1-mavzu. Farmatsevtik kimyo fani va uning obyektlari, vazifalari. Dori
vositalarini nomlanishi va tasniflanishi. Dori vositalarini sifatini ta’minlash. MX
larining tuzilishi, ko‘rsatkichlari va ahamiyati.
Farmasevtik kimyo fanining asosiy vazifalari, boshqa fanlar orasida tutgan o‘rni.
Fan rivojlanishining qisqacha tarixi. Dori moddalarining tasniflanishi, olinish
manbalari. Farmatsevtik kimyo fanida zamonaviy tahlil usullarini qo‘llash. Dori
vositalarini yaratish, sifatini nazorat qilishda farmatsevtik kimyo fanining tadqiqot
usullari. O`zbekiston Respublikasida standartlash ishlari. Dori vositalarini
standartlash bo`yicha me’yoriy tahlil hujjatlari. MTXlarni tuzilishi va ularni ishlab
chiqish. Dori vositalari sifat standartlarini ekspertiza va ro`yxatdan o`tkazish.
Standart namunalar.
2-mavzu. Dori vositalarni sifatini nazorat qilishning farmakopeyaviy
usullari. Dori vositalarining sifatliligini ta’minlash muammolari. Umumiy va
xususiy yot aralashmalarni aniqlash usullari.
Dori vositalarni sifatini nazorat qilishning farmakopeyaviy usullari dori
vositalari misolida beriladi. Dori vositalarining sifatliligini ta’minlash muammolari
keltiriladi. Tahlilning umumiy va xususiy usullari. DF talablari asosida mahsulot
sifatini kafolatlash. Dori vositalari chinligining fizikaviy va kimyoviy usullari.
Moddalarning tozaligini aniqlash bosqichlari. Dori moddalari tarkibiga yot
moddalarning qo`shilib qolish manbalari va sabablari. Dori moddalar miqdorini tahlil
qilish usullari (titrimetrik, fizik, fizik-kimyoviy va zamonaviy usullari).
3-mavzu. Oksidlanish qaytarilish usullarining noorganik dori vositalari
tahlilida qo‘llanilishi. Peroksidlar. Galogenidlar va ularning ishqoriy metallar
bilan hosil qilgan birikmalari. 5 - 10% yodning spirtli eritmasi, xlorid kislotasi,
kaliy va natriy bromid (xlorid, yodid).
Oksidlanish qaytarilish usullarining noorganik dori vositalari tahlilida
qo‘llaniladi. Noorganik dori moddalar tahlili. Tozalangan va infeksion suvning sifatini
nazorat qilish, saqlash to‘g‘risida, ulardagi ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan yot
aralashmalar haqida ma’lumotlar beriladi. Vodorod peroksidi. Bu guruhga kiruvchi
vodorod peroksidning suvdagi eritmasi, gidroperit, magniy peroksidlar tahlili, sifatini
nazorat qilish, saqlash haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |