Mavzu: analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi, vazifalari va usullari


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi40.61 Kb.
#1038594
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1M



1-MAVZU: ANALITIK KIMYO FANI, TADQIQOT DOIRASI, MAQSADI, 
VAZIFALARI VA USULLARI 
Reja:
 
1. Analitik kimyo, uni fan sifatida shakllanishi. 
2. analitik kimyoning ahamiyati, fanlar tizimidagi o’rnii, amaliyot bilan bog’liqligi.
3. Analitik kimyoning asosiy vazifalari. 
4. Analitik kimyoning nazariy asoslari.
5. Sifat va miqdoriy analiz.
6. Analitik kimyoning asosiy muammolari. 
7. Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.
8. Analitik kimyoning hozirgi ahvoli, rivojlanish yo’nalishi va istiqbollari. 
1. Analitik kimyo uni fan sifatida shakllanishi. Analitik kimyo, kimyo fanining asosiy 
tarkibiy qismlaridan biri bo’lib fan sifatida o’zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Insoniyat doimo 
o’zini o’rab turgan olamni o’rganish va undan o’z hayotida foydalanishga intilganligi sababli 
analitik kimyo va uning turli usullari yuzaga kelgan. Analitik kimyo fan sifatida XIX- asrda 
shakllandi. Bu vaqtga kelib ko’p moddalarning xususiy reaksiyalari topildi, indikatorlar 
nazariyasi, kompleks birikmalarning koordinasion tuzilish nazariyasi, kislota va asoslar 
nazariyalari hamda kimyoning qator qonunlari yaratildi, sanoat va ishlab chiqarishning 
rivojlanishi, xomashyo va mahsulotlarga bo’lgan talabning oshishi uning rivojlanishi uchun katta 
yo’l ochib berdi. Bu vaqtga kelib fizikaviy asbob va qurilmalarning rivojlanishi analizni 
instrumental va avtomatik usullarini rivojlantirdi. Bularning barchasi analitik kimyoning fan 
sifatida shakllanishiga asos bo’ldi. 
Hozirgi kunda analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asoslari va metodlarini ishlab 
chiqadigan fandir. Analitik kimyo mavjud analiz usullarini takomillashtiradi va yangi analiz 

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling