Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
O‘ZGARUVCHILARNING TA’SIR DOIRASI. ................................................... 62
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. MASHQLAR. ...................................................................................................... 67
- ADABIYOTLAR ....................................................................................................... 71
- Windowsni
- Excel ham, Access
- Javadan
8. O‘ZGARUVCHILARNING TA’SIR DOIRASI. ................................................... 62
9. SHARTSIZ O‘TISH OPERATORLARI. .............................................................. 63 BREAK OPERATORI . ............................................................................................................... 63 CONTINUE OPERATORI . .......................................................................................................... 65 RETURN OPERATORI . ............................................................................................................. 67 10. MASHQLAR. ...................................................................................................... 67 1. C HIZIQLI JARAYONLARGA DOIR MISOLLAR . ..................................................................... 67 2. T ARMOQLANUVCHI JARAYONLARGA DOIR MISOLLAR . ...................................................... 68 3. T AKRORLANUVCHI JARAYONLARGA DOIR MISOLLAR . ....................................................... 68 4. B IR O ‗ LCHOVLI MASSIVLARGA DOIR MISOLLAR ................................................................. 69 5. I CHMA - ICH JOYLASHGAN SIKLIK JARAYONLAR VA IKKI O ‗ LCHOVLI MASSIVLARGA DOIR MISOLLAR . 70 ADABIYOTLAR ....................................................................................................... 71 4 SO‘Z BOSHI Dasturlash (keyingi matnlarda programmalash so‗zini ishlatamiz) tillarini o‗rganuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifaga programmalashtirishdan umuman bexabar kishilar kirsa, ikkinchi toifaga programmalash tillaridan birini ma‘lum darajada biladigan kishilar kiradi. Birinchi toifadagilar programmalashni o‗rganishni nimadan boshlash kerakligini to‗liq tasavvur qilmaydilar. Ularning oldilarida algoritmlash, sanoq sistemalari, programmalash tilining o‗zi, programmani kompyuterdan o‗tkazish, xatolarni to‗g‗rilash (otladka) va boshqa programmalashga doir bir qator muammolar turibdi. Ikkinchi toifadagilar programmalashdan u yoki bu darajada xabardor, soddaroq masalalarni yechish algoritmlarini biror usulda tuza oladigan kishilar bo‗lib, programmani kompyuterdan o‗tkazishni, natijalarni tahlil qilishni bilishadi. Ularda endi murakkab masalalarni yechishga ehtiyoj tug‗iladi va ularning oldida algoritmlash va programmalashga doir ayrim muammolar paydo bo‗la boshlaydi. Masalan, murakkab masalaning yechish algoritmini qanday qilib bir nechta sodda yoki standart algoritmlar ketma- ketligiga keltirish va ularni bir-biri bilan bog‗lash, programmalashda protseduralarni tuzish va ulardan foydalanish, fayllar bilan ishlash va shunga o‗xshash. Shuning uchun ham bu toifadagilar programmalashni yana ham mukammalroq o‗rganishni xohlaydilar. Ikkala toifadagilar uchun ham darsliklar juda ko‗p. O‗zbek tilida yozilgan va barcha savollaringizga javob oladigan kitoblar ham juda ko‗p degan kafolatni beraolmayman, Ammo, rus yoki ingliz bilida bunday kitoblar juda ko‗p. Ammo, kerakli ma‘lumotni qaysi bir kitobdan o‗qishni tanlash uchun oylab Internetni titkilashga to‗g‗ri keladi. Agar sabringiz chidamasa, bu ishni oxiriga yetkazmasdan tashlab yuborishingiz ham mumkin. Ming afsuski, ko‗p hollarda shunday bo‗ladi. Ayrim hollarda ikki qator programma yozish uchun yuz varoq narsani varaqlashga to‗g‗ri keladi. Yaxshisi, programmalashni yaxshi biladigan tanishingiz bo‗lsa, undan so‗raganingiz ma‘qul. Keyin kitobni o‗qib tezda tushunasiz va bilimingizni yanada mustahkamlaysiz. Albatta, yoningizda kompyuter bo‗lsin, aks holda barchasi befoyda. Programmalash – bu shunaqa fan. Ayrim o‗quvchilar bilan suhbatlashib (maktab, litsey, kollej, institut, universitet va b.q.), ulardan Windowsni bilasanmi, deb so‗rasangiz – bilaman, Wordnichi – bilaman, Excelnichi – bilaman, deb javob beradi. Yaxshi, menga 100 ta oddiy kvadrat tenglamani Excel yoki Access da yechib bergin, desangiz yechib bera olmaydi. Chunki, u Excel yoki Access ning elementlarini o‗rgangan, Ammo, masalani yechish algoritmini o‗rganmagan. Programmalashda eng muhim narsa qo‗yilgan masalani yechish algoritmini u 5 yoki bu usulda to‗g‗ri yozishdir. Aks holda Excel ham, Access ham befoyda. Xuddi shu holni programmalash bo‗yicha tuman, shahar, respublika va jahon olimpiadalarida kuzatish mumkin. Ishtirokchilardan Pascal, C++, Delphi, Java yoki boshqa bir programmalash tillaridan birini bilasizmi, deb so‗rasangiz, hyech ikkilanmay, bilaman deb javob berishadi. Ammo,, natija qoniqarli emas, sababi – algoritmda. Chunki, algoritm to‗g‗ri yozilmas ekan, javob hyech qachon to‗g‗ri chiqmaydi. Algoritm tuzishni o‗rganmas ekanmiz, foydalanuvchi bo‗lib qolaveramiz. Yaratuvchilik ruhi bizda bo‗lmaydi. Qo‗lingizdagi mazkur kitob Java programmalash tilini (boshlang‗ich va asosiy muhim tushunchalarini), sodda algoritmik modellarni va sanoq sistemalarini (qisqacha) o‗rganishni xohlovchilarga mo‗ljallangan. Yuqorida ta‘kidlanganidek, Javadan juda kitob ko‗p. Men o‗zim ham bu tilni o‗rganishda o‗nlab kitoblarni ko‗rib chiqdim. Hammasi yaxshi, Ammo, ular har xil stilda yozilgan, ya‘ni Java tilining qaysidir bir tomonini yoritadi. Oxiri bir kitobga to‗xtashga to‗g‗ri keldi. Bu kitobda [1] tilning elementlari ancha to‗liq va ketma-ket berilgan. Ammo,, bu kitobni oldin o‗qib chiqaman va keyin programmalashni amalda boshlayman, desangiz xato qilasiz. Kitob juda katta, oxiriga borguncha oldingilari esdan chiqib ketadi. Yaxshisi, qadamba– qadam o‗rgangan ma‘qul. Chunki, Java boshqa programmalash tillaridan (C++ o‗xshasa ham) keskin farq qiladi. Deyarli Java ga bag‗ishlangan kitoblar uning tarixidan boshlanadi va bu tarix ancha uzoq. Yaxshisi, siz Java ni obdon o‗rganib, keyin tarixi bilan qiziqsangiz, u sizga ancha tushunarli bo‗ladi. Bu siz o‗ylagandek biror tarixiy joyning tarixi emas. Bizning maqsadimiz sizni tezroq programmalashtirish olamiga olib kirish va shuning uchun ham Java ning tarixini boshqa kitoblardan o‗qishingizni maslahat beramiz. Kitobni yozishda menga doimo sharoit yaratib bergan rafiqam Sattorova Dilbar Muxtarovnaga o‗zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman. Kitob haqidagi taklif va e‘tirozlaringizni quyidagi manzilga jo‗natsangiz, mamnuniyat bilan qabul qilaman: absattarov@rambler.ru Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling