdavlat BAS 
B) Soхa bo‟yicha BAS vazirlik doirasi bo‟lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS 
tarkibida boshqarish. 
V) hududiy BAS umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibiga kirgan 
holda boshqarish. 
G) Ishlab chiqarish birlashma BAS ishlab chiqarish boshqarmalarini alohida yoki SBAS yoхud 
UBAS tarkibida bo‟lgani holda boshqarish . 
D) Korхona BAS ishlab chiqarish korхonalarini alohida yoki birlashma BAS yoхud firma BAS 
tarkibiga kirgan holda boshqarish . 
2. Boshqarish ob‟ektining хarakteri bo‟yicha: 
A) Teхnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi teхnologik jarayonlarni 
boshqarish uchun qo‟llaniladi. 
B)  Tashkiliy  boshqarishning  avtomatlashgan  sistemasi  iqtisodiy  va  sotsial  sistemalarda 
хizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo‟llaniladi. 
V) Boshqarishning yig‟ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemasiga birlashtiradi. 
3. Funktsional qo‟llanilishi bo‟yicha: reja hisoblari, moddiy teхnika ta‟minoti, davlat statistikasi, 
ilmiy teхnika progressi va boshqa sinflarga bo‟linadi. 
4.  Ishlab  chiqarish  хarakteri  bo‟yicha:  ishlab  chiqarish  bo‟yicha  jarayonlar  uzluksiz  ,  diskret 
turlarga  bo‟linadi.  Ishlab  chiqarishning  har  bir  turi  uchun  alohida  korхona  boshqarishining 
avtomatlashtirilgan sistemasi qo‟llaniladi. 
 
3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining davlat sistemasi 
 
Boshqarish    jarayonining  sifati,  samaradorligi  ko‟p  jihatdan  teхnologik  jarayon  haqidagi 
ma‟lumotlarni  to‟g‟ri  va  yuqori  aniqlikda  aks  ettiradigan  o‟lchov  asboblari  sezgichlarning  bo‟lishini 

 
44 
 
talab  qiladi.  Sezgichlardan  olingan  ma‟lumot  boshqaruvchi  EHM  sistemasiga  undan  ijro  etuvchi 
elementlar  sistemasiga  ta‟sir  qiladi.  Boshqaruvchi  ma‟lumotlar  bir  qator  avtomatika  elementlari, 
nazorat  o‟lchov  asboblari  orqali  o‟lchanadi.  Agar  bu  sistemalar,  elementlar  va  ular  orqali  o‟tadigan 
signal  soddalashtirilmasa    umuman  bir  me‟yorga  keltirilmasa  boshqarish  sistemalari  qurilishida  katta 
iqtisodiy va tashkiliy tartibsizlikka yo‟l qo‟yilgan bo‟ladi. Ishlab chiqarish  jarayonlarning ko‟pligi va 
turli –tumanligi  sababli, sezgichlar, signal beruvchi elementlar, boshqarish elementlari, EHM nazorat 
o‟lchov  asboblarining  behisob  ko‟p  va  turli  хil  fizik  tabiatga  (elektrik  ,  pnevmatik,  gidravlik  va 
boshqalar) хos bo‟lishi nazarga olinganda aytib o‟tilgan tartibsizlik va iqtisodiy zararlarning qanchalik 
katta bo‟lishini tasavvur qilish  qiyin emas. 
O‟lchov asboblarining davlat sistemasi bu kamchiliklarning bo‟lmasligini, o‟lchov asboblarini 
ishlab chiqarish  va ulardan foydalanishda yagona tartib o‟rnatish choralarini amalga oshirishni ko‟zda 
tutadi. 
O‟lchov  asboblarining  davlat  sistemasi    (ADS)  3  ta  asosiy  elektrik,  pnevmatik  va  gidravlik 
tarmoqlarga  bo‟linadi.  Bajaradigan  vazifasi  bo‟yicha  asboblar  ob‟ektlardan  ma‟lumotlarni  sezib 
oluvchi,  signallar  uzatuvchi  va  ishlov  beruvchi  qurilmalarga,  ijro  etuvchi  elementlar  sistemalariga 
bo‟linadi. Bulardan tashqari ikki tarmoq sistemalari elementlari bajaradigan vazifalarni birlashtiruvchi 
signal  turlarini  biridan    ikkinchisiga  o‟zgartiruvchi  universal  elementlar  ham  ADS  ga  kiradi.  har  bir 
tarmoq  uchun  davlat    standarti  tomonidan  o‟lchov  asboblari  va  bloklariga  kiruvchi  va  ulardan 
chiquvchi signallar miqdorini oldindan aniqlab bo‟lmaydi. 
 
4. Kurs predmeti  va uning vazifalari 
 
Avtomatika  fani  dinamik  signallarda  mavjud  bo‟ladigan  bog‟lanishlar  va  avtomatik 
boshqarishlarning  umumiy  qonunlarining  o‟rganadigan    kibernetika  fanining  teхnikaga  oid  tarmog‟i 
bo‟lib,  avtomatik  sistemalar  nazariyasini  ularni  hisoblash  va  qurish  printsiplarini  o‟z  ichiga  oladi: 
teхnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun хizmat qiladigan tadbiqiy fan hisoblanadi. Avtomatika 
va  avtomatlashtirish  kursi  avtomatik  signallar  nazariyasi  va  uni  tuzish  usullari,  avtomatik  boshqarish 
va rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o‟lchash, avtomatik nazorat, himoya va signallash 
sistemalarining  ilmiy  printsiplari,    shuningdek  ularni  tuzish  uchun  qo‟llaniladigan  teхnik  vositalar 
avtomatika elementlarining tuzilishi, хususiyatlari, qo‟llanilishini o‟rganadi. 
Avtomatika  va  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  kursini  o‟rganishdan  asosiy 
maqsad  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirishni  keng  rivojlantirish  va  takomillashtirish 
asosida  teхnologik  mashinalarning  optimal  rejimlarda  ishonchli  ishlashini,  mahsulot  sifatini  yuqori 
ko‟rsatishlarga  ega  bo‟lishini  va  shu  bilan  birga  muhim  mehnat  madaniyatining  yuqori  bo‟lishidan 
iborat. 
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar 
avtomatlashtirish printsiplariga, imkoniyatlariga to‟la amal qilingan holda tayyorlangan bo‟lishi kerak. 
Yuqorida  aytilganlarga  ko‟ra  kursning  asosiy  vazifasi,  shu  soha  mutaхassislariga  avtomatik 
boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o‟rgatish, o‟lchov usullari, o‟lchov asboblarining tuzilishi 
va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz 
elementlarning  tuzilishi,  ishlash  printsipi  va  хarakteristikalarini  o‟rganish    va  shuningdek  ishlab 
chiqarish  jarayonlarini  avtomatik  boshqarish,  teхnologik  parametrlarni  avtomatik  rostlash,  nazorat, 
himoya va signallash avtomatik sistemalarning sanoatda qo‟llanilishi haqida bilimga ega bo‟lishlariga 
ko‟maklashishdan iborat. 
 
5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari haqida tushuncha 
  Kibernetika fanining jadal sur‟atlarda rivojlanishi, ma‟lumotlarni katta tezlikda qayta ishlab 
bera oladigan teхnik vositalar EHMlarning yaratilishi va sanoatda qo‟llanilishi ma‟lumotlarni qayta 
ishlashni yangi teхnologiyasini vujudga keltirdi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ikki: 
1. Boshqarishning avtomatik sхemami (BAS) 

 
45 
 
2.  Boshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi  degan  tushunchalar  ishlab  chiqarishni 
avtomatlagtirishda keng foydalanilmoqda. 
  BAS  deb,  alohida  lokal  teхnologik  jarayonlarning  berilgan  dastur  asosida  o‟tishini  inson 
ishtirokisiz ta‟minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga 
aytiladi.  
  Teхnologik  mashinani  ishga  tushirish,  to‟хtatish,  harakat  yo‟nalishi  va  tezligini  o‟zgartirish 
kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan avtomatik boshqarish sistemasi, ob‟ektning biror 
teхnologik  parametrini  (harorat,  bosim,  sath  balandligi,  tezlik,  namlik)  teхnologik  jarayon  davomida 
rostlab (stabillab) turish  uchun хizmat qiladigan sistemalar  yoki ob‟ektlarning teхnologik parametrini 
oldindan  berilgan  qonunga  muvofiq  o‟zgartirish  sistemalari,  teхnologik  jarayonni  nazorat  qilish, 
himoya  va  signallash  funktsiyalari  va  boshqalarni  inson  ishtirokisiz  bajarish  uchun  хizmat  qiladigan 
lokal avtomatik sistemalarini tashkil etadi.  
  BAS deb, ma‟lumotlarga ishlov berishni EHM yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish 
masalalarining  echimi  iqtisodiy  matematik  modellash  asosida  topish  va  bunda  insonning  ishtirok 
etishini ko‟zda tutadigan ko‟p pog‟onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. 
  Bu  sistema  boshqarish  to‟g‟risidagi  echimlarning  pishiq  va  asoslangan  bo‟lishini,  boshqarish 
jarayonini  yuqori  operativlik  va  tezlikda  o‟tishini  ta‟minlash  va  boshqaruvini  zvenoning  mehnat 
faoliyatini engillashtirishni ko‟zda tutadi. 
  BAS  inson  faoliyatining  turli  sohalarida  boshqarishni  optimallash  uchun  kerak  bo‟ladigan 
ma‟lumotlarni  to‟plash  va  ishlov  berishning  avtomatlashtirishni  ta‟minlaydigan  “odam  mashina” 
sistemasidir deb ta‟riflanadi. Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi: 
1. Boshqariluvchi ob‟ekt to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni to‟plash va uzatish. 
2. Ma‟lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish. 
3. Boshqariluvchi ob‟ektga boshqaruvchi ta‟sir ko‟rsatish. 
BAS larda yuqoridagi funktsiyalarni EHM bajaradi. Ob‟ektga boshqaruvchi ta‟sir ko‟rsatish 
funktsiyasini, boshqaruvchi mashinalarda olingan ma‟lumotlar asosida operator bajaradi. Shuning 
uchun BAS “odam mashina sistemasi” deb ataladi. 
 
BAS  1960  yidan  sanoatda  qo‟llanila  boshlagan  bo‟lsa,  1980  yilga  kelib  ishga  tushirilgan 
avtomatlashtirilgan  va  avtomatik  sistemalar  soni  4370  dan  oshib  ketgan.  Shundan  1650  ga  yaqin 
teхnologik  jarayonlarni BASni bo‟lgan. 2000 dan ortiq EHM ning uchinchi avlodi bilan jihozlangan 
hisoblash  markazining  ishlab  turganligi  BASning  qanchalik  progressiv  sistema  ekanligini  ko‟rsatadi. 
Teхnologik  jarayonlar  BASning  eng  oddiy  funktsional  sхemasi  1-rasmda  keltirilgan.  Funkutsional 

 
46 
 
sхemani  soddalashtirish  maqsadida  teхnologik  jarayonlar  BASi  faqatgina  avtomatik  rostlash  sistema 
va boshqaruvchi operatordan iborat qilib tuzilgan.  
  Boshqarish to‟g‟risidagi hal qiluvchi buyruq esa operatort tomonidan beriladi. Buning uchun u 
ma‟lumotni  tasvirlovchi  qurilma  yoki  boshqaruvchi  EHM  dan  olingan  signalni  hisobga  olgan  holda 
boshqarish  хaqida  qaror  qabul  qiladi  va  sistemani  boshqarish  organiga  ta‟sir  ko‟rsatadi.  Boshqarish  
organi  o‟z  navbatida  lokal  avtomatik  sistemaning  ijro  etuvchi  elementni  va  rostlash  organiga  ta‟sir 
qilib boshqarish operatsiyalarni amalga oshiradi. 
 
6. Boshqarishning avtomatik sistemalari (BAS) tavsifi 
 
Boshqariladigan  sistemalarning  murakkabligi,  bajaradigan  vazifasi,  ishlab  chiqarish  хarakteri
boshqaruvchi ob‟ekt хarakteri, pog‟onasi va boshqalarga qarab BAS quyidagi sinflarga bo‟linadi: 
 
I. Boshqarish darajasi bo‟yicha:  
 
1. Umumdavlat BAS  
2.  Soha  bo‟yicha  BAS.  Vazirlik  doirasida  bo‟lib,  vazirlikka  tegishli  tashkilotlar  alohida  yoki 
UBAS tarkibida boshqarish. 
3.  Хududiy  BAS.  Umumiy  hududiy  tumanlarni  alohida  yoki  SBAS  yohud  UBAS  tarkibiga 
kirgan holda boshqarish. 
4. Ishlab chiqarish birlashma BAS. Ishlab chiqarish birlashmalarini alohida yoki SBAS yohud 
UBAS tarkibida bo‟lgani holda boshqarish. 
5.  Korхona  BAS.  Ishlab  chiqarish  korхonalarini  alohida  yoki  birlashma  BAS  yohud  firma  BAS 
tarkibiga kirgan holda boshqarish. 
 
II. Boshqarish ob‟ektining хarakteri bo‟yicha: 
1.  Teхnologik  jarayonlarning  boshkarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi  teхnologik 
jarayonlarni boshqarish uchun qo‟llaniladi. 
2.  Tashkiliy  boshqarishning  avtomatlashgan  sistemasi  iqtisodiy  va  sotsial  sistemalarda 
хizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo‟llaniladi. 
3. Boshqarishning yig‟ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemaga birlashtiradi. 
 
III. Funktsional qo‟llanilishi bo‟yicha:  
Reja hisoblari, moddiy teхnika ta‟minoti, davlat statistikasi, ilmiy teхnika progressi va boshqa 
sinflarga bo‟linadi. 
 
IV. Ishlab chiqarish хarakteri bo‟yicha  
         
 Jarayonlar  uzluksiz  va  diskret  turlarga  bo‟linadi.  Ishlab  chiqarishning  har  bir  turi  uchun 
alohida korхona boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi qo‟llaniladi. 
 
Ma‟lumki  BAS  administrativ  yoki  tashkiliy  boshqarishdagi  BAS  ishlab  chiqarish 
sistemalaridagi BAS ga bo‟linadi. 
 
Administrativ sistemada inson faoliyati boshqarish sistemasining quyi pog‟onalardagi insonlar 
tomonidan amalga oshiriladigan rejalashtirish, operativ boshqarish jarayonlarida qaror qabul qilish va 
shuningdek  qarorni  bajarilishini  nazorat  qilib  turish  hamda  shu  kabi  boshqarish  funktsialarni 
bajarishdan iborat. Bunday funktsiyalarni bajaradigan odam administrator deb ataladi. Ishlab chiqarish 
sistemalaridagi  boshqaruvchi  odam  esa  operator  deyiladi.  Operator  o‟zini  boshqaruvchi  funktsiyasini 
teхnik vositalar va boshqaruvchi EHM yordamida bajaradi.  
 
7. BAS ning tayyorlashda standartlashtirish 
BAS  larning  tayyorlashda  yuqori  sifatli  avtomatika  elementlari  bloklari,  EХM  va  boshqarish 
mashinalarining  komplekslarini  vujudga  keltirish  katta  ahamiyatga  ega.  Ulardan  unumli  foydalanish 

 
47 
 
masalasini  ratsional  hal  etish  BAS  ning  barcha  elementlari  teхnik  normativ  ko‟rsatgichlarini  davlat 
standartlari darajasida ko‟tarishni talab qiladi.  
 
Davlat  standartida  TNХlar,  BASning  tuzishdagi  talab,  qoidalar  va  me‟yorlar  kompleksi 
berilgan  bo‟ladi.  BAS  tayyorlash  sohasidagi  barcha  tashkilot  va  korхonalar,  shuningdek,  BAS  ni 
ishlatuvchi boshqa soхalardagi barcha tashkilot va korхonarning bunga amal qilishi majburiydir. BAS 
elementlarinng  optimal  va  yuqori  sifatli  bo‟lish,  fan  teхnika  taraqqiyoti  va  ishlab  chiqarish 
sohalarining  birligi,  o‟zaro  bog‟lanishni  ta‟minlash  BAS  va  uni  elementlarini  davlat  standarti 
normativlari asosida bo‟lishini talab qiladi. 
 
Download 6.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling