Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Java da biror loyiha ishlashi uchun, albatta, bu loyihaning programmasi  bo‗lishi kerak. Shuning uchun ham NetBeans


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

Java da biror loyiha ishlashi uchun, albatta, bu loyihaning programmasi 
bo‗lishi kerak. Shuning uchun ham NetBeans yordamida Java tilini o‗zini 
o‗rganishni boshlaymiz. Bunga Java Application, deb ataladi. Ma‘lum 
tajriba va ko‗nikmalarga erishganimizdan keyin esa NetBeans yordamida har 
xil loyihalar va ularning programmasini tuzish bilan shug‗ullanamiz. 
NetBeans ning bu holatiga Java Desktop Application, deb ataladi. 
 
2. Java Application
Umuman, Java da programmalash bilan shug‗ullanganda, har bir misol 
yoki masalaning (qaysi sohadan bo‗lishidan qat‘i nazar) programmasini 
alohida papkada saqlagan ma‘qul. Chunki, har bir loyiha uchun NetBeans bir 
nechta xizmatchi papkalar va fayllar yaratadi. Shuning uchun ham har bir 
loyihaga tegishli ma‘lumotlar alohida turgani yaxshi. 
NetBeans ning Java Application holatida programma tuzish uchun
quyidagi ketma-ketlikni bajaripg: 
1. NetBeans IDE yorlig‗i ustida sichqonchaning chap tugmasipi ikki 
marta bosib programmani ishga tushirsangiz kompyuter ekranida NetBeans 
oynasi ochiladi. Unda File menusini oching va New Project (Ctrl+Shift+N) 
ni tanlang yoki 
tugmachani bosing (2.1-rasm). 
2. Natijada 2.2-rasmdagi oyna ochiladi. Undan JavaJava 
ApplicationNext buyruqlarini ketma-ket bajaring. 
3. Hosil bo‗lgan oynaning (2.3-rasm) : 
Project Name (loyiha nomi) bo‗limiga loyihaning nomini yozing 
(masalan, Misol1). 


11 
2.1-rasm. 
 
2.2-rasm. 


12 
2.3-rasm. 
Browse tugmasini bosib, Project Location bo‗limida loyihani 
joylashtirmoqchi bo‗lgan papkani tanlang. Misolda Java_misollar papkasida 
joylashgan M_1 nomli papka. 
Project Folder bo‗limida loyihaning programmasi joylashgan papka 
ko‗rsatiladi. Bu papkani NetBeans ning o‗zi hosil qiladi. Bu bo‗limga siz 
o‗zgarish kiritmaysiz. 
Use Dedicated Folder for Storing Libraries (Kutubxonani saqlash uchun 
alohida papkadan foydalanish) bo‗limida o‗zgartirish kiritmang, ya‘ni uni 
faollashtirmang.
Create Main Class (bosh klassni yaratish) bo‗limi sizda faol. Bu 
bo‗limdagi Main so‗zini qoldirish ham mumkin, u holda klassning nomi Main 
bo‗lib keladi. Yaxshisi Main o‗rniga o‗zingizning loyihangizni nomini 
yozganingiz ma‘qul (2.3-rasm). 
Set as Main Project bo‗limi 2.3-rasmdagidek faol bo‗lsin.
Finish tugmasini bosing. Natijada siz tuzmoqchi bo‗lgan programmaning 
umumiy ko‗rinishini NetBeans ning o‗zi tuzib beradi (2.4-rasm).
Bu rasmdagi programmaning matniga e‘tibor bersak, ko‗p jihatidan 
bo‗limning boshidagi programmaga o‗xshab ketadi. Undagi ko‗p satrlar 
izohlardan iborat bo‗lib, ular bilan keyinchalik tanishib o‗tamiz. Bu 
programma bo‗lim boshidagi programma bilan bir xil bo‗lishi uchun unga
public static void main(String args[]) { 
satridan keyin 
System.out.println("Oddiy Java programma."); 


13 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling