Zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar


Download 332.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana10.11.2023
Hajmi332.56 Kb.
#1762892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
farmatsevtik kimyo O`quv dastur (2)

 
Laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar 
Lаborаtoriya mаshg‘ulotlаrda talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan 
bilim va ko‘nikmalarini vaziyatli masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shu 
bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimini 
mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar 
bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va boshqalar tavsiya etiladi.
V. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. 
Kurs loyihasini maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, 
olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab 
chiqarishdagi real sharoitlarga mos bo‘lgan, qulay yechimlar qabul qilish, 
zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil 
qilishdan iborat. 
Kurs loyihasi mavzulari bevosita dorixonalarning analitik xonalari, nazorat 
tahlil laboratoriyalari va sanoat korxonalarining nazorat tahlil laboratoriyalarida 
dori vositalarini sifatini tahlil qilish sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Kurs 
loyihasini mavzulari talabalarga 6-chi semestrda shaxsiy topshiriq sifatida beriladi. 
Kurs ishining adabiyotlar sharhi mavzu yuzasidan mavjud bo‘lgan adabiy 
manbalarni yig‘ish, ularni tartibga solish va tajriba qismini bajarish uchun tahlil 
usullarini belgilab olishdan iborat. Kurs ishining tajriba qismi fan bo‘yicha ishlab 
chiqarish amaliyotini o‘tish jarayonida bajarilib, ishlab chiqarish korxonasida 
ximoya qilinadi. Fan bo‘yicha kurs ishlarining mavzulari, uslubiy ko‘rsatmalar 
ishlab chiqilib, bunda kurs ishlarining mavzulari, rejalari va bajarish jarayonlari 
to‘la aks ettirilgan.
Kurs loyihasi uchun tavsiya etilgan mavzular 
1. Dori vositalarini tahlilida refraktometriya usulini qoʻllanilishi
2. Vitaminlar tahlilida flyuorometrik usulini qoʻllanilishi
3. Dori preparatlari tahlilida Keldal usulni qoʻllanilishi
4. Dori preparatlari tahlilida kompleksonometrik usulni qoʻllanilishi. 
5. Dori preparatlari tahlilida nitritometriya usulini qo`llanilishi
6. Galogen saqlagan ishqoriy yer metallar
7. Magniy saqlagan preparatlar tahlili
8. Kalsiy saqlagan dori preparatlar tahlili
9. Vismut saqlagan dori preparatlar tahlili
10. Peroksid dori preparatlari tahlili
11. Galogen hosilali uglevodorodlar tahlilining oʻziga xosligi
12. Aldegid guruh dori moddalar tahlili 
13. Uglevodorod guruh dori vositalari tahlili
14. Oligodigidrokarbon kislotalar toʻyinmagan lakton guruh preparatlar tahlili 
15. Betalaktamid guruh preparatlar tahlili. Penitsillinlar
16. Bettalaktamid guruh preparatlar tahlili. Sefalosporinlar
17. Karbon kislota tuzlari tahlili



18. Alifatik aminokislotalar qatori dori preparatlari tahlili
19. Monotsikloterpen dori vositalar tahlili
20. Bitsiklik terpen dori vositalar tahlili
21. Retinol guruh preparatlar tahlili
22. Fenol qatori dori preparatlari tahlili
23. Naftoxinon guruh preparatlari tahlili
24. Aromatik kislotalar va ularning tuzlari boʻlgan dori preparatlari tahlili
25. Aromatik aminokislotalar tahlili
26. P-aminobenzoy kislota guruh dori vositalarini tahlili
27. P-aminosalitsil kislota preparatlari tahlili
28. Fenilsirka kislota guruh preparatlar tahlili
29. Dietilaminofenilalkilaminlar guruh preparatlar tahlili
30. Gidroksifenilalifatik guruh dori vositalar tahlili

Download 332.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling