Sirupi simplicis aa 20 ml
Aquae destillatae ad 60 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan uyqudan oldin ichilsin.
Misol. Tarkibida kodein fosfat td = 0,015 va barbital-natriy
td = 0,3 bo‘lgan aralashmani ichish uchun shakar qiyom qo‘shib, qoshiqda ichish uchun aralashmaga retsept yozing.
Hisob: kodein fosfati 0,015 x 12 marta = 0,18
barbital-natriy 0,3 x 12 marta = 3,6
1ta osh qoshiq - 15 ml x 12 = 180 ml
qiyom - 180 ml : 3 = 60 ml
Rp.: Codeini phosphatis 0,18
Barbitali-natrii 3,6
Sirupi simplicis 60 ml
Aquae destillatae ad 180 ml
M.D.S. Osh qoshiqda ichilsin.
Takrorlash uchun savollar:
Qanday dori shakli dorivor yig‘malar deb ataladi?
Dorivor yig‘malar qaysi yo‘llar bilan qo‘llaniladi?
Dorivor yig‘malarni ichish mumkinmi?
Qanday dori shakli suspenziya deb ataladi?
Suspenziyalar retseptda necha xil shaklda yoziladi?
Suspenziyalar qaysi yo‘llar bilan qo‘llaniladi?
Qanday dori shakli aralashmalar deb ataladi?
Aralashmalarning necha xil turi mavjud?
Aralashmalar eritmalardan nima bilan farq qiladi?
Aralashmalar retseptda necha xil shaklda yoziladi?
Suyuq dori tayyorlashda moddalarning xidini bartaraf etish uchun qanday brikmalar qo‘shiladi?
Suyuq dori tayyorlashda moddalarning tamini yaxshilash uchun qanday moddalar qo‘llaniladi?
Suyuq dori tayyorlashda moddalarning ta’sirlovchi xossasini bartaraf etish uchun qanday brikmalar qo‘llaniladi?
Korrigenslar suyuq dori tayyorlashda qanday miqdorda qo‘llaniladi?
Eritmalarga korrigenslar qo‘shilganda qanday dori shakli xosil bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |