´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги


Mustaqil retsept yozish uchun misollar


Download 1.17 Mb.
bet17/42
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1373451
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
Kerakli

Mustaqil retsept yozish uchun misollar:

  1. td = 0,001 bo‘lgan kuchala (Strychnini nitras) tomchilarda ichish uchun barcha usullarda retsept yozing.

  2. td = 0,05 bo‘lgan efedrin gidroxlorid (Ephedrini hydrochloridum) eritmasini ichish uchun tomchilarda retsept yozing.

  3. td = 10 tomchi bo‘lgan qora dori (Opium) tindirmasiga retsept yozing.

  4. Ichish uchun, td = 20 tomchi bo‘lgan sarimsoq (Allium sativum) tindirmasiga retsept yozing.

  5. Ichish uchun, Md = 10 tomchi bo‘lgan strofant (Strophanthum) va Md = 30 tomchi bo‘lgan marvarid gul (Convallaria majalis) tindirmalaridan iborat aralashmaga retsept yozing.

  6. td = 25 tomchi bo‘lgan do‘lana (Crataegus) dan tayyorlangan suyuq ekstraktni ichish uchun retsept yozing.

  7. Ichish uchun, td = 30 tomchi bo‘lgan levzey (Leuzea cartamoidis) dan tayyorlangan suyuq ekstraktga retsept yozing.

  8. Ichish uchun, td = 25 tomchi bo‘lgan digalen-neo (Digalen-neo) novogalen preparatiga retsept yozing.

  9. Ichish uchun, td = 15 tomchi bo‘lgan lantozid (Lantosidum) novogalen preparatiga retsept yozing.

  10. Ichish uchun, td = 25 tomchi bo‘lgan konvazid (Convasidum) novogalen preparatiga retsept yozing.



SIRTGA ISHLATILADIGAN ERITMALAR


Sirtga ishlatiladigan eritmalarga teridagi yaralarni yoki tana bo‘shliqlarini chayish, yuvish va malham (primochkalar) uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllari, shuningdek ko‘z, quloq va burunga tomiziladigan suvli va moyli eritmalar, hamda suspenziyalar kiradi.
Retseptda chayish, yuvish (sprintsevanie) va malham (primochka) uchun eritmalar 50 ml dan – 500 ml gacha miqdorda yozib beriladi. Eritmalar kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi. Eritmalar ko‘pincha kontsentirlangan holda yoziladi. Qisqartirilgan shaklda asosan suvli eritmalarni, shuningdek moyli va spirtli eritmalarni yozish mumkin.
Malham (primochka) – og‘rigan joyga suyuq shakldagi dori shimdirilgan lattani qo‘yishdir.
Dori eritmalari (suyuq dori shakli) bilan peshob xaltasi, peshob yo‘llari, qin va bachadonni bosim ostida chayqash yoki yuvish sprintsevanie deb ataladi.
Siydik yo‘li kanalining shilliq qavati, ayniqsa ayollar jinsiy a’zolarining shilliq qavati hamda yaralarning tashqi tomoni juda yaxshi shimish xususiyatiga ega, shu sababdan chayish va yuvish uchun eritmalar tayyorlanganda, dori moddalarining terapevtik dozasiga katta ahamiyat berish kerak.
Ko‘zga tomizish uchun eritmalar retseptlarda 5 ml, quloq va burunga tomizish uchun eritmalar 10 ml, tomoqni chayqash va malham uchun 50 – 200 ml, sprintsevanielar uchun 500 – 1000 ml miqdorda, kengaytirilgan va qisqartirilgan usullarda yoziladi.
Misol. Kaliy permanganati 10 ta chayishga 0,02% li eritma holda yozilsin.
Hisob: 1 marta chayish uchun 200 ml eritma zarurligini e’tiborga olgan xolda, 10 ta chayqash uchun 2000 ml kerak bo‘ladi. Shuning uchun kontsentrlangan eritma beriladi va bemor o‘zi qaynatilgan suvda keraklicha eritib chayqash uchun ishlatadi.

100 ml - 0,02 x = 200 x 0,02 =0,04


200 ml – x 100
10 ta chayqash uchun: 0,04 x 10 = 0,4

Kontsentirlangan eritma yozamiz, bunda har bir dozani, ya’ni 1 osh qoshiq eritma 1 stakan suvda suyultiriladi: 15 ml x 10 = 150 ml





Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling