Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги
Java da haqiqiy (o‘nli kasr) sonlarning yozilishi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Java Sattorov 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Satrlar Java
Java da haqiqiy (o‘nli kasr) sonlarning yozilishi.
Java tilida o‗nli kasrlarni yozishda sonning butun qismini kasr qismidan ajratuvchi vergul o‗rniga nuqta qo‗yiladi. Bu qoida deyarli barcha programmalash tillarida bir xildir. Masalan, +1.25 -1.25 -1.25 3.14 145.12345 Sonning oldidagi musbat ishorani yozmaslik ham mumkin. Juda katta yoki juda kichik sonlarni (masalan, 1,25·10 -15 , 1,25·10 +15 ) yozishda sonlarning eksponensial formasidan foydalaniladi, ya‘ni 10 o‗rniga lotin E (e) harfidan foydalaniladi. Masalan, 1.25E-15 1.25e+15 -125E25 1.05e-35 Sonning yoki darajaning oldidagi musbat ishorani yozmaslik ham mumkin. Mantiqiy kattaliklar (konstantalar). Java tilida ikkita mantiqiy kattalik true (rost) va false (yolg‗on) mavjud. Bu kattaliklar mantiqiy ifodalarda ishtirok etishi, xuddi shuningdek, shartli ifodalarning qiymati ham bo‗lishi mumkin. Belgili konstantalar. Java da belgilar apostroflar(') ichiga olib yoziladi va xotiradan 16 bit joy egallaydi: ‘a‘ , '$' , '+' , 'f' , '/' , 'v' , '2'. Xotiradan 16 bit joy egallagan belgilarning kodini butun sonlarga o‗tkazish va ular ustida qo‗shish, ayirish amallarini bajarish mumkin. Satrlar Java da satrlar yoki satrli kattaliklar ikkilangan qo‗shtirnoqlar ichida bo‗lishi shart: "Java" , "Salom" , "a+b" , "Toshkent". 17 Java tilida satrli kattaliklar bitta satrdan oshmasligi kerak. Arifmetik amal belgilari. Arifmetik ifodalarni yozishda arifmetik amal belgilaridan foydalaniladi. Java da ular quyidagicha yoziladi (3.1-jadval): 3.1-jadval. № Matematikada yozilishi Java da yozilishi Matematikada yozilishi Java da yozilishi 1. + (qo‗shish) + a+b a+b 2. - (ayirish) - a-b a-b 3. × (ko‗paytirish) * a×b a*b 4. / ,: , — ( bo‗lish) / a:d a/b 5. sonni songa bo‗lib, bo‗linmaning qoldig‗ini olish % a%b Arifmetik amallarning ifodalarda bajarilish ketma-ketligi matematikadagidek, ya‘ni oldin ko‗paytirish, bo‗lish, modul bo‗yicha bo‗lish, keyin esa qo‗shish va ayirish bajariladi. Bir xil prioritetli amallar ketma-ket kelganda ular chapdan o‗ngga qarab bajariladi. Java da arifmetik amallarning bajarilish ketma-ketligini o‗zgartirish uchun oddiy qavslardan foydalaniladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling