Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
do-while -sikl operatori.
Bu takrorlash operatorining ko‗rinishi quyidagicha: do { // takrorlanuvchi operatorlar } while (shart); Bu holda oldin takrorlanuvchi operatorlar bajariladi, keyin esa shart tekshiriladi. Agar shart rost bo‗lsa, takrorlanishlar davom etadi, agar shart yolg‗on bo‗lsa, sikldan chiqiladi. do-while da takrorlanuvchi operatorlar kamida bir marta bajariladi. Quyida 7.1-rasmdagi algoritmning f(i)=i uchun programmasini keltirilgan: public class Summa { public static void main(String[] args) { int i, s, n; n=20; s=0;i=1; do { 54 s+=i; i++; } while (i<=n); System.out.println("summa= " +s); } } Programmaning natijasi summa= 210 ko‗rinishda bo‗ladi. Bu programmaning sikl qismini do { s+=i; } while (++i<=n); ko‗rinishda ham yozish mumkin. Bu holda while da avval i ning qiymati bittaga oshiriladi va keyin shart tekshiriladi. Takrorlanuvchi operatorlar kamida bir marta ishlashi kerak bo‗ladigan hollarda sikl operatorning bu turidan foydalanish maqsadga muvofiq. Quyidagi programma[1] do-while siklining qo‗llanishiga yaxshi mosol bo‗ladi: package poytaxt; public class Poytaxt { public static void main(String[] args) throws java.io.IOException { char poy; do { System.out.println("Respublikalarning poytaxtlari bo‗yicha ma‘lumot:"); System.out.println("1. O‗zbekiston"); System.out.println("2. Qozog‗iston"); System.out.println("3. Turkmaniston"); System.out.println("4. Tojikiston"); System.out.println("5. Qirg‗iziston"); System.out.println("Kerakli respublikaning nomerini tanlang:"); poy = (char) System.in.read(); } while (poy < '1' || poy > '5'); System.out.println("\n"); switch (poy) { case '1': System.out.println("Toshkent"); break; case '2': System.out.println("Astana"); break; case '3': System.out.println("Ashxabad"); break; case '4': System.out.println("Dushanbe"); break; case '5': System.out.println("Bishkek"); break; }}} Programma ishlaganda ekranda 55 Respublikalarning poytaxtlari bo‗yicha ma‘lumot: 1. O‗zbekiston 2. Qozog‗iston 3. Turkmaniston 4. Tojikiston 5. Qirg‗iziston Kerakli respublikaning nomerini tanlang: 2 Astana Bu programmada sizga notanish bo‗lgan throws java.io.IOException satri klaviatura yordamida kiritilayotgan ma‘lumotlarning to‗g‗riligini tekshiruvchi buyruqdir. Ma‘lumotlarni kiritishni esa System.in.read(); buyrug‗i amalga oshiradi. Kiritilayotgan ma‘lumot butun son (ikkilik kod) deb o‗qiladi va uni (char) belgiga o‗tkazadi. Bu holda raqam kiritilgandan so‗ng, Enter klavishi bosilishi kerak. Bu buyruqlar bilan keyingi bo‗limlarda batafsil tanishamiz. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling