1.Mavjud analiz usullarini rivojlantirib takomillashtiradi;
2.Fan va sanoatning o’sib borayotgan talablariga javob beradigan yangi analiz usullarini
yaratadi va ularni nazariy jixatdan asoslaydi; (bunga analizning zamonaviy sensorlardan
foydalanishga asoslangan distansion, avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan usullari,
namuna tarkibidagi ayrim komponentlarni namunani buzmasdan
tezkor aniqlashga imkon
beradigan usullari va b. kiradi).
3. Analizni tez va arzon bo’lishini, olinadigan natijani to’g’ri, aniq va takrorlanuvchanligini,
ta’minlash.
4. Ilmiy-tadqiqot ishlarini analitik nazorat qilishni ta’minlash;
5. Atrof - muhit monitoringini ta’minlash;
4 .Analitik kimyoning nazariy asoslari. Sifat va miqdoriy analiz.
D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi, elektrolitik dissosilanish nazariyasi,
massalar ta’siri qonuni, kimyoviy muvozanat, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, koordinatsion
birikmalar hosil bo’lishi, tuzlarning gidrolizlanishi va asoslarning amfoterligi
kabi mavzular
kimyoviy analizning nazariy asosini tashqil etadi.
Analitik kimyo har xil moddalar va ularning aralashmalarini sifat va miqdoriy tarkibini
o’rganish bilan shug’ullanadigan fan bo’lganligi sababli birinchi navbatda u
sifat va miqdoriy
usullarga bo’linadi.
Modda tarkibiga qanday element, molekula yoki ionlar kirishini topish, aniqlash sifat
analizining vazifasidir. Tekshirilayotgan modda tarkibini tashqil
etgan element yoki ionlar
miqdorini aniqlash esa miqdoriy analizning vazifasi hisoblanadi. Sifat analizi hamisha miqdor
analizidan oldin bajariladi.
Hozirgi davrda analitik kimyo zamonaviy, mukammal usullarga ega.
Ular moddalarning turli
xususiyatlariga asoslangan. Barcha analiz usullarini 4 guruhga bo’lish mumkin: kimyoviy,
fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik.
Do'stlaringiz bilan baham: