´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
NOVOGALEN PREPARATLARINovogalen peparatlari spirt, spirt-efir yordamida o‘simlik xom ashyosidan olinib, ballast moddalaridan imkoni boricha tozalangan ajratmalardir. Shuning uchun ham ular nafaqat ichish uchun, balki parenteral yo‘l bilan yuborish uchun ham buyuriladi. Har bir novogalen preparatni maxsus nomi bor. Barcha novogalen preparatlari ofitsinal bo‘ladi. Ichish uchun buyurilgan novogalen preparatini yozishda preparatning nomi va miqdori ko‘rsatiladi. Ichish uchun flakonlarda, in’yektsiya qilish uchun ampulalarda chiqariladi. Novogalen preparatlari terapevtik jihatdan juda aktiv va saqlaganda turg‘un birikmalardir. Misol. Adonizidning novogalen preparatidan 15 ml yozib berilsin. 15 tomchidan ichish uchun buyurilsin. Rp.: Adonisidi 15 ml D.S. 15 tomchidan ichilsin. Takrorlash uchun savollar: Qanday dori moddalarning eritmalari ichishga tomchilarda o‘lchab beriladi? Ichish uchun eritmalarni qancha tomchisi qulay hisoblanadi? Dorilarning 1 terapevtik dozasi ichish uchun necha tomchi erituvchida eritiladi? Tomchilarda taqsimlanadigan eritmalar necha marta qabul qilishga beriladi? Tomchilarda taqsimlanadigan eritmalar uchun retseptlar necha usulda yoziladi? Qanday dori shakli tindirmalar deb ataladi? Tindirmalar damlamalardan qanday farq qiladi? Tindirmalar ichish uchun qanday taqsimlanadi? Tindirmalar necha marta qabul uchun beriladi? Tindirmalar uchun retsept yozishni nechta usuli mavjud? Qanday dori shakli ekstraktlar deb ataladi? Ekstraktlarning necha turi mavjud? Ekstraktlar tindirmalardan qanday farq qiladi? Suyuq ekstraktlar qanday nisbatda tayyorlanadi va ichish uchun qanday taqsimlanadi? Suyuq ekstraktlar uchun retsept qanday yoziladi? Quyuq ekstraktlar tarkibida namlik necha foyz bo‘ladi? Quyuq ekstraktlar qanday maqsadda qo‘llaniladi? Quruq ekstraktlarda namlik necha foyzni tashkil etadi? Quruq ekstraktlar qanday maqsadda qo‘llaniladi? 20.Qanday dori shakli novogalen preparatlari deb ataladi? 21.Novogalen preparatlari qanday qo‘llaniladi? 22.Ichish uchun novogalen preparatlari qanday taqsimlanadi? 23.Novogalen preparatlari uchun retseptlar qanday yoziladi? Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling