Mavzu: analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi, vazifalari va usullari
Analitik kimyoning asosiy muammolari
Download 40.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.
- R.Boylning
- T.Bergman
- T.Ye. Lovis
- V.I. Severgin
6.Analitik kimyoning asosiy muammolari: Analitik kimyoning hozirgi zamon asosiy
muammolariga analizda aniqlanadigan moddani topish chegarasini pasaytirish, tezkorlikni va olinadigan natija aniqligini oshirish hamda mikroobyektlar analizi, buzmasdan, lokal va distansion analizni rivojlantirishni kiritish mumkin. 7. Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Analitik kimyoning birinchi metodlari qadimgi alximiklar tomonidan yaratilgan bo’lib ular moddalarni sifat jihatdan aniqlashda ishlatilgan. Miqdoriy analiz qadimda "Tekshirish san’ati" deb atalgan va uning yordamida oltin, kumush singari metallarning tozaligi aniqlangan. Analitik kimyo fan sifatida XVII- asrning o’rtalaridan shakllana boshlagan. Bu fanning rivojlanishida ingliz olimi R.Boylning (1627-1691) hissasi katta. U sifat analizining asoschisi hisoblanadi. R.Boyl murakkab kimyoviy moddalar elementlardan tashqil topganligi haqidagi fiktni aytgan, o’zigacha ma’lum bo’lgan sifat reaksiyalarini sistemalashtirgan va bir qator yangi reaksiyalarini taklif qilgan. U birinchi marta “Indikatorlar” sifatida lakmus va o’simliklardan olinadigan ba’zi bo’yoq moddlar yordamida kislota va ishqorlarni bir-biridan farqlash mumkinligini amalda isbotladi. R.Boylning bu ishlari sifat analiziga qo’yilgan birinchi qadam bo’ldi. XVIII asrda shved olimi T.Bergman (1738-1784) eritmadagi metall ionlarini gruppalar holida ajratish usulini joriy etdi va bu usulni sifat analiziga kiritdi. Bu sistematik analizning boshlanishi edi. Bu usuldan hozirgi vaqtda ham foydalanib kelinmoqda. T.Bergman murakkab tarkibli tuzlar aralashmasini vodorod sulfid yordamida sistemali analiz qilish tartibini ishlab chiqdi. M.V.Lomonosov (1711-1765). moddalar massasining saqlanish qonunini tajribada isbotlashi bilan miqdoriy analizga asos soldi. Shundan so’ng kimyoviy jarayonlarda miqdoriy hisob kitoblar olib borila boshlandi, Analizda tarozidan foydalanilib gravometriya metodi yaratildi. M.V. Lomonosov o’zining «Metallurgiya i osnov pervichnoy obrabotki rud» kitobida bir qancha analiz usullarini yozgan. Sifat analizidagi mikrokristalloskopik usulga XVIII asrda T.Ye. Lovis (1757-1804) tomonidan asos solindi. T.Ye.Lovis o’zining “Metallurgiya va qazish ishlari asosi” kitobida moddalarning kristall formalari turlicha ko’rinishga ega ekanligini ko’rsatib berdi. U moddalarning kristall panjaralarining tuzilishi bilan ularning kimyoviy tarkibi o’zaro bog’liqligini isbotladi va mikrokristalloksopik analizga asos soldi. Kalsiy tuzlari ishtrokida alanganing qizil tusga bo’yalishidan foydalanib, tuzlar tarkibida kalsiy borligini bilib olish mumkinligini amalda ko’rsatdi. Miqdoriy analizning hajmiy usulini fanga fransuz olimi J.Gey-Lyussak (1778-1850) kiritdi. Bu metod X1X aspHing o’rtalarida oksidlanish-qaytarilish hamda cho’ktirish metodlarida indikatorlar qo’llanilishi bilan yanada rivojlandi. Gey-Lyussak birinchi marotaba hajmiy analiz yordamida moddalarni miqdorini aniqlagan. Analitik kimyoning rivojlanishida V.I. Severginning (1765-1794) hissasi ancha salmoqli. U 1796 yilda o’zining “Mineral suvlarni tekshirish bo’yicha qo’llanmasi”ni 1800 yilda farmasevtik kimyo darsligini, 1801 yilda metall va boshqa qazilmalarga oid analitik kimyo qo’llanmasini yaratdi. V.I. Severgin xajmiy analizning neytralizasiya metodiga asos soldi. XIX asrda analitik kimyo sohasida nemis olimi K.Frezenius (1818-1897) ancha ishlar qildi. U sifat va miqdor analizi bo’yicha mukammal qo’llanma yozdi va 1862 yilda analitik kimyo bo’yicha birinchi ilmiy jurnalga (Z.Anal. Chem) asos soldi. Analitik kimyoning nazariy va amaliy muammolarini hal etishda D.I. Mendeleyevning (1834-1907) elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, (1869 y) muhim ahamiyatga ega. Davriy sistema elementlarning hossalaridagi anologiyadan foydalanib ionlarni topishda yangi usullarni kashf etishga imkon berdi. D.I.Mendeleyevning fikrlarini davom ettirib Download 40.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling