M.f. solutio
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Qisqartirilgan “ex” shakl:
Rp.: Solutionis Atropini sulfatis ex 0,01 – 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Qisqartirilgan % shakl:
Hisob: 0,01 – 10 ml x = 0,01 x 100 = 1 = 0,1%
x - 100 ml 10 10
Rp.: Solutionis Atropini sulfatis 0,1% - 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Ofitsinal eritmalarni yozib berishda ularning kontsentratsiyasi ko‘rsatilmay faqat nomi va miqdori ko‘rsatiladi.
Misol. Md = 5 tomchi bo‘lgan nitroglitserinning spirtli eritmasi yozib berish buyurilsin.
Rp.: Solutionis Nitroglycerini spirituosae 2 ml
D.S. 2 tomchidan 1 chaqmok qandga tomizilib, til
ostiga qo‘yilsin.
Misol. Kordiamin eritmasi 10 ml yozib berilsin. 10 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Cordiamini 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichishga buyurilsin.
TINDIRMA
Tindirma bosh kelishik birlik sonda - Tinctura, qaratkich kelishik birlik sonda - Tincturae.
Tindirmalar deb o‘simliklardan tayyorlangan, ozmi ko‘pmi rangli bo‘lgan, suyuq, tiniq spirtli, spirt-suvli yoki spirt-efirli ajratmalarga aytiladi. Ularni tayyorlash uchun ko‘proq 70% yoki 40% etil spirti qo‘llaniladi, chunki unda dori tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi birikma yaxshi eriydi. Shu bilan bir qatorda spirt yaxshi konservatsiyalash xossasiga ega. Shu turayli damlama va qaynatmalarga nisbatan tindirmalar turgun dori shakli bo‘lib, xona haroratida berk idishlarda uzoq saqlash mumkin. Tindirmalar ofitsinal preparatlar hisoblanib, Farmakopeya asosida farmatsevtik korxonalarda tayyorlanadi va dorixonalarda tayyor xolatda bo‘ladi.
Tindirmalar bo‘linmagan dori shakli bo‘lib, har bir qabul uchun bemor o‘zi ajratib oladi.
Tindirmalarga retsept yozishni faqat bitta, ofitsinal usuli bo‘lib, u Tinctura so‘zidan boshlanadi, keyin o‘simlikning nomi va tindirmaning miqdori millilitrlarda ko‘rsatiladi. Tindirmalar tomchilar bilan taqsimlanadi va asosan ichish uchun beriladi. Ammo ba’zi xollarda sirtga (chayqash) ishlatish uchun berilishi mumkin.
Misol, td = 20 tomchi bo‘lgan valeriana tindirmasiga retsept yozilsin, 20 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |